Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №43-4


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/72
Sana05.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750009
TuriСборник
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Октябрь 2023. 43-4

REFERENCES 
1. Н.А.Ғайибова– Психология ўқув-илмий Маркази, “Ривожлантириш 
психологияси” лабораторияси бош илмий ходими. “Ijtimoiy psixologiya “Moduli 
bo`yicha o`quv uslubiy majmua Тошкент – 2018
2. Nodira G'ayratovna Kаmilova” Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” Darslik 
Toshkent – 2020 3. M.Otajonov “Psixoanaliz asoslari” O`quv qo`lanma Toshkent 
“O`zbekiston” 2004 4. Zarifboy Ubodullaev “Asab va ruhiyat” Ilmiy- ommabob risola 
Sharq Nashiryot-Matbaa aksyadorlik kompaniyasi bosh taxriryati Toshkent-2015 5. 
F.I.Xaydarov, N.I.Xalolova “Umumiy psixologiya” darslik Toshkent 2016 6. Ijtimoiy 
psixologiya maruzalar matni Kamalova S.R. Toshkent – 2017 
7 Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. 
Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20. 


95 
ФИО авторов: Sobirova Durdona Ulug`bek qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI 
Turkiy tillar fakulteti 2-bosqich talabasi 
Yangiboyeva Iroda G`ayrat qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti 
2-bosqich talabasi 
Название публикации: «QUTADG`U BILIG –FOLBINLIK VA BASHORAT 
KITOBI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Qutadg‘u bilig” asarida bashoratlilik haqida 
aytib o’tilganligini keltirib beraman. 
Annotation: I will cite the fact that this article tells about predictability in the 
work “Qutadgi bilig”. 
Kalit so‘zlar: “Qutadg‘u bilig”, Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O’gdulmish, O‘zg‘urmish, 
tush, bashorat, Yusuf Xos Hojib, asar. 
Keywords: "Qutadgu bilig", Kuntugdi, Aytuldi, O'dulmish, Özgurmish, dream, 
prophecy, Joseph Khos Hajib, work 
Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlar adabiyotining ulug‘ mutafakkir shoir va davlat 
arbobidir. Uning hayot faoliyati haqida juda ham oz ma’lumotlar saqlanib qolgan. 
Aniqrog‘i, uning hayot yo‘li to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning “Qutadg‘u bilig” 
(“Saodatga yo‘llovchi bilim”) da yetib kelgan. Shoir qoraxoniylarning poytaxt 
shaharlaridan biri bo‘lgan Bolosog‘unda dunyoga kelgan. Dostonning muqaddima 
qismida adib o‘zi dunyoga kelgan yurtini tasvirlab o‘tadi. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u 
biligni” hijriy 462 (1069-1070) yilda yozib tugatgan. Adib asarni yozish uchun bir 
yarim yil vaqt sarflaydi. Shoir dostonni yoza boshlaganda ellik yoshdaligini nazarda 
tutsak, uning hijriy 410 (1019) yilda tug‘ilganligi ma’lum bo‘ladi. “Qutadg‘u bilig” 
dostoni o‘z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deya 
topilgan. Ushbu pandnomaning turli joylarda turli nomlanishini asar boshida 
muallifning o‘zi ta’kidlab o‘tadi. Bu kitobni chinliklar “Abadaul-muluk”, mochinliklar 
“Oyinul-mamlakat”, sharqliklar “Ziynatul-umaro”, eronliklar “Shohnomai turkiy”, 
turonliklar “Qutadg‘u bilig” deb nomlashgan. “Qutadg‘u bilig” ning asliyati nasriy 


96 
muqaddima bilan boshlanadi. Unda asarning to‘rtta yetakchi qahramonlari haqida 
ma’lumot beriladi. Ular: Elig-hukmdor, adolat ramzi; Oyto‘ldi-vazir, davlat ramzi
O‘gdulmish-vazirning o‘g‘li aql ramzi; O‘zg‘urmish-qarindoshi, qanoat ramzi. Asar 
ana shu qahramonlar orasidagi savol-javob tarzida yozilgan. Asarning bavosita Alloh 
hamdi bilan boshlanishini inobatga olsak, bizningcha, S.Malovning nasriy muqaddima 
haqidagi haqiqatdan yiroq ko‘rinadi. Chunki asarning nasriy muqaddimasi ham asar 
syujeti va unda ilgari surilgan yetakchi g‘oyalarni o‘quvchiga to‘la yetkazish kerak edi. 
Yusuf Xos Hojib zamonasining ulug‘ adibi sifatida davrining dolzarb ijtimoiy-siyosiy 
muammolarni qalamga oladi. Asarning hajmi 6500 baytga yaqin bo‘lib, 73 fasl-bobdan 
tashkil topgan. 
Boshdan oxirgacha donolar so‘zi 
Go‘yoki tizilgan marjonning o‘zi 
deya aytib o‘tadi Yusuf Xos Hojibning o‘zi. Asarning nomlanishida adib shu 
jumlalarga to‘xtaladi. 
Eronlik Shoxnoma dedi bilgilik 
Turonlik non qo‘ydi “Qutadg‘u bilig” 
Asarning ko‘p qismi hikmatli so‘zlar bilan bezalgan, sayqal berilgan desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Asardagi har bir nuqatada biz shoirning ibratli gaplar ketma-
ketligini uchratishimiz mumkin. Shuning uchunham “Saodatga yo’llovchi bilim” 
yaxshilikka undovchi fikrlar deymiz. Bu asar biz uchun yangi avlod uchun ming yillik 
tarixga ega. Adib asarni Bug‘roxonga taqdim etganligi sababli u “Xos Hojib” unvoniga 
sazovor bo‘ladi. Endi sarlavhada berilgan mavzuga qaytadigan bo‘lsak haqiqatdanda 
asarda folbinlik va bashorotning go‘zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Asardagi 
asosiy yuqorida aytib o‘tilgan to‘rtta obraz juda keng turda ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan 
tashqari hayotda uchraydigan har bir voqea -hodisa haqida ibratli fikrlar yuritilgan. 
Asar 
davlatni 
qanday 
boshqarishdan 
tortib, 
lashkarboshlik, 
vazirlik 
va 
mehmondorchilikgacha voqealari haqida bayon qilinadi. Undagi O‘gdulmishning teran 
fikr yuritishi Kuntug‘diga bergan odob-axloq haqidagi fikrlarni ham uchratishimiz 
mumkin. Asarni o‘qish jarayonida bu dunyoga bino qo‘ymaslik kerakligini tushunib 
yetasiz. Chunki O‘zg‘urmish bu dunyodan kechib uzlatga chekinadi, toat-ibodat bilan 


97 
mashg‘ul bo‘ladi. Uning bu harakatlaridan ko‘ramizki, bu dunyo go‘zalligiga bino 
qo‘yib mast bo‘lmaslik kerak ekan. Shu o‘rinda Pahlavon Mahmudning ruboiysidan 
keltirib o‘tsam: 
Dedim: Bu umrning ma’nosi nima? 
Dedi: chaqmoq, yo sham, yoki parvona 
Dedim: Bu umrga bino qo‘ygan kim? 
Dedi: yo go‘l, yo mast yoki devona 
Demak biz bu dunyoga bino qo‘yganlarni mast va go‘l insonlarga o‘shatar 
ekanmiz. O‘zg‘urmish esa unday bo‘lishdan o‘zini tortgan u umrining qolgan qismini 
toat- ibodatga bag‘ishlagan. Oyto‘ldi vafotidan so‘ng uning yolg‘iz o‘g‘li O‘gdulmish 
Kuntug‘di yonida qoladi. O‘gdulmish o‘zining teran fikrlashi bilan Kuntug‘dini 
hayratda qoldiradi va shundan so‘ng vazirlikka tayinlanishini aytadi. Asarda bashorat 
va folbinlik uchraydigan oxirgi qismi hisoblanadi. Buni aytadigan bo‘lsak, Kuntug‘di 
O‘gdulmishdan O‘zg‘urmishning ta’rifini eshitgach, unda O‘zg‘urmishni ko‘rish istagi 
paydo bo‘ladi va O‘gdulmish orqali uni o‘z huzuriga chorlaydi. Shundayki noma 
yozib, unga O‘gdulmishdan berib yuboradi. Kuntug‘dining niyati uni olib kelib vazir 
qilish va u bilan birgalikda davlatni adolatli boshqarish edi. O‘gdulmishga 
O‘zg‘urmish ras javobini aytadi va qaytarib yuboradi. Shundan keyin O‘gdulmish 
takror takror uch marta O‘zg‘urmishning oldiga boraveradi. O‘zg‘urmish ularning 
niyatini bilar edi. U o‘yladiki Kuntug‘di o‘z foydasi uchun meni oldiga chorlayabdi 
deb o‘yladi. So‘nggi bor Kuntug‘di Oyto‘ldini yuborganida unga tayinladi: “Uni 
ziyorat qilish, jamolini bir ko‘rish niyatida o‘zim borayin”- dedi. O‘zg‘urmish bu 
gaplarni eshitib o‘zi kelishini aytadi. Uni elig shohona dasturxona tayyorlab kutib 
oladi. Shu o‘rinda u nafs haqida ham to‘xtalib o‘tadi. Har qanday holda och bo‘lsang 
ham nafsni tiya bilish, uni jilovlay olish kerakligini aytadi. O‘zg‘urmishning qattiq 
betob bo‘lgani O‘gdulmish qulog‘iga yatadi. U tezda O‘zg‘urmish huzuriga yetib 
keladi. Shu payt O‘zg‘urmish o‘limi yaqinligini O‘gdulmishga aytadi. O‘gdulmish 
taajjublanib: “ sen buni qaydan bilasan?”- deya so‘raydi.Shundan so‘ng O‘zg‘urmish 
tunda ko‘rgan tushini hikoya qilib beradi. U tushini shunday aytdi: 
Shoti ko‘rdim, ellik uning b pog‘onasi 


98 
U tiklab qo‘yilgan baland va yassi 
Unga chiqib bordim bosib birma-bir 
To oxir sanadim o‘zi nechtadir 
Tepada suv tutar bir otliq odam 
Olib ichdim-u men qoniqdim u dam 
Keyin ko‘kka uchdim havolab, ishon 
Ko‘rinmay qolibdi o‘zimdan nishon. 
Shu o‘rinda O‘zg‘urmish tushining tabirini ham so‘zlab bashorat qiladi, lekin 
uni xato deya O‘gdulmish boshqacha tabir aytadi. O‘zg‘urmish tabiri: 
Tushimdagi o‘sha shoti mening tabirimda yigit hayoti deb aytadi. Shotining 
boshiga chiqqanim yoshimni tugatdim deganidir. Tepamga kelgan otliqning suvini 
ichdim. Shu suv tiriklik suvidir. Suvning yarmini ichsam yashardim, lekin men 
hammasini ichdim tiriklik tugadi bu mahal deganidir. Yashil ko‘kka sekin uchganim 
ozod, joni erkin deganim deya o‘z tushining tabirini aytdi. O‘gdulmish stabiri: 
Ushbu so‘zga quloq bergin bu mahal 
Tabirchi so‘zini debdi ko‘p go‘zal 
Shoti tush ko‘ruvchi uchun bir omad 
Zina hatlamoq ham bir omad 
Qancha ko‘tarilsa, ortar izzati 
Yetishadi unga sevinch va rohat 
Idishdagi suvni olib ichganing 
Uzoq yil yashamoq, baxtin quchganing 
Sening ko‘kka tomon uchib 
Omad sari dadil bormog‘ing qadam urmog‘ing 
Tush tabirini biri o‘lmoq desa biri omad deya tabir qildi. Lekin oz vaqt o‘tgach 
O‘zg‘urmish vafot etdi. Bu satrlar orqali biz bashorat va folbinlik oldindan ham mavjud 
bo‘lganiga guvih bo‘lamiz. Ya’ni O‘zg‘urmish o‘z o‘limini oldin bashorat qiladi. 
O‘gdulmish esa unga tasalli berish uchun tush tabirini unikiga qaraganda boshqacha 
tabir qiladi. 


99 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.“O‘zbek adabiyoti” Raxim Vohidov, Xusniddin Eshonqulov. O‘zbekiston 
yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashryoti 2006-yil. 
2. “Qutadg‘u bilig” Boqijon To‘qliyev tarjimasi. 


100 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling