Meliboyev jamshidning bojxona ishi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1541873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Meliboyev jamshidning bojxona ishi

 
 



 
I. “Bojxona ishi” faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi 
1.1 
“Bojxona ishi” fanini predmeti, tushunchasi va ta’rifi Bojxona ishi 
O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosati tizimida ustuvor o‘rinlardan birida 
turadi. Bir tomondan, tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi tashqi 
bozorga mustaqil chiqish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va 
tadbirkorlar doirasini jiddiy ravishda kengaytirdi. Davlat bojxona siyosati 
vositalari - tarifli va notarif boshqarish vositalari orqali ularning tovarlar, ishlar 
va xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha faoliyatiga ta‗sir ko‘rsatadi.Ikkinchi 
tomondan, ichki iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, milliy bozorni 
shakllantirish, respublika byudjetining daromad qismini to‘ldirish vositasi 
sifatida bojxona ishining ahamiyati ortdi. Bu, o‘z navbatida, bojxona ishining 
huquqiy asosini yaratuvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar tizimini ishlab 
chiqishni taqozo etdi. 
1.2 
Bojxona ishining O’zbekistondagi o’rni va vazifalari O‘zbekiston 
Respublikasining Bojxona kodeksi, ‗Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida‘ va ‗Boj 
tarifi to‘g‘risida‘ gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bojxona haqidagi qonun 
hujjatlari tizimi asosini tashkil etadi. Qayd etilgan qonun hujjatlari va ularni 
riv
ojlantirish uchun chiqarilgan normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining 
milliy manfaatlari himoya qilinishining ishonchli mexanizmini yaratadi, qtisodiy 
va siyosiy ustuvorliklarini hisobga olgan holda yagona bojxona siyosatini 
o‘tkazilishini ta‗minlaydi. 
1.3 Bojxona ishi nima? Eksport, import tushunchasi
Rivojlanayotgan
amlakatlarning bojxona siyosati iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta‗minlash 
manfaatlari, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadlarida 
olib boriladi. Masalan, olib kiriladigan mashina va asbob uskunalar, kimyoviy 
tovarlar va materiallardan eng kam stavkalarda bojlar undirilgan. Qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari, odatda bojsiz import qilingan. Kiyim - 
bosh va uy ro‘zgor
buyumlariga oshirilgan stavkalar qo‘llanilgan. Zeb-ziynat va alkagolli 
ichimliklarga eng yuqori stavkalarda boj undirilgan.Tarkibiga soliqlar va bojlarni 



undirish ham kiradigan moliyaviy - 
iqtisodiy tizimning puxta faoliyat ko‘rsatishi 
har qanday tuzumda davlat mavjud bo‘lishining iqtisodiy asosi hisoblanadi. 
Akademik B. Axmedovning fikriga ko‘ra bojxona organlari bunday tizimning bir 
qismi sifatida Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan boshlab mavjud bo‘lgan. 
Chunki ko‘p ming yillab Sharqni Garb bilan bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘li 
Markaziy Osiyo h
ududidan o‘tgan. O‘rta dengizdagi Suriyaning Antaliya porti 
uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga 
xizmat qilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoy va Yaponiyaga yo‘l 
olganlar. Buyuk Ipak yo‘li orqali amalga oshiriladigan savdoga qaysi darajada 
aloqador bo‘lgan barcha davlatlarning bojxona organlari tajribasini 
umumlashtiruvchi qoidalar asrlar davomida takomillashtirildi va maqbul holiga 
keltirildi. Agar qaysidir davlat yoki shahar bojxona qoidalarini qattiqlashtirsa, 
bojlar va yig‘imlar haddan tashqari ko‘paytirilsa, karvonlar uni chetlab o‘tishni 
yo‘lini qidirganlar: birgina Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yo‘lining bir nechta 
shaxobchasi mavjud bo‘lgan. Ushbu karvonlar chetlab o‘tgan davlatlar esa 
anchagina daromad
idan mahrum bo‘lishar edi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling