Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Syujetli - rolli o’yinlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konferentsiya mashg’ulotlari.
- O’yin mashqlar
Syujetli - rolli o’yinlar O`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim
egallash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida mujassamlashgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishda syujetli-rolli o’yinlar muhim rol o’ynaydi. Ijodiy o’yinlar. O`quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini ondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o`quvchilar o'zaro hamkorlikda avval o`zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini ijodiy qo'llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o‘yinlar ijodiy o'yinlar deb ataladi. Ijodiy o’yinlardan avvalgi mashg’ulotlarda o’rganilgan tushunchalarni yangi mavzuni o’rganishda foydalanish imkoniyati vujudga kelganda qo’llash maqsadga muvofiq. Mazkur didaktik o’yinli mashg’ulotlarda hamma o`quvchilar hamkorlikda ishlaydilar, avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llab yangi xulosa chiqaradilar. Konferentsiya mashg’ulotlari. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar ichida konferentsiya mashg’ulotlari muhim o’rin tutadi. Konferentsiya mashg’ulotlari o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va 54 malakalarini rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini o’tkazish tavsiya etiladi. O’yin mashqlar Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchining ilmiy- metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo’lishi, zamon bilan hamnafasligi, o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko’nikmalariga bog’liq bo’ladi. O’qitishda boshqa didaktik o’yinlar bilan bir qatorda o’yin mashqlardan o’z o’rnida va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. O’yin mashqlar uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va o`quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotiga aylangan o’yinlarni andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina”, O`yla, izla, top” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o’yinlarda o`quvchilar avvalo, o’z kuchi va bilimlarini sinab ko’radilar, yana ularning aksariyati shu o’yinlar ishtirokchisi bo’lishni orzu qiladilar. O'quvchlarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo'shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o'yinlar muhim ahamiyatga egadir. Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o’qituvchi o`quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga o’xshash o’yinlarni o’z vaqtida o’tkazishi o`quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi. Shu bilan birga fanlarni o`qitishda darsning turli bosqichlarida didaktik o`yinlar ham qo`llaniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling