Faoliyatni uyushtiruvchi o’yinlar: jarayonni modellashtirish faoliyati
to’g’risida fikrlashni nazarda tutadi, biroq model bilan asosli boy berish va hiyla
ishlatish bo’lmaydi. Rollar shartli, qarorlar esa shtatdagi tashkiliy tuzilmalar
doirasidan tashqarida ishlab chiqiladi.
Biroq rolli maqsadlar va rollarning o’zaro harakatlari farqi ta`minlanadi.
1.1. Loyihalash o’yin mobaynida, odatdagidek tashkil etishning mavjud
tashkiliy tuzilmalarni yaratish yoki isloh qilish bilan bog’liq bo’lgan turli tashkiliy
muammolar hal etiladi.
1.2. Muammoli-yo’naltirilgan o’yin mobaynida vaziyatga ta’sir etuvchi
omillarning ko’pligi va hal qilishning turli variantlarini hisobga olib, muommolarni
qo’yish va echimini izlash amalga oshiriladi. Topilgan echim tekshiriladi: shu erda
o’yinda maqbullari ishlab chiqiladi va o’ynaladi.
1.3. Tadqiqotchilik o’yini fandagi yangi qonuniyatlarini ochib berishga
yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotchilik o’yinlari «Agar ... bo’lsa nima
bo’ladi?» tartibida aniq tashkiliy holatlarni modellashtiradi. Bu holatlar
o’zgarganida turli variantlarni bashorat qilishga imkon beradi.
Ishbilarmonlik o’yini- umumiy holda xuddi boshqaruv qarorlarini turli
sharoitlarda o’yin ishtirokchilari o’zlari bergan yoki ishlab chiqqan qoidalar
bo’yicha taqlid qilish usuli kabi aniqlanadi. Faoliyatni, hamkorlik faoliyati
tizimini, muloqat va munosabatlarni o’ynash ishchan usulini biror harakatlanuvchi
tizimning (ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va hokozo) haqiqiy ishchilarning
amaliy faoliyatiga yaqinlashtiradi. Ishbilarmon o’yin algoritmi: ishtirokchilar
o’zlarining rollariga mos holda jamoaviy qarorlar qabul qiladilar va ularning
ta’sirida boshqaruv ob`yekti o’zgaradi-ishtirokchilarga ularning faoliyatini
baholovchi tizim orqali ushbu o’zgarishlar to’g’risida ma`lumotlar yetib keladi-
olingan axborot asosida ishtirokchilar qarorlarni ishlab chiqadilar, uning ta`sirida
boshqaruv ob`yekti o’zgaradi.
Davomiyligi bo’yicha o’yinlar:
Mashg’ulotni bir qismini egallovchi, qisqa;
To’liq mashg’ulot yoki bir necha mashg’ulotda davom etuvchi.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |