Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
Nazorat savollari.
1. Axborot texnologiyalariga misollar ayting. 2. Axborot texnologiyalaridan kimyo darslarida foydalanish afzalliklarini ayting. 3. Virtual kimyoviy laboratoriyalardan foydalanish afzalliklarini ayting 15-§. Kimyo fanini o’qitishda axborot texnologiyalarini qo’llash xususiyatlari Kimyo ta`lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e`tiborni qaratish kerak: -ta`lim oluvchilarga o`quv materiallarini taqdim etishi va tushuntirish bosqichi; 103 -komp`yuter bilan o`zaro muloqot jarayonida o`quv materiallarini o`zlashtirish bosqichi; -o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi; - erishilgan yutuq va natijalar asosida o`zini - o`zi tekshirish orqali, nazorat o`tkazish bosqichi; - oraliq va yakuniy nazorat bosqichi; -o`zini-o`zi, shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko`ra o`quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini muvofiqlash, tuzatishlar kiritish bosqichi. Axborot texnologiyalarini qo`llash bo`yicha yaratilayotgan o`quv reja va dasturlarni yaratish, tuzish, yuqorida keltirilgan bosqichli yo`nalishlarni alohida - alohida modеllashtirish, loyihalashtirish yaxlit natijalarga olib keladi. Ta’lim bosqichlarida kimyoning amaliyotda qo’llanilishining yorqin misoli sifatida bir nechta kimyoviy ishlab chiqarishlar asoslari bilan o’quvchilar tanishtiriladi. Buning ta’limiy vazifasi o’quvchilarning kimyo amaliyoti asoslari to’g’risidagi bilimlarni egallashi bo’lsa, tarbiyaviy vazifasi o’quvchilarda mehnat tarbiyasini shakllantirish, kimyogar kasbiga bo’lgan qiziqishlarini orttirib, kasbga yo’naltirish masalalarini amalga oshirishdir. Respublikamizda kimyoviy va metallurgik ishlab chiqarishlar sanoati yuqori darajada rivojlanganligi uchun kimyogar ixtisosi beruvchi akademik litseylarda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishlar asoslarini chuqurlashtirib o’qitish o’quvchilarni kasbga yo’naltirish masalalarini amalga oshiradi. Shuning uchun kimyoviy ishlab chiqarish asoslarini ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilib o’qitish muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida ta’kidlangan va shu kabi mavzularni tushuntirishda ilgor pedagogik texnologiyalar va komp`yuterdan foydalanish dars jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, metallurgiya sanoatini tushuntirish ilgarilari faqatgina kitob va rasmlardan foydalangan holda o’tilar edi. Bu esa o’sha jarayondagi haqiqiy holatni o’quvchilar to’liq va yetarli darajada tasavvur qilishlariga qiyinchiliklar tug’dirgan. 104 Hozirda komp`yuterdan foydalanib, metallurgiya sanoatida cho’yan va po’lat olish jarayonlarining dinamik modellari xom ashyo tanlash, uni qazib olishdan boshlab cho’yan va po’lat olish jarayonigacha bo’lgan jarayonlarni animatsiya qilib ko`rsatilmoqda. Ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkilashtirish uchun ma`lum bir shart-sharoitlar mavjud. Shu bilan birga o`quvchilar bilimini umumlashtirish, mustahkamlash maqsadida ham axborot texnologiyalarini qo`llash ham yaxshi samara beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling