Membranalar haqida
Download 89.11 Kb.
|
MEMBRANALAR HAQIDA
Membranali qurilmalarSanoatda ishlatiladigan membranali qurilmalar bir qator talablarga javob berishlari kerak: membrananing qurilma hajm birligiga to׳g`ri kelgan qiymati katta; qurilmani yig`ish va montaj qilish oson; suyuqlik membrana yuzasidan katta tezlik bilan harakat qilishi; qurilmadagi bosim farqi imkon boricha kichik; mexanik jihatdan mustahkam va hokazo. Lekin barcha talablarga mos bo׳lgan qurilmani loyihalash mumkin emas, albatta. Shu sababdan aniq bir jarayon uchun membranali qurilmaning eng maqbul konstruksiyasi tanlab olinadi. Membranali qurilmalar asosan 4 turga bo׳linadi: 1) membranali elementlari tekis bo׳lgan qurilmalar; 2) membranalari quvursimon bo׳lgan qurilmalar; membranalari o׳ram holatida bo׳lgan qurilmalar; membranalari ichi bo׳sh tolalardan tashkil topgan qurilmalar. Membranali qurilmalarning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz. Tekis membranali qurilmalar. Bunday qurilmalarning asosini tekis yuzali membranadan tayyorlangan elementlar tashkil etadi. Ushbu elementlar tekis g`ovaksimon materialning ikki tomoniga joylashtiriladi. Ikkita qo׳shni membranali elementlarning oralig`idagi masofa (kanal) kichik bo׳lib, 0,5-5 mm ni tashkil etadi. Ushbu membranalararo kanal bo׳yicha dastlabki eritma harakat qiladi. Ajralayotgan eritma birinketin barcha membranalararo kanallardan o׳tib, quyuqlashib qurilmadan chiqib ketadi. Ushbu eritmaning membranadan g`ovaksimon qolipga o׳tgan bir qismi permeat (filtrat) ni tashkil etadi. Membranali elementlar turli shaklga ega bo׳lishi mumkin: dumaloq (elliptik); to׳g`riburchakli; kvadrat. 34.2-rasmda membranali elementi elliptik shaklda tayyorlangan qurilmaning sxemasi berilgan. Ushbu uskuna elliptik shakldagi membranali elementlar 2 paketidan iborat bo׳lib, ikkita dumaloq flaneslar 1 oralig`ida joylashgan. Flaneslar yo׳naltiruvchi shtangalar 3 yordamida bir-biri bilan birlashtirilgan. Membranali elementlar ikki tomoniga membranalar 7 joylashtirilgan tayanch plastinalaridan 4 iborat. Tayanch plastinalari va membranalardagi teshiklar ikki xil halqalar 6-va 7 yordamida zich qilib biriktiriladi. Ajralayotgan eritmani membranalararo kanalga berish va uni uzatish uchun halqalarda radial yo׳nalish bo׳yicha ariqchalar ko׳zda tutilgan. Eritmani seksiyalarga tarqatish maqsadida tegishli membranali elementdagi teshik yopib qo׳yuvchi pona 8 yordamida yopib turiladi. Permeat har bir membranali elementdan egiluvchan kapillyar shlanga 9 bilan alohida ajratib olinib, umumiy kollektorga 10 tushadi. 34.2-rasm. Tekis membranali qurilmaning ishlash sxemasi: 1 — flanes; 2 — membranali elementlar; 3 — yo׳naltiruvchi shtangalar; 4 — tayanch plastinalari; 5 — membranalar; 6 — o׳tkazuvchi halqa; 7 — qulflovchi halqa; 8 — yopib qo׳yuvchi pona; 9 — shianga; 10 — permeat uchun kollektor Tekis membranali qurilmalarning asosiy kamchiliklari: membranalarning qurilmaning 1 m3 hajmiga nisbatan olingan solishtirma yuzasi kichik (60-300 mVm3); qurilmalarni yig`ish va membranalarni almashtirish qo׳l kuchi bilan amalga oshiriladi. Bunday turdagi qurilmalarni loyihalash uchun quyidagilar tavsiya etiladi: membranali elementning shakli- to׳g`riburchakli; maqbul gidrodinamik rejim tashkil etish uchun qurilma seksiyalardan yig`ilgan bo׳lishi kerak; qurilmaning qobiqsiz modeli eng maqbul hisoblanadi. Download 89.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling