Melanxolik tipidagilarning asab tizimi bo'sh, ularga qo'zg'alish va to'rmozlanish jarayonlarining sustligi, sabrsizlik, tez toliqish xos bo'lib, kuchli asabiy zo'riqishlarni ko'tara olmaydi


Download 65.5 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi65.5 Kb.
#1017220
1   2   3   4
Bog'liq
MELANXOLIK

SANGVINIK – bu temperament vakillarida ikkala nerv jarayonlari: qo'zg'alish va tormozlanish kucli va muvozanatlashgan, shu bilan birga harakatchan bo'lib, bir-birini tez-tez almashtirib turadi.
Sangviniklarning psixologik xarakteristikasi quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Uning vaklllari insonlar bilan juda muloqatga engil kirishishadi, tezda umumiy til topa olishadi, yolg'izlikni yoqtirishmaydi, notanish insonlar va sharoitda o'zini yo'qotmaydi.
Sangviniklar bir joyda o'tira olmaydilar, tinib-tinchimas, odatda ishlarida tartib kuzatilmaydi. Ularda qat'iy kun tartibi bo'lmaydi, uzoq vaqt davomida biror bir ishni bajarishga sabrlari chidamaydi, avval katta qiziqish bilan boshlagan ishlarini oxiriga yetkazmaydilar.
Sangviniklar doimo hushchaqchaq, ko'tarinki kayfiyat egalari, ular juda kechirimli bo'lib, nisbatan muvoffaqiyatsizlikni engil kechiradilar. Doimo jamoa, do'stlari orasida bo'lishni yoqtiradi, har qanday yig'ilishlar, kechalarning markazida bo'ladilar. Ularda his-tuyg'ular engillik bilan paydo bo'ladi va huddi shunday engillik bilan o'chadi.
Sangviniklar uchun eski, turg'un qarashlarni osonlik bilan sindirish va yangilarini yaratish xosdir. Sangviniklarga to'g'ri tarbiya berilganda ularda yuqori darajada rivojlangan jamoatchilik hissini, ishga, o'qishga, mehnatga faol munosabatni shakllantirish mumkin. Noto'g'ri tarbiya berilganda, aksincha, sangviniklarda, odatda engiltabiatlik, ishga mas'uliyatsizlik bilan qarash, palapartishlik, boshlangan ishni oxiriga etkazmaslik, o'qishga, mehnatga, jamoat ishiga jiddiy munosabatda bo'lmaslik, o'zining imkoniyatlari va o'ziga yuqori baho berish xislatlari shakllanadi.


Xolerik - bu temperamentga ega bo`lgan kishi, tez g`ayratli ishga ehtiros bilan kirishadigan lekin muvozanatsiz, tez jahli chiqadigan odam (lotincha chole – o`t). Pastsenzitivlik, yuqori reaktivlik va faollik. Reaktivlik faollikdan yuqori. Shuning uchun kutilmaganda portilovchan, qiziqqon, betoqat. Tez qo`zg`aluvchan, u mimika jestlarida ifodalanadi. Qat’iy, tez insonlarga nisbatan intiluvchan.

Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling