Men diplom ishi amaliyotimda "Farg’ona viloyati, Quvasoy shahar, Pakana mfy hududida qurilishi mo’ljallangan "100 o’rinli shifoxona" binolari kompleksini loyihalash mavzusida loyiha ishini bajardim


Download 23.03 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi23.03 Kb.
#1361777
Bog'liq
Кириш


Кириш
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar zaminida mamlakat aholisining turmush darajasini yuksaltirish, munosib hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratish va real daromadlarini oshirish masalasi yotadi. Bugungi kunda O’zbekistonimizda yanada rivojlanib borayotgan aholimizning extiyojlarini qondirish uchun yurtboshimiz tomonidan juda katta e’tibor berilmoqda. Xususan har bir soha bo’yicha mamlakatimiz turli zamonaviy, ko’rkam va yangi yechimlarga ega bo’lgan inshootlarni barpo etish dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samaralarini bugun biz, turmushimiz farovonligida, keng ko’lamdagi qurilish va obodonchilik ishlari misolida ko’rishimiz mumkin.
Men diplom ishi amaliyotimda “Farg’ona viloyati, Quvasoy shahar, Pakana MFY hududida qurilishi mo’ljallangan “100 o’rinli shifoxona” binolari kompleksini loyihalash mavzusida loyiha ishini bajardim. Tibiyot muassasalari binolari insoniyat sog’ligi, turmush tarzi, farovonligi uchun juda muxim bo’lgan va xizmat ko’rsatishi bilan ajralib turadigan eng oldi binolar qatoridadir. Chunki, tirik jon borki, u albatta hayoti davomida biror kasallik bilan to’qnash keladi.
Mazkur diplom ishi amaliyotining asosiy vazifalari sifatida: yangi binolar loyihalanishi, binoni qayta loyihalash, arxitektura-loyihaviy ishlarning nazariy hamda huquqiy asoslarini o’rganish; obyekt joylashgan hududni o’rganish, aniqlash va baholash; mavjud loyihalar bo’yicha milliy va xorijiy mamlakatlarning tajribasini o’rganish; rekonstruktsiya eskizini tayyorlash; loyihalanayotgan obyektning qurilish konstruktsiyalarini texnik jihatdan baholash; obyektni texnik-iqtisodiy asoslash, loyihani amalga oshirishda mehnat muhofazasini ta’minlash chora-tadbirlarini tavsiya etish, qayta loyihani amalga oshirish yuzasidan hulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Shifoxonani loyihalashdagi asosiy masalalarga: shifoxonaning umumiy kompazitsion sxemasini yaratish eng ijobiy (optimal) hajmiy – fazoviy yechimini tanlash va texnik talablarni bajarish kiradi. Klinikaning kompazitsion asosini aniqlovchi omillarga umumiy shahar qurilishi tasavvurlari, shifoxona maydonining bosh tarxi, strukturasi (bo’linmalar tizimi), shifoxona sig’imi, eng samarali qavatliligini aniqlash, bo’linmalarning o’zaro texnologik bog’lanishlari, sanitariya-gigienik talablarning xarakteri va darajasi kiradi. Bu omillar loyihalash jarayonidagi umumlashuvida badiiy va estetik extiyojlar sodda va har tamonlama shifoxona binosi arxitekturasini yaratishga yo’nalgan umumiy talablardan kelib chiqishi zarur. Shifoxonaning bosh tarxi korpuslar o’rnatilgan hududni zonalaшtirilishini, o’tish va kirish joylarining tashkil etilishini shuningdek, atrof muhitni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish darajasini nazarda tutishi kerak.
Tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish maqsadida xorijdan investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish maqsadida:
Quyidagilar sog’liqni saqlash sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalish va vazifalari etib belgilansin:
-mamlakatimizning barcha hududlarida tibbiyot muassasalari tarmog’i faoliyatini faollashtirish va kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini tartibga solish va sog’liqni saqlash sohasini barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish;
-tibbiyot muassasalarining tashxis qo’yish va davolash bo’yicha zamonaviy yuqori texnologiyali usullarni keng qo’llagan holda, keng aholi qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatishga qaratilgan xizmatlar ko’lami va turlarini kengaytirishni har tomonlama rag’batlantirish;
-tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, tibbiyot ixtisosliklari turiga mos keladigan va sanitariya norma hamda qoidalari talablariga javob beradigan bino va xonalar bilan ta’minlash;
-qulay kredit va lizing mehanizmlarini faol jalb etish orqali tibbiyot muassasalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash ko’lami va hajmini tubdan oshirish, yetakchi xorijiy klinika hamda tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda davolash-tashxis muassasalarini tashkil etgan holda tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni kengaytirish;
-aholiga davlat tomonidan ko’rsatiladigan kafolatli bepul tibbiy yordam bilan birga tibbiy sug’urta tizimini keng joriy etgan holda sifatli va arzon maslahat-tashxis, davolash, sog’lomlashtirish va boshqa turdagi tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratadigan tibbiy xizmatlar turlarini jadal rivojlantirish;
-ilg’or xalqaro tajribani inobatga olgan holda, tibbiyot sohasi uchun tibbiy ta’limning zamonaviy usul va texnologiyalaridan foydalanish asosida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifatli va samarali tizimini shakllantirish, tibbiyot muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.
Sog’liqni saqlash sohasida 3 yillik imtiyozli davrni o’z ichiga olgan holda, 8 yilgacha bo’lgan muddatga qayta moliyalashtiruvchi bankning marjasi bilan birga yillik 1,0 foiz miqdorida aholiga tibbiy xizmatlar ko’rsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) tibbiyot muassasalari, jumladan, xorijiy investorlar ishtirokidagi tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlar qismida 2022-yilning 1-yanvarigacha quydagi to’lovlardan ozod etilgan:
Barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar to’lashdan;
O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari va materiallari uchun bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlari bundan mustasno);
Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko’rsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga tibbiy xizmatlar qismida yagona soliq to’lovidan ozod etilgan;
-tibbiyot muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko’rsatadigan texnik mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar bo’yicha jismoniy shaxslar daromad solig’ini to’lashdan ozod etiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu yil jahon miqyosida yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ro’y bergan tabiiy va texnogen ofatlar davlat byudjetiga katta zarar keltirdi. Xalqning iqtisodiy qiyinchiliklariga sabab bo’ldi. Ammo biz sabr-qanoat bilan ushbu sinovli kunlarni yengib o’tish bilan birga mamlakatimizdagi har bir sohani yanada taraqqiy ettirishga ham erishayotganimiz quvonarli.
Download 23.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling