Mehrinoz abbosova men yoshlikman
Download 138.41 Kb. Pdf ko'rish
|
men yoshlikman
- Bu sahifa navigatsiya:
- DUNYONING ISMI
ENG GO‘ZAL SHE’R
Farahbaxsh tun. Soat salkam o‘n ikki, Yurakni o‘ynatar har bir daqiqa. Biram yozgim keldi oyna ortida Shirin uxlayotgan qishloq haqida. Mehrkash otamga o‘xshab ketasan, Mehring yurakka naqsh etib solganman. Qirlar yelkasida ko‘tarib turar, Tog‘laring boshiga chiqib olganman. Onam qishloq, erka bolangman sening, Senda o‘sdim, senda ulg‘aydi dardim. Asli ilhom yurti qayda desalar, To‘ppa-to‘g‘ri seni aytardim. Qayg‘urishlaringdan ketay aylanib, Bedorsan, farzanding o‘ylab betinim. Bosgan qadamimdan xavotirlanib, Yuragi guppilab urgan zaminim. Kel, deb qo‘lin cho‘zib turgan daraxtlar, Fasllar qo‘shig‘in qo‘yadi gullab. Qushlarning suhbati she’rimga ko‘char, Sening har bir zarrang she’rimga sabab. 32 Mehrinoz Abbosova Farahbaxsh tun. Soat salkam o‘n ikki, Yurakni o‘ynatar har bir daqiqa. Biram yozgim kelar oyna ortida Shirin uxlayotgan qishloq haqida. Chirildoqlar tunning sukutin buzar, Soy ham ozodlikni kuylar berilib. Ko‘zimga javdirab turgan yulduzlar Osmon ko‘rpasiga olar berkinib. Ko‘zni qamashtirib tong kelar mana, Oqish, harir ko‘ylak kiygan hur malak. Qandoq yozmay bo‘lar bundoq fusunni, Bir ash’or o‘tida qovrildi yurak Bag‘rida dunyolar tuyular kengroq, Umrimning har kuni sehrli o‘tar. Bolam, deb erkalab, asrovchi qishloq, Onamdek xokisor, otamdek kamtar. Bir ash’or ishqida o‘lib-tirildim, Lazzatga aylandi tongda qiynog‘im. Bilmas o‘zi haqda yozganligimni Meni shoir qilib qo‘ygan qishlog‘im! 33 Men yoshlikman DUNYONING ISMI Turibman tashlagan to‘rini ko‘rib, Tushmasman mudroqlik sur qarmog‘iga. O‘yinqaroqlikni bir chetga surib, Shartta qadam qo‘ydim she’r so‘qmog‘iga. Bo‘lsin deb so‘zimda haqiqat ta’mi, Haq tutgan qalamni oldim qo‘limga. O, bedard yuragim, tushunyapsanmi? Vatan, xalq ko‘z tikib turar yo‘limga. Sharpasi sezildi ortimda birdan, Hozir meni to‘xtatmoqchidek go‘yo. Ko‘zimni berkitib kaftlari bilan, Kimligimni top, deb tirmashar dunyo. Men uning kimligin yaxshi bilaman Va etaveraman yo‘limda davom... 3-M.Abbosova |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling