Meliboyev jamshidning bojxona ishi
Xozirgi kunda bojxona ishini faoliyati
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Bojhona ishi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 A.Temur davridagi bojxona atamalari va tushunchalari
2.3. Xozirgi kunda bojxona ishini faoliyati Bojxona ishining Bojxona
kodeksida ko‘rsatilganlardan tashqari tarkibiy qismlari ro‘yxatiga boj tariflari vositasida tartibga solish, valyuta nazorati, bojxona ta‗minoti, bojxona statistikasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish, kontrabandaga va bojxona ishi sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurash, bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish kiritilishi kerak. Bunday yondashilgan taqdirda bojxona ishi mazmuni kengroq tushuniladi, boz ustiga uning tarkibiga kiritilgan, yuqorida aytib o‘tilgan qo‘shimcha 9 elementlar Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hamda unda yetarlicha keng va batafsil tartibga solingan. Shunday qilib, bojxona ishi tuzilmasi bojxona siyosatini amalga oshirishning quyidagi vositalari bilan ifodalanishi mumkin: III. Bojxona ishining A.Temur davridagi rivoji 3.1 Bojxona ishining A.Temur davridagi o’ziga xos xususiyatlari b uyuk Ipak yo‘lidagi boj yig‘imlari haqidagi dastlabki yozma eslatmalar VIII asrdagi arab manbalaridan ma‗lum. Ko‘p asrlar davomida boj miqdori o‘zgarishsiz bo‘lib, u tovar qiymatining 2 foizini tashkil etgan (Bunday boj XIX asrgacha saqlanib qoldi. Buxoro, Qo‘qon va Xivadan Rossiyaga qatnovchi karvonlardan 2,5 foiz miqdorida boj olinardi). Bu barchani qoniqtiruvchi maqbul variant deyish mumkin. Karvonlar yo‘lida ko‘plab davlatlar joylashgani hisobga olinsa, katta miqdordagi boj savdogarlarni xonavayron qilishi, bu bilan ushbu davlatlarni kafolatli daromaddan mahrum qilishi mumkin edi. 3.2 A.Temur davridagi bojxona atamalari va tushunchalari XV asr boshida Amir Temur saroyida bo‘lgan Kastiliyaning elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o‘zining Samarqandga qilgan to‘rt oylik sayohatida ‗butun mamlakat Temur hukmronligi ostida tinch yashaydi‘, deb qayd etgan. Temuriylar davrida ulkan saltanatda yo‘llar ancha yaxshi holatda saqlangan. Yo‘lning har bir kunlik masofasida karvonsaroylar bo‘lib, ularda savdogarlarni qurol-yarog‘ osgan otliq qo‘riqchilar otryadi kutib olar, ular savdogarlarni keyingi dam olish joyiga kuza tib qo‘yishga shay turishar edi. ‗Ofisi‘ uzoq vaqt Sultoniyada bo‘lgan vatikanlik arxiyepiskop Ioann Amir Temur tomonidan savdogarlarga berilgan imtiyozlarni qayd qiladi: ‗Temur xorijiy savdogarlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lar va butun saltanatida ularga qulay sharoitlar va xavfsizlikni yaratib bergan. Agar unga qarashli yerlarda qaysidir savdogarni tunashsa, o‘sha yerning hukmdori savdogarga yo‘qotgan narsasini ikki barobar qilib qaytarib berar, bundan tashqari ushbu summani Temurga besh barobar miqdorida to‘lardi‘. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling