Meliboyev jamshidning bojxona ishi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Bojhona ishi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 Bojxona ishi nima Eksport, import tushunchasi
6 I. “Bojxona ishi” faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi 1.1 “Bojxona ishi” fanini predmeti, tushunchasi va ta’rifi Bojxona ishi O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosati tizimida ustuvor o‘rinlardan birida turadi. Bir tomondan, tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi tashqi bozorga mustaqil chiqish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlar doirasini jiddiy ravishda kengaytirdi. Davlat bojxona siyosati vositalari - tarifli va notarif boshqarish vositalari orqali ularning tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha faoliyatiga ta‗sir ko‘rsatadi.Ikkinchi tomondan, ichki iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, milliy bozorni shakllantirish, respublika byudjetining daromad qismini to‘ldirish vositasi sifatida bojxona ishining ahamiyati ortdi. Bu, o‘z navbatida, bojxona ishining huquqiy asosini yaratuvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar tizimini ishlab chiqishni taqozo etdi. 1.2 Bojxona ishining O’zbekistondagi o’rni va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, ‗Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida‘ va ‗Boj tarifi to‘g‘risida‘ gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bojxona haqidagi qonun hujjatlari tizimi asosini tashkil etadi. Qayd etilgan qonun hujjatlari va ularni riv ojlantirish uchun chiqarilgan normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari himoya qilinishining ishonchli mexanizmini yaratadi, qtisodiy va siyosiy ustuvorliklarini hisobga olgan holda yagona bojxona siyosatini o‘tkazilishini ta‗minlaydi. 1.3 Bojxona ishi nima? Eksport, import tushunchasi Rivojlanayotgan amlakatlarning bojxona siyosati iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta‗minlash manfaatlari, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadlarida olib boriladi. Masalan, olib kiriladigan mashina va asbob uskunalar, kimyoviy tovarlar va materiallardan eng kam stavkalarda bojlar undirilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, odatda bojsiz import qilingan. Kiyim - bosh va uy ro‘zgor buyumlariga oshirilgan stavkalar qo‘llanilgan. Zeb-ziynat va alkagolli ichimliklarga eng yuqori stavkalarda boj undirilgan.Tarkibiga soliqlar va bojlarni 7 undirish ham kiradigan moliyaviy - iqtisodiy tizimning puxta faoliyat ko‘rsatishi har qanday tuzumda davlat mavjud bo‘lishining iqtisodiy asosi hisoblanadi. Akademik B. Axmedovning fikriga ko‘ra bojxona organlari bunday tizimning bir qismi sifatida Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan boshlab mavjud bo‘lgan. Chunki ko‘p ming yillab Sharqni Garb bilan bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘li Markaziy Osiyo h ududidan o‘tgan. O‘rta dengizdagi Suriyaning Antaliya porti uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat qilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoy va Yaponiyaga yo‘l olganlar. Buyuk Ipak yo‘li orqali amalga oshiriladigan savdoga qaysi darajada aloqador bo‘lgan barcha davlatlarning bojxona organlari tajribasini umumlashtiruvchi qoidalar asrlar davomida takomillashtirildi va maqbul holiga keltirildi. Agar qaysidir davlat yoki shahar bojxona qoidalarini qattiqlashtirsa, bojlar va yig‘imlar haddan tashqari ko‘paytirilsa, karvonlar uni chetlab o‘tishni yo‘lini qidirganlar: birgina Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yo‘lining bir nechta shaxobchasi mavjud bo‘lgan. Ushbu karvonlar chetlab o‘tgan davlatlar esa anchagina daromad idan mahrum bo‘lishar edi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling