1-jarchi: — Bolalar-u bolalar
2-jarchi: — Tog’da ochilgan lolalar!
1-jarchi: — Eshitmadim demanglar,
2-jarchi: — Eshitganlar jilmanglar!
1-jarchi: — Bugun bog'chamizda
2-jarchi: — Zo’r tomosha bo’ladi! — Ho-ho-hoy!
1-boshlovchi( qo’li ko’ksida ):
Bismillohdan boshlanadi a’molimiz ,
Assalomdan yorishadi jamolimiz
Do’stimizga aylantirar begonani
Assalomdan yetishadi kamolimiz .
2—Boshlovchi:
Ey,ozod yurtimning gulg’unchalari,
Sho’xu sayroqi bulbulchalari.
Bu kun davramizga aylang marhabo,
Tilga kirar tabiatning sho’x qushchalari.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum mehridaryo,qalbi keng muhtaram ustozlar-u, bilimga chanqoq, zukko aziz o’quvchilar! Mana, mustaqil Vatanimiz uzra fasllar kelinchagi bo’lmish bahor hamon davom etmoqda .
2—Boshlovchi: Bahor! Bahor- bu yangilanish, yasharish demakdir. Bahor insonlar qalbiga quvonch, yuziga tabassum olib keladi. Bahor kirib kelar ekan, ona tabiat jonlanadi, daraxtlar qishki to’nini tashlab, bahor libosini kiyib, tabiat ko’rkiga yana ko’rk, husn qo’shadi. Issiq o’lkalarga uchib ketgan qushlar yana o’z yurtlariga qaytadilar.
1-boshlovchi: Bahor- bu ko’pgina bayramlar fasli hamdir. Jumladan, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21-mart Navro’z bayrami. Mana shular qatorida bugun biz yana bir bayramni – “Gullar va qushlar bayrami” ni namoyish etmoqdamiz.
2—Boshlovchi: Sizlarning barchangizga yaxshi kayfiyat tilagan holda davramizga bahoroy va uning elchilarini taklif etamiz.
Bahoroy va gullar kirib keladi
(Gulchambar taqqan Gulbahor siymosidagi qiz kirib keladi)
-Lolalardan gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, gulbahor keldi .
Chakkasiga qizil gul taqib,
Do'stlaringiz bilan baham: |