Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Kimyoni o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

Kimyoni o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasi 
Kimyoni o’qitishda ham hamkorlikda o’qitish texnologiyasini qo`llash 
ta`lim sifati va samarodorligini oshirishda yaxshi natijalrni beradi. 
 
Dastlab, 
Hamkorlikda o’qitish texnlogiyasining turlari bilan tanishib chiqamiz. 
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o`quvchilarni hamkorlikda o’qitishni 
tashkil etishning bir necha metodlari mavjud bo`lib, ular: 


111 
Komandada o`qitish. Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita 
(yoki uchta) komandaga ajratiladi. Har ikkala (yoki uchala) komanda bir xil 
topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib
har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni 
o’zlashtirishga 
e’tiborni 
qaratadi. 
Hamkorlikda 
o’qitish 
texnologiyasi 
mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga 
topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. 
O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga 
kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, 
qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada 
o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan 
emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija 
bilan taqqoslanadi. Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan 
natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko’proq 
izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi. 
«Komandada o’qitish» tuzilmasi 


112 
Masalan, kimyo fanidan 9-sinfda “Uglerod va uning birikmalari” mavzusini 
komandada o`qitishda sinf o`quvchilari ikkita yoki uchta komandaga bo`linadi. 
O`qituvchi ularga bir xilda quyidagicha topshiriq beradi:
Uglerodning tabiatda tarqalishi
Uglerod allotropiyasi
Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari
Uglerod oksidlari
Uglerodning tabiatda aylanishi
O`quvchilar birgalikda ushbu berilgan topshiriqqa hamkorlikda ishlagan 
holda kerakli ma`lumotlarni yozadilar va komanda ishini taqdimot qiladilar.
Hamkorlikda o`qitishning “Zig-zag yoki arra” metodi ham yogona bazaviy 
tamoyilga asoslangan: sif jamoasi kichik guruhlarga bo`linadi. Guruhning har bir 
a`zosi o`rganilayotgan mavzuning bir qismi uchun ekspertga aylanadi va 
boshqalarni o`qitadi. Har bir guruhning maqsadi shundan iboratki, guruhdagi 
barcha o`quvchilar mavzuni to`liq hajmda o`zlashtirishlari shart.
Hamkorlikda o`qitishning “Birgalikda o`qiymiz” metodi. Buning uchun 
sinf o`quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh 
darsda bajarilishi lozim bo`lgan topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Guruhlar 


113 
o`z topshiriqlarini to`liq bajarishi natijasida o`quv materialining yaxlit o`zlashtirili-
shiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy tamoyillari - komandani taqdirlash, 
o`quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga, samarali ta’lim-tarbiyaga 
erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish sanaladi. 
Hamkorlikda o`qitishning “Birgalikda o`qiymiz” metodining kimyo faniga 
“Tuzlarning olinishi va xossalari” mavzusiga tadbig`i 
Mazkur mavzu matni quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga 
ajratiladi: 
1. Tuzlarning olinish usullari 
2. Tuzlarning fizik xossalari
3. Tuzlarning kimyoviy xossalari 
Shu qismlar bo`yicha kihik guruhlar uchun o`quvchilarning mustaqil ish 
topshiriqlari tuziladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling