Melioratsiya mashinalari turlari. Yerni o‘zlashtirishda dastlabki ishlov berish mashinalari. Yer kavlash va tekislash mashinalari. Att
Download 1.65 Mb.
|
15-Maruza Melioratsiya mashinalari turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tirkalma skreper va cho‘mich turlari
Skreperlar tuproq qirindisini o‘z cho‘michiga to‘plab olib, uni 100-8000 m masofagacha olib borish uchun xizmat qiladi. Cho‘michining hajmi 3 m3 gacha bo‘lsa - kichik, 3-10 m3 bo‘lsa - o‘rta va 10 m3 dan ortiq bo‘lsa - katta hajmli bo‘lib hisoblanadi. Agregatlanish usuliga qarab skreperlar tirkalma, yarim tirkalma va o‘ziyurar turlarga ajratiladi. Cho‘michini tuproqdan bo‘shatish usuli bo‘yicha erkin, yarim - majburiy va majburiy to‘kiladigan turlarga bo‘linadi (190- rasm). Erkin to‘kiladigan cho‘michni bo‘shatishda uni to‘liq to‘ntarish talab qilinadi. Bunday cho‘michga nam tuproq yopishib qolishi
190- rasm.Tirkalma skreper va cho‘mich turlari: a - skreperning umumiy ko‘rinishi; b - erkin to‘kadigan; d - yarim majburlab to‘kadigan; e - majburlab to‘kadigan; 1- tirkagich; xartum; 3 - gidrosilindr; 4 - oldingi to‘siq; 5 - cho‘mich; 6 - g’ildirak; 7 - ko‘taruvchi rama; 8 - pichoq. mashinadan foydalanishni qiyinlashtiradi. Yarim majburiy to‘ki ladigan cho‘michining tubi va orqa devori burilib, tuproqning to‘kilishiga yordam beradi. Majburiy to‘kadigan cho‘michning orqa va yon devorlari tubiga nisbatan siljib, yopishqoq tuproqni ham sidirib chiqarib tashlaydi. Skreperning asosiy qismi bo‘lgan cho‘mich 5 ning pastki chetidagi pichoq 8 oldingi to‘siq 4 ga o‘rnatilgan. Gidrosilindr 3, tirkagich 1, g’ildiraklar 6 ham skreperni agregatlashda yordam beradi. Cho‘mich old to‘sig’ining qabariqligi mashina harakat yo‘nalishi tomonida bo‘lsa, cho‘mich minimal surilib, tuproqqa to‘ladi. Skreper pichog’ini kesish (kovlash) burchagi bo‘ladi (qumloq yerlarda kichikroq o‘rnatiladi). To‘kiluvchan tuproq cho‘mich hajmining 60-80% ni to‘ldirsa, yopishqoq tuproq uyumlanishi hisobiga 130% gacha to‘ldiradi. Skreper ishini shartli ravishda 4 qismga ajratish mumkin: cho‘michni to‘ldirish, tuproqni manzilga yetkazish, to‘kish va iziga qaytish. Skreperning ishiga bo‘ladigan maksimal qarshilik uning cho‘michi to‘la boshlaganida sodir bo‘ladi, chunki qirib olinayotgan tuproq palaxsasi cho‘mich ichidagi tuproqni siqib yuqoriga chiqarishi kerak. Shu sababli skreper cho‘michi to‘layotganida, ko‘pincha, uning orqasidan traktor itaradi. Avvaliga qalinroq palaxsa kesilsa, so‘ngra qarshilikni kamaytirish maqsadida, yupqaroq kesilib, motorning zo‘riqib o‘chib qolmasligiga erishiladi. Kesilib olinayotgan palaxsa qanchalik qalin bo‘lsa, shunchalik cho‘mich osonroq to‘ladi. Kovlashni boshlashda palaxsaning joiz bo‘lgan maksimal qalinligi: (128) bu yerda, traktorning maksimal tortish kuchi, N; skreperni yuksiz holda sudrashga qarshilik kuchi, N; kovlanayotgan tuproqning solishtirma qarshiligi, N/m2; skreper pichog’ining qamrov kengligi, m. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling