Meliboyev jamshidning bojxona ishi
II. Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy Osiyoda bojxona ishi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Bojhona ishi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Xorijiy davlatlarda bojxona ishini rivojlanishi
II. Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy Osiyoda bojxona ishi 2.1 Bojxona ishini vujudga kelishi tarixi Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Afina aholisi donni Misrdan, Sitsiliyadan, keyinchalik esa Shimoliy Qora dengiz bo‘yidan olganligini qayd etadi. Xersones, Pantikapey, Feodosiya kabi shahar Qadimgi Gretsiyaning tashqi savdosi uchun shunchalik muhim ediki, ulardan tovar keltirilganligi va chiqarilganligi uchun boj undirilmas edi. Gretsiyaning o‘zida chetdan keltirilgan tovarlardan olinadigan boj ular bahosining o‘ndan bir qismini tashkil etardi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Afinaliklar mo‘tadil bojlar savdoni ng rivojlanishiga ko‘maklashadi va ko‘p daromad keltirishi mumkin degan qarorga keldilar. Shu sababli eramizdan oldingi 4 asrda, Demosfen davrida boj tovar bahosining yigirma, ellik, hatto yuzdan bir qismigacha qisqartirildi. Ayrim buyumlar - qurol yarog‘, harbiy anjomlar - umuman boj to‘lashdan ozod etilgan. Afinaning barcha ittifoqchilari boj imtiyozlariga ega edilar, ular o‘z 8 tovarlari uchun bahosining yuzdan bir qismi, qadim shaharlar yigirmadan bir qismi miqdorida boj to‘lashar edi. Boj dengiz portlarida va shahar bozorlarida yig‘ilar edi. Quruqlikdagi bojxonalar ham mavjud edi. Bojxonadagi operatsiyalar qo‘shinlar bilan dushmanlik munosabatlari mavjud bo‘lgan taqdirda chegaralar yopilganda to‘xtatilar edi. Boj odatda oltin va kumush bilan to‘lanardi. Boj yig‘ish ayrim shaxslar yoki guruhlarga sotilar, ular obro‘li fuqarolardan bo‘lgan kafillarga ega bo‘lishardi.Xorijiy davlatlarda bojxona ishini rivojlanishi 2.2 Xorijiy davlatlarda bojxona ishini rivojlanishi O‘rta asrlarda bojxona ishining rivojlanishi xalqaro savdoning kengayishi, davlatlar va moliyaviy iqtisodiy munosabatlarning qaror topishi bilan mustahkam aloqadorlikda davom etdi. Xristianlikning hukmronlik qilishi Yevropada bojxona ishiga katta ta‗sir ko‘rsatdi. Masalan, Strasburgda 982 yilgi maqom bilan yepiskopga shaharning to‘rt yuqori amaldorini: mer, graf, bojxonachi va xazinachini tayinlash huquqi berilgan edi. Biroq keyinroq, 1249 yildayoq Frayburg shahrida bojxona amaldorini saylash va, agar ular o‘z vazifalariga vijdonan munosabatda bo‘lmasalar, ularni lavozimidan bo‘shatish huquqini fuqarolarning o‘ziga berildi. Strasburglik bojxonachilar vazifalariga, masalan, eng asosiy soliqlarni undirish kirardi, ayni vaqtda yarmarka yig‘inlarini qal‗a boshlig‘i sifatida grafning o‘zi undirar edi. S trasburg ko‘priklari va yo‘llari graf va bojxonachilar mablag‘lari evaziga saqlanardi. Parijda XII asrda shaharga olib kirishda barcha xorijiy tovarlardangina emas, balki boshqa fransuz shaharlarining ipak, polotno, ipdan qilingan buyumlardan, shuningdek movut va mo‘ynadan ham boj undirilar edi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling