Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
O’qituvchining asosiy vazifasi -
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
O’qituvchining asosiy vazifasi - ta’lim berish, tarbiya berish, malakalarni
shakllantirish jarayonlarini boshqarish, o’qitish emas, balki o’qishga yo’l ko’rsatish; tarbiya berish emas, balki tarbiyalash jarayoniga rahbarlik qilishdir. 17 An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga o`quvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish o`quvchilarning o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Nazorat savollari. 1. Ta`lim metodiga ta`rif bering. 2. Ta`lim jarayoni deganda nimani tushunasiz? 3. Ta`lim vositalari qanday pedagogik vazifalarni amalga oshiradi? 4. Ta`lim texnologiyasi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? 5. O’quv jarayonining tashkiliy-didaktik ta’minoti nimalardan iborat? 3-§. Kimyo fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotida yangicha qarashlar qaror topayotgan bir sharoitda yosh avlod ta`lim-tarbiyasini tashkil etish, boshqarish, barkamol shaxsni tarbiyalash masalasi yanada dolzarblik kasb etmoqda. Ta`lim jarayonida yuqori sifat va samaradorlikka erishish ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab qiladi. «Innovatsiya» iborasi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, «innovation» - «yangilik kiritish», «yangi g’oya» degan ma’nolarni bildiradi. Innovatsion o’qitishda bilimlar vazifasi o’zgaradi. Ya’ni, avvalgi doimiy yod olishdan mantiqiy fikrlash, izlanishga o’tiladi. Bunday faoliyat o`quvchi faoliyatidagi ijodkorlikni rivojlantiradi. U o’z tengdoshlari va o’qituvchisi bilan o’zaro faol «sub’yekt-sub’yekt» munosabatlariga kirishadi. O'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo`lganligi tufayli ham unga yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi tabiiydir. Shuning 18 uchun ham, sinalgan va samara beradigan zamonaviy texnologiyalarni qo'llash zaruriy holdir. Kimyoni o`qitishda eng ko’p tarqalgan va xususiyatga ega bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyidagilar hisoblanadi: suhbat, bahs, o’yin, keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum va boshqalar hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling