Ta`lim beruvchi: umum o’quv ko’nikmalarini shakllantirish yangi holatlarni
shakllantirish va tahlil qilish; o’z harakatlarining imkon bo’ladigan strategiyasini
aniqlash, ularni tarkibiy qismlarga bo’lish, ulardan eng muhimlarini aniqlash;
taqlidiy tartibda muammoli vaziyatni bosqichma-bosqich majmuali yechishni
ishlab chiqish; haqiqatga imkon boricha yaqin sharoitda muammoni yechish
ko’nikmalarini shakllantirish (usul nazariy ta`limdan so’ng darhol uni amaliy
ishlab chiqish vositasi sifatida samaralidir);
rivojlantiruvchi: bilish va ijodiy qobiliyatlarni, mantiqiy fikrlashni, nutqni,
o’zini boshqarishni, muhit sharoitiga moslashish qobiliyatini rivojlantirish;
motivatsiyali: o’qishga qiziqishni shakllantirish va o’quvchilarni o’quv
faoliyatiga undash (asosan o’qitishning dastlabki bosqichida samarali), qarorlarni
mustaqil qabul qilishni rag’batlantirish;
tarbiyalovchi: mas`ulyatni, mustaqilikni, kirishimlilik va boshqalarni
faoliyat va muloqat, fikr yuritish moyillik me`yoriga tushirish orqali shakllantirish;
nazorat-tahliliy: o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini, ularning shaxsiy
sifatlarini baholash (o’qitishning boshlang’ich bosqichida kirish nazorati uchun
foydalaniladi), o’quv axborotini o’zlashtirishning ko’nikma va malakalari sifatini
tekshirish (o’qitishning yakuniy bosqichida o’qitish samaradorligini yakuniy
nazorat qilish uchun).
O’yindan o’quv rejalari va o’qitish vazifalarining har xil bosqichlarida
foydalanish mumkin va o’rgatuvchi o’yinlarni asosiy turkum belgilari bo’yicha 3
toifaga bo’lish mumkin: faoliyatni uyushtiruvchi, ishbilarmon, rolli-tadqiqotchilik
o’yinlari. O’rgatuvchi o’yinlarni loyihalash va o’tkazish texnologiyasi keltirilgan
bo’lib, bunda o’rgatuvchi o’yinni amalga oshirish uch bosqichdan iboratligi
ko’rsatilgan.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |