Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki qismli kundaliklar
Klaster metodi
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga hizmat qiladi. Ikki qismli kundaliklar Ikki qismli kundaliklar o’quvchilarga matn mazmunini o’z shaxsiy tajribasi bilan chambarchas bog’lash, o’zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkonini beradi. Ayniqsa, o’quvchilar qandaydir adabiyotlarni o’quv auditoriyasidan tashqari o’qib chiqish topshirig’ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir. Ikki qismli kundalik uchun o’quvchilar yozilmagan qog’ozning o’rtasidan tik chiziq o’tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Qog’ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko’p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg’otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg’otar. O’ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu tsitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg’otdi? Shu munosabat bilan ularda qanday savol tug’ildi? Qisqasi, matnni o’qirkan, o’quvchilar vaqti- 45 vaqti bilan to’xtashlari va o’zlarining qo’shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo’yib borishlari kerak. Quyida ana shunday ikki qismli kundalikka misol keltiramiz: Uglerodning tabiatda tarqalishi Uglerodning fizikaviy xossalari Uglerodning kimyoviy xossalari Demak, o`quvchilarning bilish faoliyatini faolllashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi bilan birgalikda, ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ijodiy faoliyatga yo’llovchi, kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, o’z faoliyatini tahlil qilish, kasbga yo’llash, mo’ljalni to’g’ri olishga o’rgatish, hamkorlikni vujudga keltirish kabi funktsiyalarni bajaradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling