Meliorativ holati va uni yaxshilashning ilmiy asoslari
Download 377.9 Kb. Pdf ko'rish
|
57-67
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–14_Issue-1_October_2022 57 TUPROQ VA UNING TARKIBI , SHO'RLANGAN TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATI VA UNI YAXSHILASHNING ILMIY ASOSLARI Odilova Mohigul Shukurillo qizi - Farg'ona davlat universiteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada sho'rlangan tuproqlarning meliorativ holati va uni yaxshilashning ilmiy asoslari,sho`rxoklashgan va sho`rxok tuproqlarning melioratsiyasi haqida ma‘lumotlar berilgan. Kalit so'zlar: Sho‘rlanganlik darajasi,sho'r yerlar,tuproq,gips qatlamlari,bo'z tuproq,yerga ishlov berish. Tuproq (qum) — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. T.ning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (qarang Tuproq unumdorligi). T.ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. T. hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati. Tuproqning yuqori qatlami. Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt o'tishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz miqdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi (gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Tuproqning kimyoviy tarkibi — tuprokdagi mineral, organik, organikmineral va baʼzi kimyoviy elementlar. Tuproqning mineral kismi birlamchi (kvars, dala shpatlari, amfibollar, piroksin, slyuda va h.k.) va ikkilamchi (montmorillonit, kaolinit, gidroslyuda va h.k.) minerallardan tashkil topgan. Tuproqning organik qismi gumusdan iborat. U gumin, fulvo kislotalar hamda gumin moddalardan tarkib topgan Download 377.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling