Mehrjon bayrami


-bola: — O‘zbek tili so‘zga boy, Sizga ayon hoyna-hoy Bu tilda so‘zlaganda, Bulbullar qilar xanda. 3-bola: —


Download 98.06 Kb.
bet4/22
Sana17.06.2023
Hajmi98.06 Kb.
#1542086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ssenariylar

2-bola: — O‘zbek tili so‘zga boy,
Sizga ayon hoyna-hoy
Bu tilda so‘zlaganda,
Bulbullar qilar xanda.
3-bola: — Navoiyning g‘azali,
Bu tilda xo‘p mazali.
Men shu tilda so‘zlayman
Va shu tilda kuylayman.
(Qizlar ijrosida «Gullar raqsi» namoyish qilinadi).
Boshlovchi: — Qani bolalar, til haqida kim maqollar biladi?
1-bola: — Oldin bilib olib, keyin so‘zla.
2-bola: — Til odobi, el odobi.
3-bola: — Tili boyning o‘zi boy.
4-bola: — Tilni bilish — dilni bilish.
5-bola: — Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
6-bola: — Til bilgan — el biladi.
7-bola: — Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.
Boshlovchi: — Rahmat bolajonlar, judayam chiroyli maqollar aytib
berdilaringiz. Endi sizlar bilan biroz savol-javob qilamiz. Aziz bolajonlar,
bizning o‘zbek tilimiz juda ham boy. Ming yillar davomida uni o‘qib-o‘rganib
boramiz! Respublikamizning o‘z davlat tili bor ekan, yana qanday davlat 
ramzlari bor?
Bolalar: — Gerbimiz, bayrog‘imiz, madhiyamiz bor.
Boshlovchi: — Ofarin bolajonlar, ofarin.
(«Odob va oftob» qo‘shig‘i ijrol etiladi).
Boshlovchi: — Endi navbat topishmoqlarga.

  1. Meni so‘rashadi, ko‘rinsam qochishadi. (yomg‘ir)

  2. Chopsang chopilmaydi, ko‘msang ko‘milmaydi. (soya)

  3. Tilla sandiq ochildi, ichidan zar sochildi. (quyosh)

  4. Sirti tayoq, ichi bo‘yoq. (qalam)

(Bolalar «Tinchlik bo‘lsin» qo‘shig‘ini kuylashadi).
Boshlovchi: — Bolalar, hozir men sizlarga bir hikoya aytib beraman. Qadim-qadim zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan. U vazirlariga dunyodagi eng shirin narsani topib kelishni buyuribdi. Vazirlari unga pishirilgan til olib kelibdilar. Podshoh buning sababini so‘rabdi. Vazirlar podshohga dunyodagi eng shirin narsa til ekanligini, chunki til hammani murosaga keltirishi, shirin so‘z yaxshiligini aytib berishibdi. Shunda podshoh vazirlarining aqliga tasannolar o‘qibdi. Podshoh yana bir kun vazirlarini chaqirtirib, dunyodagi eng achchiq narsani olib kelishni buyuribdi. Vazirlar unga yana pishirilgan til olib kelishibdi. Podshoh hayron bo‘lib, buning ma’nosini so‘rabdi. Vazirlar unga dunyodagi eng achchiq narsa ham til ekanligini, odamlarni bir yomon so‘z bilan urushtirib qo‘yish, shahar va qishloqlarni vayron qilib, urush qilish mumkinligini so‘zlab beribdilar. Ana ko‘rdingizmi bolajonlar, shuning uchun biz hammamiz bir-birimizni hurmat qilib, chiroyli gaplarni gapirishimiz kerak. «Til – millatning faxri » mavzusidagi bayram ertaligi barchangizga xush kayfiyat bag‘ishlagan bo‘lsa, minnatdormiz.
Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san,
Ona tilim, suyuklikda Erami bog‘san.
Bolalar: — Ko‘hna ona yurtim qadim turonim
O‘z beshik, o‘z tilim shavkatim shonim
Yetti iqlim ichra tengi topilmas
Tuproq toshi oltinga teng O‘zbekistonim!
(Bolalar sahnadan tantanavor musiqa sadolari ostida yurib chiqib ketadilar).


Download 98.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling