Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislotalar – tarkibida metall atomlariga almashina oluvchi vodorod atomlari hamda kislota qoldig’idan iborat bo’lgan
Oksidlar-
biri kislorod bo’lgan ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi Topshiriqlar o`qituvchi bilan birgalikda o`quvchilar bergan javoblari asosida bajariladi. Taqdimot shu tariqa bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Quyidagi slaydda berilgan moddalardan asoslarni ajratib olinadi va ularni nomlanadi. Endi esa kislotalar haqidagi bilimlar takrorlanadi va ularga oid formulalar ajratib olinadi. Ulaning formulasi va nomini o`quvchilar daftarlariga yozib boradilar. 106 Kislotalar – tarkibida metall atomlariga almashina oluvchi vodorod atomlari hamda kislota qoldig’idan iborat bo’lgan murakkab moddalarga aytiladi O`qituvchi tuzlarning formulasini aniqlab, malikaning saroyga kirishiga yordam bering, deya o`quvchilarni qiziqishini uyg`otish mumkin. Bunda o`quvchilar tuzlarni formulasini, ularning nomlanishini, tuzilishi va ishlatilishi haqidagi bilimlarini yana bir bor esga oladilar, o`qituvchi esa o`quvchilar mavzuni qay darajada o`zlashtirganliklarini bilib oladi. Barcha topshriqlar to`g`ri bajarib bo`lingach, o`quvchilar rag`batlantiriladi va baholanadi. Barakalla! Darslarda bunday ko`rinishdagi taqdimotlardan unumli foydalanish o`quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish, o`z fikrini bayon etish, uni himoya qila olish ko`nikmalarini rivojlantiradi va fanga bol`gan qiziqishini oshirishga yordam beradi. Kimyo fanining laborotoriya mashg`ulotlarini o`qitishda ham komp`yuterli dasturlarning o`rni beqiyosdir. Bu yerda o`quvchi komp`yuterdan laborotoriya mashg`ulotining yozma tavsiloti bilan tanishadi, xavsizlik texnikasi qoidalarini 107 o`rganadi. Keyingi bosqichda laborotoriya mashg`uloti uchun kerakli jihozlarni tanlaydi. Uning ishga yaroqligini komp`yuterlardan tekshirib oladi. Galdagi vazifa komp`yuterda laborotoriya jihozlarini yig`ish va ish holatiga keltirish. Laborotiriya jihozlari yig`ilib, texnika xafvsizligi qoidalariga amal qilinganidan keyin bevosita laborotoriya ishini komp`yuterlarda bajarishni boshlash mumkin. Buning uchun kerakli moddalar kerakli miqdorda kimyoviy reaksiyaga kiritiladi va kutilgan sifat va miqdordagi kutilgan rangdagi yangi xossalarga ega bo`lgan yangi kimyoviy modda olinadi. Olingan yangi moddaning sifatlari, kimyoviy ko`rsatkichlari, laborotoriya mashg`uloti tafsilotida keltirilgan manbalarga solishtiriladi. Agarda, laborotoriya mashg`uloti uchun tayyorlangan yo`riqnomadagi ma`lumotlar yetarli bo`lmasa, o`quvchi darsliklarga, elektron darsliklarga murojaat qiladi. Masalan, atsetilenning olinishi tajribasi bunga misol bo`la oladi. Xulosa qilib aytganda, kimyo fanini komp`yuter dasturlarida o`rganish quyidagi afzalliklarga ega ekanligi o`z tasdig`ini topdi: Birinchidan: O`quvchilar kimyodan laborotoriya mashg`ulotini mustaqil bajarishadi. Natijada o`quvchilarda o`z-o`ziga ishonchi, mustaqil fikrlash darajasi oratadi. Ikkinchidan: Laborotiriya mashg`ulotlarini bajarishda texnika xavsizligi qoidalari aniq bajariladi, aks holda komp`yuter o`quv faoliyatini to`xtatishgacha olib boradi. 108 Uchinchidan: Maktab va AL o`quvchilarini kimyo dasturlarini komp`yuter dasturlari asosida o`rganish jarayonida qimmatli kimyoviy modda va reaktivlar iqtisod qilinadi. To`rtinchidan: O`quvchilarning komp`yuterda mustaqil ishlash bilim va ko`nikmalari aniq misollarda mustahkamlanadi Kimyo o’qitishda kimyoviy eksperimentdan foydalanish dars samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Lekin kimyoning ko’pgina nazariy masalalarini jumladan, atom tuzilishi va kimyoviy bog’lanish kabi jarayonlarni o’qitishda eksperimentdan foydalanish imkoniyati yo’q. An’anaviy vositalar bilan ko’rsatib bo’lmaydigan mavzuga oid ko’pgina jarayonlarni multiplikatsiya qilib kompyuter darsi elektron versiyasiga kiritish va uni komp`yuter darsi davomida ekranda namoyish qilib ko’rsatish o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini keskin orttiradi. Yaxshi o’zlashtirishga olib keladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling