Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruhlarda ishlash.
Grafik
organayzerlar Ma’ruza mashg’ulotlari ta’lim texnologiyasi. Erkin yozish. Asoslangan esse va b. Klaster.B-B-B chizmasi T-chizma va b. Seminar mashg’ulotlari ta’lim texnologiyasi. Aqliy hujum, FSMU, Blist- so’rov. Blist-o’yin va b. Venn diagrammasi. Konsteptual jadval va b. Amaliy mashg’ulotlar ta’lim texnologiyasi. O’qitish bo’yicha qo’llanma.Yozma va ogzaki davra suhbati va b. Insert jadvali.“Nima uchun” chizmasi. “Qan- day?” diagrammasi va b. Mustaqil ta’lim texnologiyasi. Tushunchalarni aniqlash va b. Tushunchalar tahlili Baliq skeleti va b. Keys-stadi ta’lim texnologiyasi. Tushunchalar asosida matn tuzish, kichik guruhlarda ishlash va b. Toifalash jadvali va b. Loyihali ta’lim texnologiyasi. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi va b. Nilufar guli va b. Quyida kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan interfaol metodlar tavsifi va ularning qo`llanilishi bilan tanishamiz. Kichik guruhlarda ishlash. O`quvchilarni bir necha guruhga bo’lib, ularga mavzuga oid aniq bir masala yoki vazifa ustida ishlash topshiriladi. Ularga ma’lum vaqt beriladi, keyin berilgan vaqt tugagach, har bir guruhning ushbu mavzu bo’yicha qarori, fikrlari tinglanadi. Kichik guruhlar uslubida mashg’ulot olib borilganda quyidagilarga erishiladi: 71 ● har bir o`quvchini faol ishtiroki ta’minlanadi va ularning faoliyatini nazorat qilish va baholash imkoniyati ortadi; ● muammoni tez hal etish usuli ta’minlanadi. O`quvchilar qisqa vaqt ichida ko’plab yangi g’oyalar ijodkori bo’lishadi; ● mashg’ulotning istalgan vaqtida o`quvchilarning qiziqishini ortdirish va butun katta guruh bo’yicha muhokama qilish imkoniyati ta’minlanadi; ● ayrim o`quvchilar o’zlarining mavzuga oid ushbu muammo bo’yicha shaxsiy fikrlarini o’qituvchiga aytishdan tortinishadi, kichik guruhlarda esa ular guruhdoshlari bilan erkin fikr almashishadi, ya’ni mashg’ulotda faol ishtiok etishadi. Masalan, “Oksidlarning toifalanishi” mavzusi o’tilgandan so’ng, o`quvchilarga oksidlar formulalari yozilgan kartochkalar doskaga ilinadi. O’quvchilar 4 guruhga bo’linib o’zlariga taalluqli formulalarni yozadilar va nomlaydilar. Namuna: CuO, CO, CO 2 , Al 2 O 3 , Fe 2 O 3 , Na 2 O, BaO, BeO, SO 3 , PO, SiO, SiO 2 , ZnO, N 2 O, CrO 3 , MgO, K 2 O, SO 2 , NO, NO 2 1-guruh: Asosli oksidlar- CuO, Na 2 O, BaO, MgO, K 2 O 2- guruh: Amfoter oksidlar- Al 2 O 3 , FeO 3 , BeO, ZnO, Cr 2 O 3 3- guruh: Kislotali oksidlar- CO 2 , SO 3 , SiO 2 , SO 2 , NO 2 4- guruh: Befarq oksidlar- CO, PO, SiO, N 2 O, NO So`ngra guruhlar ishi taqdimot qilinadi. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi. Kichik guruhlar baholanadi. Buni quyidagi shaklda ham taqdim etish mumkin: Asosli oksidlar CuO, Na 2 O, BaO, MgO, K 2 O Amfoter oksidlar Al 2 O 3 , FeO 3 , BeO, ZnO, Cr 2 O 3 Kislotali oksidlar CO 2 , SO 3 , SiO 2 , SO 2 , NO 2 Befarq oksidlar CO, PO, SiO, N 2 O, NO Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling