Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli vaziyat yaratish usullari.
Muammoning turi
Muammoni kelib chiqish sabablari Muammoni yechish va sizning harakatlaringiz Toza ichimlik suvining kamligi Suvni toza saqlashga e’tiborning kamligi Suvdan oqilona foydalanishga e`tiborning kamligi Tabiat va suvni saqlashga oid tadbirlar o’tkazish Suvdan oqiona foydalanishga oid tadbirlar o’tkazish Bunday texnologiya bilan o’tkazilgan mashg’ulot natijasida o’quvchilar qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo’lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o’z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar. Muammoli vaziyat yaratish usullari. O’quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar yaratish ularda har narsani bilishga havas, fahm-farosatlilik, mustaqillik, o’qishga qiziqish va ijod qilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchi ongida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, o’quvchining faol fikrlash faoliyati, o’quv materialini puxta o’zlashtirib olishlari haqida Sharq allomalari ham o’zlarining qimmatli fikrlarini aytib o’tganlar. Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’zining pedagogik va didaktik qarashlarida, o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni, shuningdek, o’quvchining zerikmasligini, xotirasiga malol keltirmaslikni (zo’riqtirmaslikni) ta’kidlab, «Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir, hadeb bir narsani o’qiyverish zerikarli bo’ladi va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli-tuman bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar- 67 o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko’rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi voqea - narsa kishiga rohat bag’ishlaydi», degan yedi. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni, o’ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o’rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Sir emaski, bir xil yoshdagi o’quvchilarning jismoniy va aqliy xususiyatlariga ko’ra tushunish, fikrlash, ish bajarish qobiliyatlari ham turlicha bo’lishi mumkin. Buni ayniqsa, muammoli holatni yaratish uchun o’quvchilarni ruhiy jihatdan puxta tayyorlashda hisobga olmoq zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling