Membranalar haqida
Download 89,11 Kb.
|
MEMBRANALAR HAQIDA
MEMBRANALAR HAQIDA REJA:
Membrana (lot. membrana — qobiq, parda) — 1)texnikada — berk kontur (perimetr) boʻylab mahkamlangan yupqa yumshoq egiluvchan plastinka. Turlicha bosimli ikki boʻshliqni yoki ayrim boʻshliq (hajm)ni umumiy boʻshliq (hajm) dan ajratish, shuningdek, bosim oʻzgarishlarini chiziqli siljishlarga va, aksincha, aylantirish uchun moʻljallanadi. Metall (mas, folga, elinvar) va metallmas (rezina, mato va boshqalar) xillari bor. M. elektr yoki mexanik tebranishlarni tovush tebranishlariga va, aksincha, aylantirib beruvchi apparatlarning tarkibiy qismi. U manometrlarsa sezgir element, nasos larda zichlash qurilmasi sifatida, mikrofon, telefon va boshqa asboblarda ham qoʻllanadi; 2) elastiklik nazariyasida — kontur boʻylab mahkamlangan egiluvchan yupqa plastinka. Egilishga bikrligi nolga teng deb olinadi. Osma tizimlarda koʻtaruvchi element sifatida foydalaniladi. Mas, undan binoning osma yopmasi sifatida foydalanish mumkin. M. choʻzilmaydi deb qabul qilinadi, egilishi esa konturning qandayligiga qarab hisobga olinadi. Xalq xo׳jaligining ko׳pchilik sohalarida suyuq va gazsimon aralashmalarni ajratish uchun haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya, adsorbsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Biroq aralashmalami ajratishda eng universal usul hisoblangan membranali usulni qo׳llash yaxshi samara berishi mumkin. Bu usulning mohiyati yarim o׳tkazuvchan membranalar orqali modda o׳tkazish jarayonini tashkil etishdan iborat. Hozirgi paytda membranali usul turli maqsadlar uchun ishlatilmoqda:
Membranali jarayonlar, ayniqsa suv va suvli eritmalarni qayta ishlash hamda oqava suvlarni tozalashda keng qo׳llanilmoqda. Keyingi yillari membranali jarayonlar gaz aralashmalarini ajratishda ham ishlatilmoqda. Masalan, havodan kislorodni ajratib olish, kislorod bilan to׳yingan havoni olish, tabiiy gazdan geliy va SO2 ni ajratib olish kabi jarayonlarga membranali usulni qo׳llash yaxshi samara bermoqda. Sanoatning turli sohalarida qo׳llanilayotgan ajratishning membranali usullari quyidagi turlarga bo׳linadi: teskari osmos, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash, dializ, elektrodializ, membrana orqali bug`latish, membranali distillash, elektroosmofiltrlash, membrana yordamida gazlarni ajratish. Ushbu jarayonlarning barchasida ajralayotgan aralashma yarim o׳tkazuvchan membrana bilan kontaktda bo׳ladi. Harakatlantiruvchi kuchning turiga ko׳ra membranali jarayonlar quyidagicha sinflanadi:
4) harakatlantiruvchi kuch — harorat gradienti bo׳lsa termo-membranali jarayonlar (membranali distillash va boshqalar). Ba’zi bir membranali jarayonlarda ikki yoki uch xil harakatlantiruvchi kuchlar birga bo׳lishi mumkin. Membaranadan o׳tgan mahsulot permeat deb ataladi, ajralayotgan aralashmaning membrana oldida qolgan qismi retant (ayrim paytlarda konsentrat) deb yuritiladi. Download 89,11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling