Tayanch iboralar: Xizmat sifati, ishonarlilik, jonkuyarlik, ishonchlilik, kommunikativlik, seriltifotlik , asosiy sifat, talab etilgan sifat, hohlangan sifat, kritik element, neytral element qanoatlantiruvchi element nisbiy sifat, salohiyat sifat, funksional sifat, ijtimoiy sifat, standartlashtirsh; xizmat ko‘rsatish sifatining modeli; sifatni oshirish dasturini ishlab chiqish.
MUSTAQIL NAZORAT QILISH UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR:
1. «Xizmatning sifati» tushunchasining eng ko‘p qo‘llaniladigan ta’rifini keltiring.
2. Xizmatlarning mijozlar ehtiyojini qondirish qobiliyatini ta’minlovchi xususiyatlarini ayting.
3. Xizmatning sifatiga iste’molchi nuqtai nazaridan tavsif bering.
4. Texnik, funksional va ijtimoiy sifat mehmonxona faoliyati sohasidagi muayyan xizmatning qaysi unsurlarini o‘z ichiga oladi?
5. Xizmat ko‘rsatish sifati besh bosqichli modeli birinchi bosqichining mazmuni nimadan iborat?
6. Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimining asosiy tamoyillari nimadan iborat va ular mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
7. Mehmonxona korxonasida sifatni oshirish dasturini amalga oshirishda rahbar qanday rol o‘ynaydi?
8. Agar siz sifat bo‘yicha boshqaruvchi bo‘lsangiz, korxonada o‘z faoliyatingizni nimadan boshlagan bo‘lardingiz?
9. Xizmatning ishonarlilik xususiyati qanday tushuniladi? (Jonkuyarlik, ishonchlilik, kommunikativlik, seriltifotlik)
Do'stlaringiz bilan baham: |