“Mehrjon” – bayramlar asli
Tarvuz: Tarvuzdek shirin ne‘mat Topilmaydi dunyoda. Dum-dumaloq shaklim bor, Biram silliq, ozoda. Qovun
Download 59 Kb.
|
Kuz hosil bayrami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlovchilar
Tarvuz:
Tarvuzdek shirin ne‘mat Topilmaydi dunyoda. Dum-dumaloq shaklim bor, Biram silliq, ozoda. Qovun: Men qovunman sap-sariq, Men go`yo ulkan tariq. Beqasam to`nim go`zal, Ichim go`yoki asal. 1-boshlovchi:Mana bolajonlar mevalarning, sabzavotlarning ham ta‘rifini eshitdik. 2-boshlovchi:Endigi navbatni 3-sinf o`quvchilariga beramiz marhamat. O`zbekiston qo`shig`i. Endi navbat raqsga: 4-“V” sinf o`quvchilariga 1-boshlovchi: Endi esa so`z navbatini mehmonlarimizga bersak,ular ham o`zlarini fikrlarini bildirsa marhamat. (Ular meva,sabzavotlarning qanday foydali tomonlari borligini so`rashadi) 2-boshlovchi: O`quvchilar meva va sabzavotlarning foydasi haqida aytishadi. 1-boshlovchi: Kelinglar endi sabzavot va mevalar haqida topishmoqlar aytamiz. Zalda o`tirgan topag`on o`quvchilarimiz topishadi. Gulsiz meva qiladi, Ko`p yesang til shiladi. G`ip-g`ildirak oy kulcha, Bu nima kim biladi? (anjir) 2-boshlovchi: Beqasamdan to`nib or, Ichi qizil lolazor. (tarvuz) 1-boshlovchi: Kech kuzgacha uzilmas, To yozgacha buzilmas. Derlar ming dardga davo Uning nomidir ….. (qovoq) 2-boshlovchi: Yer tagida yetilar, Ko`p vitaminli bo`lar. Shirasi bor,lrk tuzsiz, Palov pishmaydi usiz. (sabzi) 1-boshlovchi: Bordir shundy o`simlik, Kumush misol rangi bor. Udir zamin farzandi, Ham uning jigarbandi. Quyoshga qarab o`sar. Nuridan yayrab o`sar, Bu qay o`simlik qani kim topar? (kungaboqar) 1-boshlovchi: Rahmat topqir bolajonlar,endi maqollar aytish orqali zehningizni sinab ko`ramiz. Bolalar so`zlarning ko`rkidir maqol, Maqollar kattayu- kichikka yoqar. Odobu-axloqni o`rgatar bizga, Maqolga marhamat deyman men sizga. Qani mehnat haqida kim maqollar biladi? 1-o`quvchi: Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda. 2-o`quvchi: Mehnat- mehnatning tagi rohat. 3-o`quvchi: Mehnat qilib topganing , qand-u asal totganing. 4-o`quvchi: Daraxt yaprog`I bilan ko`rkam, Odam mehnati bilan. 5-o`quvchi: Vatani borning i baxti bor, Mehnati borning- taxti. 2-boshlovchi: Rahmat topqir bolajonlar,endi tez aytishlar orqali zehningizni sinab ko`ramiz. 1-boshlovchi: Tez ayting hoy tez ayting Tez aytishni ho`p ayting Bir nafasni ichida To`xtatmasdan zo`r ayting. 1-o`quvchi: Savatdagi sariq sabzi Sarg`ayibdi,so`libdi. Saodat-chi, sabzilarni Suvga solib qo`yibdi. 2-o`quvchi: Qishda kishmish pishmasmish, Pishsa kishmish qishmasmish. 3-o`quvchi: Olma shoxida olmaxon, Olmaxonni olma ,olmaxon. 4-o`quvchi: Boqining baqlajoni baq-baqaloq. 5-o`quvchi: Olim Olimadan olma oldimi? Olima Olimdan olma oldimi? 1-boshlovchi:Endigi navbatni 3-sinf o`quvchilariga beramiz marhamat.Ular ijrosida raqs: 1-boshlovchi: Mehrjon bilan Navro`z o`zbek xalqining eng go`zal,eng tarovatli bayram sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xaqchil,hayotiy an‘analardir. 2-boshlovchi: Mehrjon bayrami hosil ko`tarib,qishga tayyorgarlik ko`rishdir,to`kin-shochinlikka shukronalik,hayotga muhabbat ramzidir. Shu payt Shum bolani Boy ota quvlab,davraga kirib keladilar. Shum bolaning qo`lida-qopda olmalar bo`ladi. 1-boshlovchi: Iye o`quvchilar axir buShum bola bilan Boy ota-ku. (Shum bola boshqaruvchining orqasiga yashirinib oladi.) Shum bola: Voy-dod,qutqaringlar! Boy ota meni o`ldirib qo`yadi. Boy ota: Sen yaramas shoshmay tur,bir ta‘ziringni berib qo`yay. 1-boshlovchi:Nima bo`lyapti o`zi tushuntirib beringlar? Shum bola:Men sizga aytsam opajon,Boy otaning bog`larida ishlayotgan edim. 1-boshlovchi:Xo`sh Shum bola:Innay keyin,daraxtga chiqdim. 1-boshlovchi:Daraxtga chiqibsan… Shum bola:Innay keyin,olmalarni terdim. 1-boshlovchi:Olma terding Shum bola: Innay keyin,olmalarni qopga soldim. Boy ota: Yolg`on gapiryapsan,o`g`irlading,yaramas. Shum bola: O`g`irlamadim,ish xaqim evaziga oldim. Boy ota: Qanaqa ish xaqi,men senga ish xaqini ko`rsatib qo`yaman. Shum bola: Opajon,olmalarni o`zim uchun olganim yo`q,mehrjon bayramida bolalarga sovg`a qilmoqchi edim. Boy ota: Bolalarga sovg`a emish,bu mening olmalarim, ber bu yoqqa. (Ular qopni talashadilar) 1-boshlovchi:Boy ota, bayramni xursandchilik bilan o`tkazaylik,urushmanglar. Boy ota: Ho,men xech kimga narsa bermayman,bersam kasal bo`lib qolaman. 1-boshlovchi:Unda bunday qilaylik.Bolalalar davra olishadi,qopni davra oldiga qo`yamiz.Boy ota,siz o`nga,shum bola chapga davra bo`ylab yugurasizlar.Kim oldin kelsa qopdagi olmalar shu kishiga tegadi.Kelishdikmi? Shum bola: Men roziman. Boy ota: Men ham roziman. 1-boshlovchi:Unda boshladik. (Boy ota bilan Shum bola davra bo`ylab yuguradilar.Boy ota yiqilib,Shum bola marraga birinchi bo`lib yetib keladi.) Boy ota: Voy belim,voy oyog`im, sen bola, shu yerda ham shumlik qilding. Mayli olmalarimni sizlarga berdim. 1-boshlovchi; Boy ota, siz xafa bo`lmang,bog`ingizdagi olma daraxtlaringiz bundan ham ko`p hosil bersin. Boy ota: Rahmat qizim,aytganing kelsin.Qani, Shum bola,ketar vaqtimiz ham bo`lib qoldi Shum bola: Voy Boy ota, axir bayramda o`ynamasdan ketamizmi? (shox musiqa ostida ular raqsga tushishadi.Bolalarni va mehmonlarni ham raqsga taklif qildilar.So`ng xayrlashib chiqib ketadilar) 2-boshlovchi:Endigi navbatni 3-sinf o`quvchilariga beramiz marhamat. 1-boshlovchi: Kechagina yoz edi, Endi bo`lsa kuz. Xohla, bog`da uzum ye, Xohla, anor ye. Xalqimiz kuzgi bayram saylining nomini “Mehrjon” deb bejiz qo`ymagan. Dehqon yil bo`yi mehnatining lazzatini totib ko`rayotgan paytda kuz fasli bo`lgan. 2-boshlovchi: Kuzimizning go`zalligin, Og`aynilar ko`rganmisiz? Uzum,olma,nashvatini, G`arq pishganda yeganmisiz? Abu Rayhon so`zi bilan aytganda, Quyosh va Oy falakning ikki ko`zi bo`lganidek, Navro`z bilan Mehrjon ham zaminning ikki ko`zidir. 1-boshlovchi: Raqs; 1-boshlovchi: O`zbekiston, ona yurtim, Bo`lgin sog`-omon. Boshing uzra tiniq bo`lsin, Serquyosh osmon. 2-boshlovchi: Hosilimiz xirmonlari Osmonga yetsin. Har bir kuning shodon bo`lib, Bayramdek o`tsin. 1-boshlovchi: Hurmatli ustozlar aziz mehmonlar! Shuning bilan biz tayyorlagan bayram dasturi Nihoyasiga yetdi. Lekin “Hosil bayrami” yurtimizning har bir go`shasida davom etadi. 2-boshlovchi: Bobo dehqonlarimizga sixat-salomatlik tilab qolamiz. Ular yetishtirgan hosillari doim dasturxonlarimiz ko`rki bo`lsin,deya kechamizni yakunlaymiz. Boshlovchilar: Bayramingiz qutlug` bo`lsin aziz mehmonlar! Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling