Melanxolik tipidagilarning asab tizimi bo'sh, ularga qo'zg'alish va to'rmozlanish jarayonlarining sustligi, sabrsizlik, tez toliqish xos bo'lib, kuchli asabiy zo'riqishlarni ko'tara olmaydi


Download 65.5 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi65.5 Kb.
#1017220
1   2   3   4
Bog'liq
MELANXOLIK

XOLERIK - kuchli tip bo'lib, engil va tez asabiylashadi. Xoleriklarda qo'zg'alish tormozlanishdan ustun keladi. Ular tanbehlarni ko'tara olmaydilar, lekin shu bilan bir qatorda biror ish bilan qiziqib qolsalar asab tizimlari dosh berguncha, bor kuchlari bilan ishlaydilar.
Xoleriklarning qiziqishlari mustahkam va doimiy, chunki ularga o'zgaruvchanlik, moslashish etarli emasligi xosdir. Xoleriklar yoqori darajada faol va tezkor, harakatlari impulsiv va o'ylanmagan. Ularning nutqi tez, baland va his-tuyg'ularga, harakatlari jestikulyatsiya va ma'noli mimikaga boy. Psixik jarayonlar tez va intensiv kechadi.
Xoleriklar boshqa insonlar bilan mulogatda sabrsiz, tez qizishib ketadilar, his-tuyg'ularini tutib tura olmaydilar. Shuning uchun ular atrofdagilar bilan tez-tez bahslashib, janjallashib turadilar, va bu ularni jamoada uzoq vaqt ishlay olmasliklariga olib keladi.
Xoleriklar ishda faol, harakatchan, tashabbuskor. Shu bilan birga xolerik temperamentining namoyon bo'lisi ko'p jihatdan shaxsning yo'nalganligidan, xususan hayotdagi maqsadi, intilishi, xohishi, motivlari, ishonchiga bog'liq. Xoleriklar jamoat ishlarida tashabbuskorlik, kuch va qat'iylik namoyon qiladilar. Ma'naviy dunyosi qashshoq xolerik tipidagi shaxslarda janjalkashlik, o'z his-tuyg'ularini tuta olmaslik, jizzakilik kabi salbiy hislatlar kuzatiladi.

Flegmatik - temperamentga ega bo`lgan odam osayishta, o`zini og`ir vazmin tutadi, barqaror kayfiyatli odam (yunoncha rhelagma - boglam). Past senzitivlik, kuchsiz emotsionallik, kuldirish, jahlini chiqarish, xafa qilish qiyin. Harakatlari ifodasiz, ishchan, faollik reaktivlikdan ustuvor. Bir ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish vaziyatga sekin ko`nikadi.
FLEGMATIK - tip fiziologik asosini kuchli, muvozanatlashgan va kam harakatlilik (inert) tashkil etadi. Ularda xotirjamlik, his tuyg'ularini tuta bilishlik, hatto eng qiyin vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlay olish xislatlari mavjud. Ularga qat'iyatlilik va o'ta mehnatsevarlik xos. Ular me'yorda muloqotga kirishuvchan, quruq «gap sotish»ga moyil emas.
Flegmatiklar sekin o'ylaydigan insonlar qatoriga kiradi, bu ularning kam harakatliligiga bog'liq. Shu bilan birga faoliyat davomida ular har bir ishni asosli va o'ylab bajaradilar, tartibga va bir xillikka o'rganganlar. O'zgarishlarni unchalik xush ko'rmaydilar.
Flegmatik temperamentidagi odamlarga atrofdagilar bilan bir tekis munosabatda bo'lish xos. Ularni osonlik bilan o'zidan chiqara olish va his-tuyg'ularini uyg'otish oson emas, bahslashishni yoqtirmaydilar, nohushliklar va muvaffaqiyatsizliklarni yengil kechiradilar.
Barcha psixik jarayonlar ularda sekin kechadi. Bu sekinlik ularning faoliyatiga, ayniqsa tez eslab qolish, tushunish, fahmlash, tezda biror-bir ishni bajarish, tezkor qaror qabul qilish kerak bo'lgan hollarda pand beradi. Bunday vaziyatlarda flegmatiklar yordamga muhtojliklarini namoyon qiladilar.
To'g'ri tarbiya qilinganda flegmatiklarda turg'unlik, qat'iyatlilik, ishbilarmonlik xislatlari shakllanadi. Noto'g'ri tarbiyada esa ularda befarqlik, dangasalik, harakatsizlik, sustkashlik kabi sifatlar rivojlanadi.
 
Melanxolik - bu temperamentga shaxs kayfiyatli harakatlari sekin, chuqur hamda barqaror emotsional qo`zg`aluvchanlik va kam nerv psixik aktivlik bilan xarakterlanadi. Melonxolik temperamentlik kam harakat, kam gap, hissiyoti chuqur va barqaror bo`lsa ham hissiyoti sifatdan yaxshi ifodalanadigan kishilar bo`ladi. Biroq ular ishga kira boshlagan ishlarni oxirigacha etkazadilar ( yunon melaine chole). Rigid, introvert. 

Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling