Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №43-4
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ОИНВ21ВЕКЕ. Октябрь 2023. 43-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- ФИО авторов
- Annotation
REFERENCES
1. Н.А.Ғайибова– Психология ўқув-илмий Маркази, “Ривожлантириш психологияси” лабораторияси бош илмий ходими. “Ijtimoiy psixologiya “Moduli bo`yicha o`quv uslubiy majmua Тошкент – 2018 2. Nodira G'ayratovna Kаmilova” Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” Darslik Toshkent – 2020 3. M.Otajonov “Psixoanaliz asoslari” O`quv qo`lanma Toshkent “O`zbekiston” 2004 4. Zarifboy Ubodullaev “Asab va ruhiyat” Ilmiy- ommabob risola Sharq Nashiryot-Matbaa aksyadorlik kompaniyasi bosh taxriryati Toshkent-2015 5. F.I.Xaydarov, N.I.Xalolova “Umumiy psixologiya” darslik Toshkent 2016 6. Ijtimoiy psixologiya maruzalar matni Kamalova S.R. Toshkent – 2017 7 Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20. 95 ФИО авторов: Sobirova Durdona Ulug`bek qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti 2-bosqich talabasi Yangiboyeva Iroda G`ayrat qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti 2-bosqich talabasi Название публикации: «QUTADG`U BILIG –FOLBINLIK VA BASHORAT KITOBI» Annotatsiya: Ushbu maqolada “Qutadg‘u bilig” asarida bashoratlilik haqida aytib o’tilganligini keltirib beraman. Annotation: I will cite the fact that this article tells about predictability in the work “Qutadgi bilig”. Kalit so‘zlar: “Qutadg‘u bilig”, Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O’gdulmish, O‘zg‘urmish, tush, bashorat, Yusuf Xos Hojib, asar. Keywords: "Qutadgu bilig", Kuntugdi, Aytuldi, O'dulmish, Özgurmish, dream, prophecy, Joseph Khos Hajib, work Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlar adabiyotining ulug‘ mutafakkir shoir va davlat arbobidir. Uning hayot faoliyati haqida juda ham oz ma’lumotlar saqlanib qolgan. Aniqrog‘i, uning hayot yo‘li to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) da yetib kelgan. Shoir qoraxoniylarning poytaxt shaharlaridan biri bo‘lgan Bolosog‘unda dunyoga kelgan. Dostonning muqaddima qismida adib o‘zi dunyoga kelgan yurtini tasvirlab o‘tadi. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u biligni” hijriy 462 (1069-1070) yilda yozib tugatgan. Adib asarni yozish uchun bir yarim yil vaqt sarflaydi. Shoir dostonni yoza boshlaganda ellik yoshdaligini nazarda tutsak, uning hijriy 410 (1019) yilda tug‘ilganligi ma’lum bo‘ladi. “Qutadg‘u bilig” dostoni o‘z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deya topilgan. Ushbu pandnomaning turli joylarda turli nomlanishini asar boshida muallifning o‘zi ta’kidlab o‘tadi. Bu kitobni chinliklar “Abadaul-muluk”, mochinliklar “Oyinul-mamlakat”, sharqliklar “Ziynatul-umaro”, eronliklar “Shohnomai turkiy”, turonliklar “Qutadg‘u bilig” deb nomlashgan. “Qutadg‘u bilig” ning asliyati nasriy 96 muqaddima bilan boshlanadi. Unda asarning to‘rtta yetakchi qahramonlari haqida ma’lumot beriladi. Ular: Elig-hukmdor, adolat ramzi; Oyto‘ldi-vazir, davlat ramzi; O‘gdulmish-vazirning o‘g‘li aql ramzi; O‘zg‘urmish-qarindoshi, qanoat ramzi. Asar ana shu qahramonlar orasidagi savol-javob tarzida yozilgan. Asarning bavosita Alloh hamdi bilan boshlanishini inobatga olsak, bizningcha, S.Malovning nasriy muqaddima haqidagi haqiqatdan yiroq ko‘rinadi. Chunki asarning nasriy muqaddimasi ham asar syujeti va unda ilgari surilgan yetakchi g‘oyalarni o‘quvchiga to‘la yetkazish kerak edi. Yusuf Xos Hojib zamonasining ulug‘ adibi sifatida davrining dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni qalamga oladi. Asarning hajmi 6500 baytga yaqin bo‘lib, 73 fasl-bobdan tashkil topgan. Boshdan oxirgacha donolar so‘zi Go‘yoki tizilgan marjonning o‘zi deya aytib o‘tadi Yusuf Xos Hojibning o‘zi. Asarning nomlanishida adib shu jumlalarga to‘xtaladi. Eronlik Shoxnoma dedi bilgilik Turonlik non qo‘ydi “Qutadg‘u bilig” Asarning ko‘p qismi hikmatli so‘zlar bilan bezalgan, sayqal berilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Asardagi har bir nuqatada biz shoirning ibratli gaplar ketma- ketligini uchratishimiz mumkin. Shuning uchunham “Saodatga yo’llovchi bilim” yaxshilikka undovchi fikrlar deymiz. Bu asar biz uchun yangi avlod uchun ming yillik tarixga ega. Adib asarni Bug‘roxonga taqdim etganligi sababli u “Xos Hojib” unvoniga sazovor bo‘ladi. Endi sarlavhada berilgan mavzuga qaytadigan bo‘lsak haqiqatdanda asarda folbinlik va bashorotning go‘zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Asardagi asosiy yuqorida aytib o‘tilgan to‘rtta obraz juda keng turda ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari hayotda uchraydigan har bir voqea -hodisa haqida ibratli fikrlar yuritilgan. Asar davlatni qanday boshqarishdan tortib, lashkarboshlik, vazirlik va mehmondorchilikgacha voqealari haqida bayon qilinadi. Undagi O‘gdulmishning teran fikr yuritishi Kuntug‘diga bergan odob-axloq haqidagi fikrlarni ham uchratishimiz mumkin. Asarni o‘qish jarayonida bu dunyoga bino qo‘ymaslik kerakligini tushunib yetasiz. Chunki O‘zg‘urmish bu dunyodan kechib uzlatga chekinadi, toat-ibodat bilan 97 mashg‘ul bo‘ladi. Uning bu harakatlaridan ko‘ramizki, bu dunyo go‘zalligiga bino qo‘yib mast bo‘lmaslik kerak ekan. Shu o‘rinda Pahlavon Mahmudning ruboiysidan keltirib o‘tsam: Dedim: Bu umrning ma’nosi nima? Dedi: chaqmoq, yo sham, yoki parvona Dedim: Bu umrga bino qo‘ygan kim? Dedi: yo go‘l, yo mast yoki devona Demak biz bu dunyoga bino qo‘yganlarni mast va go‘l insonlarga o‘shatar ekanmiz. O‘zg‘urmish esa unday bo‘lishdan o‘zini tortgan u umrining qolgan qismini toat- ibodatga bag‘ishlagan. Oyto‘ldi vafotidan so‘ng uning yolg‘iz o‘g‘li O‘gdulmish Kuntug‘di yonida qoladi. O‘gdulmish o‘zining teran fikrlashi bilan Kuntug‘dini hayratda qoldiradi va shundan so‘ng vazirlikka tayinlanishini aytadi. Asarda bashorat va folbinlik uchraydigan oxirgi qismi hisoblanadi. Buni aytadigan bo‘lsak, Kuntug‘di O‘gdulmishdan O‘zg‘urmishning ta’rifini eshitgach, unda O‘zg‘urmishni ko‘rish istagi paydo bo‘ladi va O‘gdulmish orqali uni o‘z huzuriga chorlaydi. Shundayki noma yozib, unga O‘gdulmishdan berib yuboradi. Kuntug‘dining niyati uni olib kelib vazir qilish va u bilan birgalikda davlatni adolatli boshqarish edi. O‘gdulmishga O‘zg‘urmish ras javobini aytadi va qaytarib yuboradi. Shundan keyin O‘gdulmish takror takror uch marta O‘zg‘urmishning oldiga boraveradi. O‘zg‘urmish ularning niyatini bilar edi. U o‘yladiki Kuntug‘di o‘z foydasi uchun meni oldiga chorlayabdi deb o‘yladi. So‘nggi bor Kuntug‘di Oyto‘ldini yuborganida unga tayinladi: “Uni ziyorat qilish, jamolini bir ko‘rish niyatida o‘zim borayin”- dedi. O‘zg‘urmish bu gaplarni eshitib o‘zi kelishini aytadi. Uni elig shohona dasturxona tayyorlab kutib oladi. Shu o‘rinda u nafs haqida ham to‘xtalib o‘tadi. Har qanday holda och bo‘lsang ham nafsni tiya bilish, uni jilovlay olish kerakligini aytadi. O‘zg‘urmishning qattiq betob bo‘lgani O‘gdulmish qulog‘iga yatadi. U tezda O‘zg‘urmish huzuriga yetib keladi. Shu payt O‘zg‘urmish o‘limi yaqinligini O‘gdulmishga aytadi. O‘gdulmish taajjublanib: “ sen buni qaydan bilasan?”- deya so‘raydi.Shundan so‘ng O‘zg‘urmish tunda ko‘rgan tushini hikoya qilib beradi. U tushini shunday aytdi: Shoti ko‘rdim, ellik uning b pog‘onasi 98 U tiklab qo‘yilgan baland va yassi Unga chiqib bordim bosib birma-bir To oxir sanadim o‘zi nechtadir Tepada suv tutar bir otliq odam Olib ichdim-u men qoniqdim u dam Keyin ko‘kka uchdim havolab, ishon Ko‘rinmay qolibdi o‘zimdan nishon. Shu o‘rinda O‘zg‘urmish tushining tabirini ham so‘zlab bashorat qiladi, lekin uni xato deya O‘gdulmish boshqacha tabir aytadi. O‘zg‘urmish tabiri: Tushimdagi o‘sha shoti mening tabirimda yigit hayoti deb aytadi. Shotining boshiga chiqqanim yoshimni tugatdim deganidir. Tepamga kelgan otliqning suvini ichdim. Shu suv tiriklik suvidir. Suvning yarmini ichsam yashardim, lekin men hammasini ichdim tiriklik tugadi bu mahal deganidir. Yashil ko‘kka sekin uchganim ozod, joni erkin deganim deya o‘z tushining tabirini aytdi. O‘gdulmish stabiri: Ushbu so‘zga quloq bergin bu mahal Tabirchi so‘zini debdi ko‘p go‘zal Shoti tush ko‘ruvchi uchun bir omad Zina hatlamoq ham bir omad Qancha ko‘tarilsa, ortar izzati Yetishadi unga sevinch va rohat Idishdagi suvni olib ichganing Uzoq yil yashamoq, baxtin quchganing Sening ko‘kka tomon uchib Omad sari dadil bormog‘ing qadam urmog‘ing Tush tabirini biri o‘lmoq desa biri omad deya tabir qildi. Lekin oz vaqt o‘tgach O‘zg‘urmish vafot etdi. Bu satrlar orqali biz bashorat va folbinlik oldindan ham mavjud bo‘lganiga guvih bo‘lamiz. Ya’ni O‘zg‘urmish o‘z o‘limini oldin bashorat qiladi. O‘gdulmish esa unga tasalli berish uchun tush tabirini unikiga qaraganda boshqacha tabir qiladi. 99 Foydalanilgan adabiyotlar: 1.“O‘zbek adabiyoti” Raxim Vohidov, Xusniddin Eshonqulov. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashryoti 2006-yil. 2. “Qutadg‘u bilig” Boqijon To‘qliyev tarjimasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling