Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddalar nomini o`rganish o`yini
- Chaynvordlar
«Kim ko`p yozadi» o`yini
O`yin tartibi: o`quvchilar oldida faqat qog`oz va qalam bo`lishi kerak. O`yinni Kimyoviy elementlar, metallar, metallmaslar, oddiy va murakkab moddalar, «Oksidlar», «Asoslar», «Kislotalar», «Tuzlar» mavzusi bo`yicha o`tkazish, ayniqsa yaxshi natija beradi. Bu o`yin uchun ma`lum vaqt belgilanadi. Masalan, «Kislotalar» mavzusi e`lon qilinadi deylik, o`quvchilar esa belgilangan vaqt ichida o`zlari bilgan barcha kislotalarni nomini yoki formulasini yozib chiqadilar. Yozilgan har bir kislota uchun bir ball beriladi. O`yinda eng ko`p ball to`plagan o`quvchi g`olib hisoblanadi. Moddalar nomini o`rganish o`yini O`yin tartibi: Eng muhim moddalar formulalari yozilgan qog`ozlar yozuvi teskari qaratib qo`yiladi va o`yin boshqaruvchi oldida turadi. O`rtaga o`quvchi taklif qilinadi va unga 2 ta asos, 2 ta kislota va 2 ta tuzni olishga ruxsat beriladi. O`quvchi o`zi olgan moddalar nomini aytadi. Har bir to`g`ri javobga bir ball beriladi. O`yinni teskari tarzda o`tkazilsa ham bo`ladi. Bunda qog`ozlarga moddalarning formulalari emas, nomlari yoziladi. O`quvchi qog`ozlardan tanlab ularning formulalarini yozadi. Har bir to`g`ri formula uchun bir ball beriladi. Eng ko`p ball to`plagan o`quvchi g`olib hisoblanadi. 57 Diagonallarda moddalar. Yuqoridagi to`rt burchakdan shunday to`rtda to`g`ri chiziqlar o`tkazingki, natijada 6 ta modda hosil bo`lsin. Chaynvordlar Quyidagi qo`shimchalar bilan tugallanadigan elementlarni toping. 1)Kalsiy. 2)Fransiy. 3)Stronsiy 4)Lourensiy. 5)Lyutetsiy. 6)Texnetsiy. 7)Ameritsiy “Kimyoviy mozaika” o`yini • Ish tartibi: Juftliklarga konvert tarqatiladi. Kartochkadagi so`zlarni A4 hajmdagi o`zbek tilida berilgan element nomlari ustiga mos ravishda joylashtiriladi. • Foydalanish variantlari • So`zlar o`rniga rasmlar (kimyoviy idish va asboblar, moddalar formulalari)dan foydalanish mumkin. • Shakllarda berilgan ingliz tilidagi element nomini ifodalovchi so`zlarni mos o`ringa qo`yiladi. 58 Kimyoni o`qitish jarayonida foydalaniladigan didaktik o`yinli texnologiyalar va didaktik o`yinlar o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo`llash, didaktik o'yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo`ljalni to`g`ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to`g`ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling