Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

Nazorat savollari: 
1. Didaktik o`yinlarning asosiy vazifasi nimadan iborat? 
2. Didaktik o`yinli mashg`ulotlar qanday tashkil etiladi? 
3. Kimyoni o`qqitishda qanday didaktik o`yinlardan foydalaniladi? 
4. Didaktik o`yinlar qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega? 
 
4-MODUL. KIMYO FANINI MUAMMOLI O’QITISH ASOSLARI 
 9-§.  Kimyo fanini muammoli o’qitish. Muammoli yondoshuv
.
 
Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan 
bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya 
yotadi. 
Muammoli o`qitish o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga 
keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida 


59 
nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy 
faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni 
nazarda tutadi. Shuningdek, muammoli o'qitishning mohiyatini o'qituvchi
tomonidan o'quvchilarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, 
o'quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi 
bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil 
etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. 
Muammoli o`qitish turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega. 
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 
2. Muammoning qo’yilishi.
3. Muammoning yechimini topish.
Muammoli o`qitishning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq: 
1. O'quv materialini muammolashtirish; 
2. O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish; 
3. Ta’lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish; 
4. O'qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali 
foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish; 
5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini 
tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o'quvchilarga bayon etish. 
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, 
o'quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish 
jarayonida alohida ob`yekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko'nikmalari va
bilimlarni faollashtirishga asoslangan bilish faoliyatini taqozo etadi. 
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish 
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq.
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga 
(muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: 
- o'quvchiga notanish bo'lgan faktning mavjud bo'lishi; 


60 
- vazifalarni bajarish uchun o`quvchiga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga 
kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi. 
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o'qituvchi o'quvchilar faoliyatini flkr
yuritishning mantiqiy operatsiyalari tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya,
umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi. 
Muammoli vaziyatlardan o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi
mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish
mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur 
mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi.
Kimyoni o'qitish jarayoniga muammoli darslarni qo'llash uchun o'qituvchi
quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi: 
- o'quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish
mumkinligini; 
- mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib 
chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik,
sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik tamoyillariga amal qilishi; 
- o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni
ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali 
foydalanish yo'llarini belgilashi zarur. 
O'qituvchi o'rganilayotgan bob va mavzularning didaktik maqsadi, ta’lim
mazmunidan kelib chiqqan holda yuqori samara beradigan mashg'ulot turini 
belgilaydi, o'quv yili boshidan taqvimiy mavzularni rejalashtiradi. 
Kimyo ta’lim jarayonida muammoli vaziyatning xususiyati
quyidagilardan iborat: 
- o'quvchilar uchun noma’lum yangilikning mavjudligi; 
- muammolarni o'zlari hal etishlari; 
- shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni 
o'zlari o'rganishga harakat qilishlari; 
- nima noma’lum ekanligini bilib, ma’nosini tushunib, uni hal etishga 
intilishi kabilar. 


61 
O'qituvchi muammoli o`qitish tizimida o'quvchilar o'quv-izlanish
faoliyatini shunday tashkil etadiki, ularning diqqati yuzaga kelgan qiyinchilik va 
kamchiliklarni hal etishga, turli axborotlarni mustaqil tahlil qilishga, yechimini 
topish, umumlashtirish va xulosalar chiqarishga, olgan bilim va malakalarini
keyingi duch keladigan vaziyatlarda qo'llay olishga qaratilgan bo'lishi lozim.
Demak, buning natijasida o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish, bilim
olish, yangidan-yangi maqsadlami qo'yish, yangicha fikrlash yo'llariga
o'rganish hamda tafakkurni rivojlantirish qobiliyatining shakllanishiga imkon
beradi. O'quvchilar muammoli ta’lim jarayonida o'quv materiallarini muammoli 
vaziyat sharoitida o'rganishlari, tegishli ma’lumotlami mustaqil tahlil qilishlari, 
berilgan o'quv masalalarini farazlarini oldinga surib, ularni isbot qilish yo'llari 
bilan yechishlari, ta’lim jarayonini o'zlashtirishga aql bilan harakat qilishlari
ularning intellektual faoliyatlarini oshiradi. 
Muammoli darslarda o'qituvchining faoliyati, avvalo, mavzu mazmunidan
kelib chiqqan holda o'quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar
tizimini yaratish, o'quvchilar oldiga o'quv muammolarini yuqori ilmiy va 
metodik saviyada qo'yish, darsda mazkur o'quv muammolaridan samarali
foydalanishga erishish, o'quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga
yo'naltirishdan iborat bo'ladi. 
O'quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish
usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlami ilgari surish, taxminlami
ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlami tekshirish va xulosa 
chiqarishdan iborat bo'ladi. 
Kimyoni muammoli o’qitish jarayonida o’quvchilarga tadqiqiy, evristik,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi.
Bunda: 

nostandart masalalarni tuzish bo’yicha; 

shakllantirilmagan savol bilan; 

ortiqcha ma’lumotlar bilan; 

o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; 


62 

yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’yekt (modda) mohiyatini 
bayon etish; 

olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; 

hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash; 

«bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling