Meliboyev jamshidning bojxona ishi


II. Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy Osiyoda bojxona ishi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana22.09.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1684301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bojhona ishi1

 
II. Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy Osiyoda bojxona ishi 
2.1 Bojxona ishini vujudga kelishi tarixi
 
Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab 
Afina aholisi donni Misrdan, Sitsiliyadan, keyinchalik esa Shimoliy Qora dengiz 
bo‘yidan olganligini qayd etadi. Xersones, Pantikapey, Feodosiya kabi shahar 
Qadimgi Gretsiyaning tashqi savdosi uchun shunchalik muhim ediki, ulardan 
tovar keltirilganligi va chiqarilganligi uchun boj undirilmas edi. Gretsiyaning 
o‘zida chetdan keltirilgan tovarlardan olinadigan boj ular bahosining o‘ndan bir 
qismini tashkil etardi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Afinaliklar mo‘tadil bojlar 
savdoni
ng rivojlanishiga ko‘maklashadi va ko‘p daromad keltirishi mumkin 
degan qarorga keldilar. Shu sababli eramizdan oldingi 4 asrda, Demosfen davrida 
boj tovar bahosining yigirma, ellik, hatto yuzdan bir qismigacha qisqartirildi. 
Ayrim buyumlar - 
qurol yarog‘, harbiy anjomlar - umuman boj to‘lashdan ozod 
etilgan. Afinaning barcha ittifoqchilari boj imtiyozlariga ega edilar, ular o‘z 



tovarlari uchun bahosining yuzdan bir qismi, qadim shaharlar yigirmadan bir 
qismi miqdorida boj to‘lashar edi. Boj dengiz portlarida va shahar bozorlarida 
yig‘ilar edi. Quruqlikdagi bojxonalar ham mavjud edi. Bojxonadagi operatsiyalar 
qo‘shinlar bilan dushmanlik munosabatlari mavjud bo‘lgan taqdirda chegaralar 
yopilganda to‘xtatilar edi. Boj odatda oltin va kumush bilan to‘lanardi. Boj 
yig‘ish ayrim shaxslar yoki guruhlarga sotilar, ular obro‘li fuqarolardan bo‘lgan 
kafillarga ega bo‘lishardi.Xorijiy davlatlarda bojxona ishini rivojlanishi 
2.2 Xorijiy davlatlarda bojxona ishini rivojlanishi 
O‘rta asrlarda bojxona 
ishining rivojlanishi xalqaro savdoning kengayishi, davlatlar va moliyaviy 
iqtisodiy munosabatlarning qaror topishi bilan mustahkam aloqadorlikda davom 
etdi. Xristianlikning hukmronlik qilishi Yevropada bojxona ishiga katta ta‗sir 
ko‘rsatdi. Masalan, Strasburgda 982 yilgi maqom bilan yepiskopga shaharning 
to‘rt yuqori amaldorini: mer, graf, bojxonachi va xazinachini tayinlash huquqi 
berilgan edi. Biroq keyinroq, 1249 yildayoq Frayburg shahrida bojxona 
amaldorini saylash va, agar ular o‘z vazifalariga vijdonan munosabatda 
bo‘lmasalar, ularni lavozimidan bo‘shatish huquqini fuqarolarning o‘ziga berildi. 
Strasburglik bojxonachilar vazifalariga, masalan, eng asosiy soliqlarni undirish 
kirardi, ayni vaqtda yarmarka yig‘inlarini qal‗a boshlig‘i sifatida grafning o‘zi 
undirar edi. S
trasburg ko‘priklari va yo‘llari graf va bojxonachilar mablag‘lari 
evaziga saqlanardi. Parijda XII asrda shaharga olib kirishda barcha xorijiy 
tovarlardangina emas, balki boshqa fransuz shaharlarining ipak, polotno, ipdan 
qilingan buyumlardan, shuningdek 
movut va mo‘ynadan ham boj undirilar edi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling