Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo fanini o’qitishda o’yin faoliyati funktsiyalari
Nazorat savollari
1. Innovatsiya deganda nimani tushunasiz? 2. Ta`lim innovatsiyalari nima? 3. Innovatsion ta`lim turlarini ayting. 4. Innovatsion ta`limda o`qituvchi faoliyati qanday tashkil etiladi? 3-MODUL. KIMYO FANINI O’QITISHDA O’YINLI TEXNOLOGIYALAR 7-§. Kimyo fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalar. O’yinli texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, o’quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig’ini qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi. O’yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo’ladiki, buning oqibatida har bir o’quvchi o’zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o’zi egallagan o’rinni 46 barqarorlashtiradi, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalarini hosil qiladi. O’yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko’nikma va malakalaraga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki o’quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi. O’yinli texnologiyalarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko’zda to’tiladi: 1) ta’limiy (didaktik) maqsad; 2) tarbiyaviy maqsad; 3) faoliyatni rivojlantirishga yo’naltiruvchi maqsad; 4) ijtimoiy maqsad. Kimyo fanini o’qitishda o’yin faoliyati funktsiyalari Kimyo fanini o’qitishda foydalaniladigan o’yin faoliyati quyidagi funktsiyalarni bajaradi: - o’yin har doim o’quvchining tahsil olish faoliyatiga bo’lgan qiziqishini orttiradi. - O’yin davomida o’quvchilarning muloqotga kirishishi kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi. - O’quvchining dars davomida o’z iqtidori, qiziqishi bilimini va o’zligini namoyon etishga imkon yaratadi. - Hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga, mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalari tarkib topadi. - O’yin jarayonida o’quvchilarda ijtimoiy me’yorlarga mos fanni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi. - O’quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi, ya’ni ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi. - Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi. - O’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi. 47 - O’yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o’quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo’ljalni to’g’ri olishga o’rgatadi. O’rgatuvchi o’yin usuli o’qitish usuli sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling