Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №43-4
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ОИНВ21ВЕКЕ. Октябрь 2023. 43-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Ключевые слова
ФИО автора: Toshpo’latova Sevara Abduraup qizi
A. Avloniy nomidagi milliy tadqiqot Instituti magistri Название публикации: «MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI OSHIRISHDA RAHBARLIK FAZILATLARINING TUTGAN O‘RNI» Annotatsiya. Maqolada maktab direktorlari boshqaruv kompetensiyasini oshirishda xizmat qiladigan fazilatlar va ularga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: umumiy o‘rta ta’lim,boshqaruv, rahbar, rahbar fazilatlari. Аннотация. В статье содержится информация о качествах и требованиях к директорам школ, которые служат повышению управленческой компетентности. Ключевые слова: общее среднее образование, менеджмент, лидер, лидерские качества. Abstract. The article contains information about the qualities and requirements of school principals that serve to improve management competence. Key words: general secondary education, management, leader, leadership qualities. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda ta’lim muassasasi rahbar hodimlarning psixologik kompetentligini modellashtirish strategik rivojlanishning muhim yo’nalishi sifatida amaliyotga tatbiq etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Dunyomizning o’zgarishi: 2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish uchun Kun tartibi” dasturi hamda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun taraqqiyot siyosatiga doir tadbirlarni har tomonlama joriy qilish, jadallashtirish va qo’llab-quvvatlash” (MAPS) yondashuviga asoslanib, ta’lim muassaslarining boshqaruv tizimi uchun rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, nomzodlarni bilim saviyasini va malakasini oshirish bilan bog’liq shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni psixologik kompetentligi mazmunini takomillashtirish bo’yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. 101 Jahondagi ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida rahbar va o’rta bo’g’in rahbarlari kompetentligini modellashtirish, kasbiy tajriba asosida rahbar boshqaruv kompetentligini rivojlantirish, rahbar ijtimoiy-perseptiv kompetentligini baholash tizimini optimallashtirish, boshqaruvchi kommunikativ kompetentligini xalqaro hamkorlikda rivojlantirish, rahbar professional kompetentligini akmeologik baholash, madaniyatlararo munosabatlar sharoitida rahbar ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish, yosh rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu jihatdan ta’lim menejmenti yo’nalishida boshqaruvchilar tayyorlaydigan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv dasturlarini ishlab chiqishning istiqbolli yo’nalishlari professional, ijtimoiy-kommunikativ, ijtimoiy-informatsion, ijtimoiy-psixologik, kognitiv, uslubiy-maxsus, ijtimoiy-madaniy va autopsixologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida professional ta’lim muassasalari rahbarlarining psixologik kompetentligini modellashtirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Dunyoda ta’lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim yo’nalishi sifatida qaralmoqda. YuNESKO tomonidan 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida «Butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish»dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Boshqaruvfaoliyati mazmuni, talablari va yo’nalishlarini takomillashib borishi rahbar xodimlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy va innovatsion yondashuvlarni talab etmoqda.Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari tezkor rivojlanuvchi ta’lim muhitida professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarning boshqaruv faoliyatida boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari va usullarini izlash bilan bog’liq dolzarb vazifalarni yechimini topishni taqozo etadi. Xalqaro ilg’or tajribalarga asosan, AQSh, Angliya, Germaniya, XitoyRossiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ilmiy - tadqiqot markazlarida ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish, ularning ta’limni 102 tashkil etish va boshqarish sohasidagi malakalarini oshirish, kasbiy, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish borasida salmoqli amaliy natijalarga erishilgan. Shunga ko’ra, raqobatbardosh va malakali rahbar xodimlarni tayyorlashda zamonaviy ta’lim paradigmalarini amaliyotda qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan kreativ fikrlovchi, izlanuvchan, innovatsiyalarni izlab topuvchi va ularni o’z amaliy faoliyatida qo’llay olish kompetensiyalariga ega rahbar xodimlarni tayyorlash va ularning faoliyatini samarali tashkil etishda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur hisoblanadi. Ta’lim muassasasi rahbarining kommunikativkompetentligining murakkabligi, tuzilmasi va ko’p jihatliligi uning zamonaviy pedagogikaning mustaqil fenomeni sifatida o’rganilishiga zamin yaratadi Kommunikativ kompetentlikning mazmuni ta’lim muassasasining rahbari oldida turgan maqsadlarni amalga oshirish orqali aniqlanadi, shu munosabat bilanta’lim sohasidagi boshqaruv faoliyatida kommunikativ kompete ntlikka erishish maqsadlari quyidagicha shakllantirilishi mumkin: Ta’lim tashkiloti rahbarining mehnat vazifasi doirasidagi vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni qabul qilish, yetkazish va ulardan foydalanish; Boshqalarning ayniqsa, ta’lim muassasasi xodimlarining xatti- harakatlarini, ularning tashkilot faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalariga munosabatini boshqarish; shaxsiy va kasbiy muloqotga bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirish, o’z-o’zini rivojlantirish va refleksiya professional ta’lim tizimi rahbarining kommunikativ kompetentligi– bu uning motivlashgan hohishi, qobiliyati va professional ta’lim tiziminatijalari va samaradorligi bilan qiziqishi, kasbiy faoliyat doirasida boshqa sub’ektlar bilan og’zaki, yozma va kompyuter vositachiligida o’zaro axborot va tajriba almashishni samarali amalga oshirishga tayyorligidir. Kommunikativ kompetentlikning tarkibiy 103 tuzilishi ta’lim muassasasi rahbariga qo’yiladigan talablar bilan belgilanadigan motivatsion, refleksiv, kognitiv va faoliyatli komponentlari bilan ifodalanadi. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki kelajakda tashkil etilayotgan professional ta’lim muassasalari oldiga ulkan vazifa va ma’suliyat qo’yilmoqda. Shuning uchun biz o’z oldimizga aniq maqsad va vazifalarni belgilab olishimiz darkor. Rahbarning dunyoqarashi xalqningishonch-etiboriga, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa, bunday xizmat kutilgan samarani beradi. Shuning uchun ham rahbar o’zining mehnat faoliyati jarayonida mafkura sohasidagi targ’ibot va tarbiyaviy ishlarini, talaba yoshlarning tushunchasi, aql-idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda sabr-toqat bilan ma’rifiy usullar orqali amalga oshirishi lozim. Shuning uchun ham yangi asr rahbarlarining muhim muammolaridan biri - odam va olam o’rtasidagi psixologik munosabatlarni, uning jamiyat taraoqqiyotini boshqarishga mas’ul bo’lgan armiyasini va boshqaruv salohiyatini tarbiyalab borishdan iboratdir. Shuning uchuninsoniyat kelajagiga qo’yilayotgan eng dolzarb talablardan biri ham jamiyatni boshqaradigan rahbarlar va ularning zahirasini tarbiyalab yetishtirishdir. Boshlang’ich professional ta’limbosqichidagi ta’lim dasturlari bo’yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan kasb-hunar maktablari Vazirlik tizimida bo’ladi. Kasb- hunar maktablariga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kasb-hunar maktabining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi. Kasb-hunar maktabi direktori qonun hujjatlariga va ustaviga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, uni tashkilotlarda taqdim etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari to’zadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda shaxsiy hisob varaqlarni ochadi, o’z vakolati doirasida barcha xodimlar va o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi. Direktor belgilangan tartibda xodimlarni tayinlaydi va ishdan bo’shatadi, shuningdek ularning xizmat vazifalarini belgilaydi. Maktabi direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi. 104 Pedagogik kengashning funksiyalari maktabining Ustavida belgilanadi. Maktablarga tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kollejning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi. Kollej direktori qonun hujjatlariga va ustaviga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, uni boshqa tashkilotlarda taqdim etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda shaxsiy hisobvaraqlarni ochadi, o’z vakolati doirasida barcha xodimlar va o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi. Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi. Tizimida maktablari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar: maktablarnibudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar; o’quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart- sharoitlarni yaratadilar; Respublikamizda zamonaviy ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish, ta’lim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan ta’minlash, rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ta’lim muassasalari rahbarlarini kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishning huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi va moddiy-texnik bazasi kengaytirildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “kadrlarni tanlashning samarali shakllari va uslublarini joriy qilish, davlat xizmatida kadrlarni markazlashtirilgan holda saralash, zamonaviy talablarga javob beruvchi “shaxsni aniqlashtirish” tizimini joriy etish” ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi. Avvalo “rahbarlik” atamasiga to’xtalib o’tsak. Rahbarlik ishning ko’zini biladigan, kasbiga qalb qo’ri va butun mehrini berib, o’zi, oilasi va butun el-yurtni o’ylab mehnat qiladigan, boshqaruv faoliyatini jon dildan seva olgan kishiga nisbatan ishlatilishi mumkin. Rahbarlik yuksak aql-farosat, ko’p kuch-g’ayrat, izlanish va 105 topqirlikni, o’z ustida tinmay ishlashni, o’rni kelganda, zaruriy tadbirkorlikni talab qiladi. Shunday bo’lgach, rahbarlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 1.Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, ishlab chiqarishning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan amalga oshiradi. 2.Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyatining maqsadini belgilaydi. 3.Rahbar o’z sohasiga yangi g’oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi. 4.Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tavakkalchilikka asoslanmagan mashaqqatli faoliyat hisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablag’ ba’zan foyda emas, zarar keltirishi, korxona foyda o’rniga zarar ham ko’rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko’ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo’lganda faoliyatini qayta boshlashi, unga kuch- g’ayrat topa bilishi lozim. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida yetakchiga xos bo’lgan 12 ta xislat haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: birinchidan, to’rt muchasi sog’lom bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishda biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’-salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim; ikkinchidan, tabiatan nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini aniq tasavvur qila olishi zarur; uchinchidan, u anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarni unutmasligi zarur; to’rtinchidan, zehni o’tkir, zukko bo’lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlari va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur; beshinchidan, u fikrini aniq tushuntirish maqsadida, uni chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur; 106 oltinchidan, u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi, o’qish-o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, mashaqqatlardan qochmaydigan bo’lishi zarur; yettinchidan, yeb-ichishda ochofat bo’lmasligi, aksincha, o’zini tiya olishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, ho’zur olishdan uzoq bo’lishi zarur; sakkizinchidan, u haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’on va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur; to’qqizinchidan, u o’z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliyhimmat bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi zarur; o’ninchidan, bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol- dunyo ketidan quvmaydigan) bo’lishi zarur; o’n birinchidan, tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’zi haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur; o’n ikkinchidan, o’zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur. Boshqaruv jarayonini psixologik tahlil etish masalasi, avvalambor, rahbarning faoliyatini takomillashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun rahbarga qo’yiladigan talablar, ularni bajarishga moyillik va boshqaruv faoliyatini to’laqonli amalga oshirishga to’sqinlik qiluvchi shaxs xususiyatlarini o’rganish zarurati tug’iladi. Rahbar shaxs xislatlari. Rahbar shaxsi tushunchasini tahlil etar ekanmiz, unga xos xususiyatlarni uch guruhga bo’lib o’rganish taklif qilinadi: 1.Biografik tavsif 2.Qobiliyat 107 3.Shaxs xislatlari Rahbar shaxsning biografik jihatlariga uning yoshi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va ma’lumoti kiradi. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei rahbarlik faoliyatini bajarishida kuchli omil hisoblanadi.Buning ahamiyati ayniqsa sharq madaniyati misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. Hududimizdagi oddiy fuqaro rahbar shaxsida nufo’zli, o’ziga to’q va to’la- to’kis insonni ko’rishni xohlaydi. Rahbar mayda iqtisodiy muammolarni bemalol hal qila olishi, _ui ijtimoiy aloqalarga molik ekanligi bilan hamda o’z aqliy qobiliyati, tajribasi bo’yicha boshqa xodimlardan ustun turishi lozim.Rahbarning ijtimoiy- iqtisodiy mavqei dastlabki paytlarda yetakchi rolni o’ynaydi.Keyinchalik esa u haqdagi bo’lgan jamoa tasavvuri rahbarning vazifalarni ado etish qobiliyatiga borib taqaladi. Ammo, shaxs shakllangan muhitning rahbarlikka, shuningdek, oilaviy an’analarning boshqaruv qobiliyati rivojlanishiga ta’sirini o’rganish ham o’ta ahamiyatlidir.Haqiqatan, rahbar oilasida tug’ilish, ulg’ayish davomida ota tajribasini o’zlashtirish dominantlikka, ya’ni ustunlikka moyillikning shakllanishiga asos bo’lishi mumkin.Biznes boshqaruvi sohasidagi olim F.Fidler ta’rifi bo’yicha «kompaniya prezidenti bo’lishning eng ishonchli omili – kompaniyaga egalik qiladigan oilada tug’ilishdir».Lekin, Li Yakokka kabi buyuk menejerning biografiyasi tamoman yuqoridagi ta’rifni inkor etadi.Binobarin, bu shaxs rahbarlikning past qatlamlaridan uning eng yuqori cho’qqisiga ko’tarildi. Bir qator mashhur tadbirkorlar o’tmishini tahlil etish natijasida aniqlandiki, ularning ko’pchiligi oilada to’ng’ich farzand bo’lib o’sishgan.Darhaqiqat, oilada to’ng’ichlik o’z mavqeiga ko’ra ma’lum mas’uliyat ham demakdir. O’zbek oilalaridagi ko’pbolalik sharoiti to’ng’ich farzandga ota-onaga madadkor bo’lish, kichiklarga rahnamolik qilish va nazoratni o’z bo’yniga olishini taqozo etadi. Bu esa shakllanayotgan shaxsning tashkilotchilik va nazoratga bo’lgan imkoniyatini yanada oshiradi, kelgusi faoliyatida o’z-o’zini idora eta olish qobiliyatini shakllantiradi. Hayot tajribasi bu- inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida namoyon bo’lishi ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi. Birinchidan, yuqori bo’g’in rahbari uchun boshqaruv tajribasi zarur, shuningdek, ulardan hayotiy tajribaga ega bo’lish ham 108 talab qilinadi.Ikkinchidan, o’rta bo’g’in rahbarida o’z sohasi bo’yicha kamida uch yillik tajriba bo’lishi lozim.Bu toifa rahbar tajribasini tahlil etar ekanmiz, asosiy e’tibor kasb sohasiga qaratiladi. Qobiliyat haqida gapirilganda odatda psixologiya fanida qobiliyatning umumiy va maxsus turlari ko’rsatiladi. Umumiy qobiliyatlar shaxsning har qanday faoliyatga kirishishida muvaffaqiyat uchun imkoniyat yaratsa, maxsus qobiliyat faqat ayrim yo’nalishdagi faoliyat turida muvaffaqiyatga erishish usuli bo’ladi.Uslub shunday umumiy qobiliyat turkumiga inson aqlini, ya’ni intellektni kiritish mumkin.Rahbar intellekti qanchalik yuqori bo’lishi kerak, degan savol, albatta, bahsdan xoli emas. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, o’ta yuqori intellekt yuksak rahbarlik malakalarini amalga oshirishga xalaqit berar ekan. Shunday deyishning asoslaridan biri – qaror qabul qilishda haddan tashqari aql ishlatish bu jarayonni yanada cho’zib yuborishi mumkin. Shuning uchun boshqa bir qator tadqiqotchilar, rahbarda nazariy aqldan ko’ra, amaliy aql rivojlangan bo’lishi kerak, degan to’xtamga kelishadi. Lavozim talablari turli bo’g’in rahbarlari uchun turlicha aqliy salohiyat zarurligini ta’kidlaydi.Yuqori bo’g’in rahbarlari yorqin ifodalangan ijtimoiy intellektga ega bo’lishlari shart. Ular tashabbuskor, muloqotga boy, yuksak siyosiy va ijtimoiy mavqega ega, ishga aloqadar tanish-bilishlari ko’p, intuitsiyasi rivojlangan va tashkilot faoliyatining qaerga yo’nalishini tezda payqab olishlari kerak. Har qanday tashkilotdagi asosiy og’irlikni o’ziga oluvchi o’rta bo’g’in rahbarlarida esa maxsus qobiliyat ko’proq rivojlangan bo’lishi lozim. Ular ishga diqqat-e’tiborli, mas’uliyatli, hajmdagi miqdoriy va sifat ma’lumotlarini tahlil etish qobiliyatiga ega shaxslardir. Biz ham o’z tadqiqot ishimizda rahbar qobiliyatining ayrim xususiyatlari haqida amaliy jihatdan yoritib berishga harakat qildik Zamonaviy rahbar qanday, uning qobiliyatiga xos psixologik komponentlar qanday nomoyon bo’ladi kabi savollarga javob berar ekanmiz, zamonaviy rahbar jamoa ishlab chiqarishida boshqaruvchi, diplomat, yetakchi, murabbiy, innovator bo’lishi lozim va bu esa rahbarning sifat strukturasiga kiradi. 1. Boshqaruvchi – rahbarning bu funksiyasi an’anaviy hisoblanib, boshqaruvchi vazifasini bildiradi. Boshqaruvchi rahbar xalol, o’z so’zidan chiqadigan: yuksak kasb maxoratiga ega bo’lib, ish yo’zasidan muomala qilish ko’nikmalarini o’zlashtirgan 109 notiq, maslaxatchi, pedagog va o’z navbatida ruhiyatchi mahoratiga erishgan bo’lishi lozim. 2. Diplomat – rahbar so’nggi o’n yillar davomida, ayniqsa keng yoyilgan boshqaruv malakalari va ko’nikmalari orasida bularning avvalo mo’zokaralar olib borish bilan bog’liq xillarni tilga olib o’tish lozim. O’rta va oliy bo’g’in funksional rahbarlari hozirgi kunda o’zlarining ish vaqtlarini asosan odamlar bilan aloqa bog’lash va bu aloqalarni kengaytirishga, ish sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, shartnomalar, bitimlar to’zish, baxslarni xal qilish, xukumat bilan o’rnatilgan munosabatlarni yo’lga qo’yishga sarflaydilar. Hozirgi sharoitda har xil vositachilar ishlarida menejerlarning ishtirok etishi tobora ko’proq zarur bo’lib qoldi.Mana shularning hammasi uchun kishida alohida, ya’ni diplomatlarga xos kobiliyatlar bo’lishi kerak. 3. Yetakchi – rahbar. Zamonaviy rahbar menejerlik ishlaridan tashqari yetakchilik ishlari bilan ham shug’ullanadi. Menejer va menejment xususidagi Amerika nazariyotchilari har bir menejer yetakchi bo’lishi kerak degan shiorni ilgari suradilar. Menejerlik vazifasi bilan yetakchilik vazifasi bir ma’noni anglatmaydi. Bizda menejerlik vazifasi deyilar ekan, ko’pincha biznesning moddiy kenja tizimi faoliyatini ishlab chiqarish resurslari, muomalalar, texnologik jarayonlarni quvvatlab borish uchun zarur bo’lgan jami professional harakatlar tushuniladi. Bu vazifani yaxshi uddalash uchun menejer insonlarni o’ziga ergashtirib borish qobiliyatiga ega bo’lishi, ya’ni yetakchi vazifasini bajarishi lozim 4. Murabbiy rahbar - ishlab chiqarish jarayonlari murakkablashib borgani sari xodimlarga qo’yiladigan talablarni oshiradi. Bir tomondan xodimlarning texnologik bilimlarini oshirish extiyoji paydo bo’lsa, ikkinchi tomondan ularda hayot faoliyatining ma’naviy tomonlarini kamolotga yetkazish zaruriyati tug’iladi.Murakkablashib borayotgan texnika – texnologiya mutaxassislarga o’zluksiz kasb – ta’lim berib borish zaruriyatini tug’dirish xech kimda shubxa uyg’otmaydi. Buning uchun bu ishga talaygina mablag’larni sarflashga to’g’ri keladi. Lekin xodimlarni ma’naviy tomondan kamolotga yetkazish borasida sustkashlik qilindi va shuning uchun ishlab chiqarishda ham zarar ko’rilmokda. Vaholanki, xodimlarning yaxshi tarbiya ko’rganligi, yuksak 110 ma’naviy axloqqa ega ekanligi iqtisodiyotning ijtimoiy mintaqasidan o’tib borishi uchun xal qiluvchi shart bo’lib hisoblanadi. Yuqorida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shaxs xislatlarini keltirib o’tdik. Bu xislatlarni bilish, rahbar ularni o’zida shakllantirishga intilishi, so’zsiz, uning boshqaruv mahoratini yanada yuqori pog’onalarga olib chiqadi va tashkilotning ko’zlangan maqsadga yo’nalishini tezlashtiradi. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling