Meliorativ holati va uni yaxshilashning ilmiy asoslari


Download 377.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi377.9 Kb.
#1568932
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
57-67



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/   
Volume–14_Issue-1_October_2022
 
57 
TUPROQ VA UNING TARKIBI , SHO'RLANGAN TUPROQLARNING 
MELIORATIV HOLATI VA UNI YAXSHILASHNING ILMIY ASOSLARI 
 
Odilova Mohigul Shukurillo qizi - Farg'ona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada sho'rlangan tuproqlarning meliorativ holati va uni 
yaxshilashning 
ilmiy 
asoslari,sho`rxoklashgan 
va 
sho`rxok 
tuproqlarning 
melioratsiyasi haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Sho‘rlanganlik darajasi,sho'r yerlar,tuproq,gips qatlamlari,bo'z 
tuproq,yerga ishlov berish. 
Tuproq (qum) — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar 
taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq 
gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. 
T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir 
(qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini 
yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar 
bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq 
ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda 
odamning xoʻjalik faoliyati. 
Tuproqning yuqori qatlami. 
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, 
havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar 
va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan 
jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi 
xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq 
moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot 
faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan 
oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud 
boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral 
moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi 
(gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash 
sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik 
qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. 
Tuproqning kimyoviy tarkibi — tuprokdagi mineral, organik, organikmineral va 
baʼzi kimyoviy elementlar. Tuproqning mineral kismi birlamchi (kvars, dala shpatlari, 
amfibollar, piroksin, slyuda va h.k.) va ikkilamchi (montmorillonit, kaolinit, 
gidroslyuda va h.k.) minerallardan tashkil topgan. Tuproqning organik qismi 
gumusdan iborat. U gumin, fulvo kislotalar hamda gumin moddalardan tarkib topgan 



Download 377.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling