Mehrjon bayrami


-bola: – Men sabziman kimda kim balad bo‘yli, xushbichim bo‘lishni xohlasa, mendan ko‘proq iste’mol qilsin. 3-bola: –


Download 98.06 Kb.
bet2/22
Sana17.06.2023
Hajmi98.06 Kb.
#1542086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ssenariylar

2-bola: – Men sabziman kimda kim balad bo‘yli, xushbichim bo‘lishni xohlasa, mendan ko‘proq iste’mol qilsin.
3-bola: – Meni bolalar unchalik xushlamasada lekin juda foydaliman. Men o‘sha mashhur darmondorilarga boy sholg‘omman.
4-bola: – Seni bolalar xushlamasa, mana meni mazza qilib paqqos tushirishadi. Men yilning to‘rt faslida ham bo‘laman. Lekin eng shirin navim aynan shu faslda pishadi. Men olmaman. 
5-bola: – Meni onalar pishib yetilishimni intizorlik bilan kutishadi. Sababi, men murabboga rosa mosman. O‘zingiz ham meni murabbolarni ichida ko‘rgansiz. Men kimman?
Bolalar: – Behi.
Tarbiyachi: – Bu yerga judda zukko bolalar jam bo‘lishgan. Juda to‘g‘ri topdingiz. Bilamizki, meva-sabzavotlar vitaminlarga juda boy bo‘lib, inson sog‘ligi uchun foydali ularni o‘z o‘rnida iste’mol qilishimiz zarur. Endi kuz haqidagi qo‘shig‘imizni birgalikda ijro etamiz.
Kuz” qo‘shig‘i:
G‘ir-g‘ir shamol yelibdi,
O‘lkamga kuz kelibdi.
Chak-chak yomg‘ir yog‘ibdi,
Mevalar g‘arq pishibdi.
Xush kelibsan oltin kuz,
Saxovatda sen tengsiz.
Bog‘da olma pishibdi,
yerga tap-tap tushibdi.
Savatchangga olaqol,
Mevalarni terib sol.
Tarbiyachi: – Barakalla bolajonlar. Qo‘shig‘imiz mehmonlarga manzur bo‘ldi deb o‘ylayman. Endi, sizlarning chaqqon va epchilligingizni sinovdan o‘tkazamiz. Mana bu savatda meva hamda sabzavotlar aralashib qolibdi. Sizning yordamingizda bularni ajratamiz. Buning uchun sizlar ikki guruhga bo‘linasiz. Qaysi guruh vakillar tez va to‘g‘ri harakat qilsa o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
(Bolalar tarbiyachi ko‘rsatmasi bilan topshiriqni xush kayfiyatda ado etishdi)
Tarbiyachi: – Barakalla bolajonlar. Sizlar birgalikda harakat qilganingiz uchun do‘stlik g‘alaba qozondi. Endi “Shamol” kuyiga tayyorlangan raqsimizni yaqinlarimizga namoyish etamiz.
Kuz ne’matlarga bisyor
Savatchangga terib sol
Kuz ne’matlarin barin
Foydaligin bilib ol
yel shamol, es shamol
Bizga yordam beraqol
Shamol, shamol, shamoljon
Tez, tez yelaqol
Bog‘da olma-yong‘oqni
Bizga to‘kib beraqol
Shamol qo‘shig‘iga qizlar hamda o‘g‘il bolalar birgalikda raqsga tushayotganda Shamol qiyofasidagi odam zalga kirib keladi. Tarbiyachi Shamol bilan bolalarni tanishtiradi.
Shamol: – Bugun bog‘changizda juda chiroyli bayram o‘tkazayotgan ekansizlar. Sizlarni zukkoligingizni sinash maqsadidaturli topishmoqlar beramanTopgan bolajonni turli mevalar bilan siylayman.

Download 98.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling