Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toponomik o`yin
Kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlar
55 Kimyoni o`qitishda quyida keltiralayotgan didaktik o`yinlar darsning turli qismlarida, ya`ni, mavzuni takrorlash, mustahkamlash, umumlashtrish maqsadida qo`llanilishi mumkin. Kimyoviy baxri-bayt O`yinda ishtirok etuvchilar doira shaklida turadilar. O`yin quyidagicha boshlanadi. Boshlovchi o`quvchi kimyoga oid biror atama yoki tushuncha nomini aytadi va uning oxirgi harfiga keyingi o`quvchi shu harfga boshlanuvchi so`zni aytadi. O`yin shu tariqa davom etadi. Qaysi o`quvchi 5-10 soniya davomida atamalar nomini ayta olmasa, to`xtalib qolsa, u o`yindan chiqqan sanaladi. O`yin bitta o`quvchi qolguncha davom ettiriladi. Eng oxirida qolgan o`quvchi g`alaba qilgan hisoblanadi. Kimyoning asosiy tusunchalarini o`rganishda ham bu o`yin yaxshi samara beradi. Masalan, modda – atom – molekula – atom massa – allotropiya – yadro – olmos – sublimatsiya - va hokazo. Yoki, kimyoviy element – tenglama – amorf – formula – atom – molekulyar – reaksiya – yadro – oltin – neytron – nisbiy molekulyar massa – va hokazo. Shu bilan birga kimyoviy elementlar, anorganik birikmalarning eng muhim sinflari kabi mavzularda qo`llash ham yaxshi samara beradi. Masalan, Kaliy nitrat ─ Temir (II)-sulfat ─ Temir (III)-sulfat - va hokazo yoki Natriyli silitra ─ Ammoniy xlorid ─ Dimetil ammoniy sulfat va hokazo. Toponomik o`yin Bir xil kattalikdagi qog`ozga elementlar nomlari yoziladi: mis, oltin, kumush, qalay, qo`rg`oshin, temir, simob, oltingugurt, uglerod, rux, mishyak, surma va xokazo. O`yin tartibi: elementlar nomlari aralashtirilib, yozuvli tomoni pastga qaratilgan holda stol ustiga yoyib qo`yladi. O`quvchilar o`zlariga tushgan element nomlariga qisqacha izoh berishi kerak. Masalan, Oltin-tong shafog`i, berilliy-shirin, alyuminiy-achchiqtosh, argon- dangasa, yod-binafsha, vodorod-suv tug`diruvchi, kislorod- kislota hosil qiluvchi va hokazo. 56 O`yinga taklif etilgan o`quvchilarga 5 tagacha qog`oz olishga ruxsat etiladi. O`quvchi javob bera olsa, nom yozilgan qog`ozni o`z qo`lida olib qoladi, javob bera olmasa uni joyiga qo`yadi. Demak, o`quvchilarning har bir to`g`ri javobiga bir ball beriladi. Bu o`yinni butun guruh o`quvchilari ishtirokida uyushtirish mumkin. O`yin davomida qaysi o`quvchi ko`p ball to`plasa, o`sha o`quvchi g`olib deb topiladi. Toponomik o`yin o`quvchilarni darslikdan tashqari materiallarni ko`proq o`qishga va ma`lumotnoma materiallari bilan tanishishga majbur etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling