Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qitishning 4 pog’onali usuli
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976 yili Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. O’quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish lozim bo’lgan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o’quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o’quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o’z xissasini qo’shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir o’quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanib, yangi bilimlarning o’zlashtirishiga bog’liq bo’ladi. O’qitishning 4 pog’onali usuli Bu usul AQSH da paydo bo’lib, sanoat korxonalarida konveyerli ishlab chiqarish ko’paygan sari shunday o’rgatish usullari zarur bo’lib qoldiki, ishchilar bir xilda qaytariladigan qo’l ko’nikmalarini iloji boricha tez va mukammal ravishda o’rganib olishlari kerak edi. Bu usulda amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayoni 4 pog’ona doirasida kechadi. Bu pog’onalarning nomi: “Tushuntirish”, “Nima qilish kerakligini ko’rsatib berish”, “Ko’rsatilgan tarzda qaytarish”, “Mashq qilish”. O’qituvchi o’quvchilarga avval kichikroq bir ish bosqichini tushuntirib beradi, keyin nima qilish kerakligini qilib ko’rsatadi. So’ng o’quvchi shu ish bosqichini ko’rsatilgan tarzda qaytarishi (imitatsiya qilishi) kerak. O’quvchi qaytarib qilayotgan paytida o’qituvchisi xatolarini to’g’rilab turadi (maqtaydi yoki 118 tanqid qiladi). Unday keyin esa shu ish bosqichi mashq tarzida o’quvchi uni mukammal o’zlashtirgunicha ko’p marotaba qaytariladi. Bu usul psixologiyada asoslangan bo’lib, bixeviorizm (ya’ni inson o’zini tutishiga oid) nazariyalardan olingan. Bu usul kimyoni o`qitishda valentlik asosida formulalar tuzishda, turli moddalar o`rtasidagi genetik bog`lanishni ifodalashda reaksiya tenglamalarini tuzishda, ishlab chiqarish bilan boq`liq mavzularni yoritishda, masalalar yechishda, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida qo`llanilishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling