Membrana potentsiallari


Download 1.1 Mb.
Sana05.05.2020
Hajmi1.1 Mb.
#103430
Bog'liq
MUXLISA 4537d3916fba137ea739038f157eb7e9

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI FARG’ONA FILIALI DAVOLASH ISHI 1-BOSQICH 119- GURUH TALABASI TURSUNOVA MUXLISANING FIZIOLOGIYA FANIDAN 2-BO’LIM YUZASIDAN YOZGAN SAVOLLARIGA JAVOBLARI

MEMBRANA POTENTSIALLARI

Tinchlik holatida hujayraning ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Tinch holatda bo‘lgan nerv hujayrasi membrana potensiali taxminan 70-95 mV ga tengdir. Xodchkin va Xaksli nazariyalariga muvofiq, membrana potensialiningkattaligi bir necha omillarga bogiiq: har xil ionlar uchun hujayra membranasining selektiv o‘tkazuvchanligi, hujayra sitoplazmasi va sirtida ionlar konsentratsiyasi har xil bo‘lishiga, (ionlar assimmetriyasi), ionlar faol transportini ishlash prinsipiga va h. k. Lekin bu omillar bir-biri bilan uzviy bog’ liqdir. Bu potensiallar farqi tinchlik potensiali yoki membrana potensiali deb ataladi

HARAKAT POTENTSIALI

  • Harakat potensiali. Nerv va muskul tolasining bir qismiga yetarlicha kuchli
  • ta’sirlovchi vosita (masalan, elektr toki) bilan ta’sir etilsa, shu qismda qo‘zg‘alish
  • vujudga keladi, uning eng muhim ko‘rinishlaridan biri - tinchlik potensiali o'zgarib,
  • harakat potensiali vujudga kelishidir. Harakat potensialini ikki xil usulda: tolaning
  • tashqi yuzasiga qo'yilgan elektrodlar yordamida (hujayra sirtidan) va protoplazma
  • ichiga kiritilgan mikroelektrodlar yordamida (hujayra ichidan) qayd qilish mumkin.
  • Potensialni hujayra sirtidan yozib olinganida tolaning qo‘zg‘algan qismi yuzasi
  • sekundning mingdan bir necha ulushiga to‘g‘ri keladigan juda qisqa vaqt ichida
  • tinch turgan qo‘shni qismiga nisbatan manfiy elektr zaryadli boMib qoladi. Hujayra
  • ichidan mikroelektrodlar yordamida potensiallar farqini yozib olish shuni
  • ko‘rsatadiki, harakat potensialining amplitudasi tinchlik potensialining
  • amplitudasiga nisbatan 30-55 mv ortiq ekan. Bu ortiqlikning sababi shundaki,
  • qo‘zg‘alish paytida tinchlik potensiali yo'qolib ketmaydi, balki teskari belgili
  • potensiallar farqi vujudga keladi, shuning natijasida membrananing tashqi yuzasi
  • ichki yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli bo‘ lib qoladi

DEPOLYARIZATSIYANING KRITIK DARAJASI

.Katod ostida nerv tolasidagi membrana potensialining o ‘zgarishlarini qayd qilish shuni ko‘rsatdiki, membrana depolyarizatsiyasi kritik darajaga yetgan paytda harakat potensiali vujudga keladi. Depolyarizatsiyaning kritik darajasi stimulning xarakteriga,elektrodlarning joylanishiga va boshqa shu kabi holatlarga bog'liq bo'lmay, faqat membrananing o ‘z xossalariga bog‘ liqdir.

EKG

Elektrokardiografiya. Ishlayotgan yurakning bioelektrik potensiallarini yozib olib, yurak muskullarini tekshirish usuli. Normal sharoitda yurakning bo'Imacha va qorinchalari ketma-ket qo‘zg‘alib turadi, natijada yurakning qo‘zg‘algan va qo‘zg‘almagan qismida potensiallar farqi hosil boladi, yurak elektr toki manbayi bolib qoladi. Tana to‘qimaIari elektr o'tkazuvchanlik xossasiga ega bolgani uchun yurakning elektr tokini tana yuzasidan maxsus asboblar yordamida yozib olish

mumkin.

EKG CHIZMASI

BOR YOKI YO’Q QONUNI

Bu qonuniyatni birinchi bo'lib, G. Boudich baqa yuragini tekshirib kashf etgan. Keyinchalik bu qonuniyat boshqa qo‘zg‘aluvchan to'qimalarda ham kuzatilgan. Bu qonunga ko‘ra, ta’sir bo'sag'adan past ta’sirlar qo'zg'alishiga sabab bo'lmaydi bu - ≪yo'q≫ qonuni, bo'sag'a stimullariga qo'zg'alish darhol maksimal kattalikka yetadi, bu - ≪bor≫ qonuni va ta’sir yanada kuchaytirilganda ham ≪eflfekt≫ oshmaydi.

FOYDALI VAQT QONUNI

Bir reabazaga teng tok berilganda,membranada harakat potensialini yuzaga chiqarish uchun zarur bo'lgan minimal vaqt foydali vaqt deb ataladi. Tokning kuchaytirilishi ta’siming minimal vaqtini qisqartirishga olib keladi, ammo chegarasiz kuchaytirib bo'lmaydi.

TA’SIROTNING KUCH QONUNI

Nerv yoki muskul ta’sirlanishining bo‘sag‘a miqdori stimulning qancha vaqt ta’sir etishigagina emas, balki stimul kuchining ortib borish tikligiga ham bogMiq. Ta’sir bo‘sag‘asi to‘g‘ri burchak shaklidagi tok zarblaridan eng kam miqdorda bo'ladi, bunday tok zarblari kuchining maksimal darajasi tez ortib borishi bilan farqlanadi. To‘g‘ri burchak shaklidagi tok zarblari o‘miga chiziq yoki eksponensial ravishda ortib boruvchi stimullar tatbiqetilsa, bo‘sag‘alar kattaroq bo'lib chiqadi, tok kuchi qancha sekin ortib borsa, bo‘sag‘alar shuncha ko‘proq oshib boradi.

AKKOMODATSIYA

Qo‘zg‘aluvchan to‘qimaning sekin ortib boruvchi ta’sirga shunday moslashish hodisasi akkomodatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya tezligi qancha yuqori boMsa, ta’sirlovchi kuchidan mahrum bo‘lmaslik uchun stimul o‘shancha tik ortib borishi mumkin.

QO’ZG’ALISHDA QOZG’ALUVCHANLIKNI O’ZGARISHI

Hujayra membranasida harakat potensialining yuzaga chiqishi qo'zg'aluvchanlik ko'p fazali o'zgarishlari bilan birga boradi. Bu o'zgarishlami o'rganish uchun ikkita qisqa, ammo kuchli elektr stimul beriladi, qo'zg'aluvchan to'qima hujayra membranasiga bu stimullar ketma-ket uzatiladi va harakat potensiali qayd qilinadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling