Iqtidorlilik-bolaning o’z yoshi normalariga nisbatan aqliy rivojlanishda ancha ilgarilab ketishi.
Katamnez-davolash yakunlangandan so’ng kasal haqida olinadigan ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo’lgan o’quvchilarning mehnat hayoti, ta’limi to’g’risida davriy ma’lumot to’plash. 123
Kommunikativlik-shaxslararo muloqat madaniyatiga ega bo’lish, bolani tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot to’plash, turli ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va noverbal xulq-atvorini kuzatish.
Kompensatsiya-buzilgan funksiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik-umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish qobiliyati.
Korreksion tarbiya-jamiyatdagi hayotga ko’nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o’tish yoki bartaraf etish.
Madaniyat-jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi bo’lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari, shuningdek, ular tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o’z ifodasini topadi.
Madaniyatlilik-bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy va moddiy madaniyati asosida qurilishi lozim.
Maqom- shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqei yoki roli.
“Men” konsepsiyasi-insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium-o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik-bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.
Oila-insonlar kundalik hayotining asosiy qismi- jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga keltirish, bolalarning ilk ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo’ladigan ijtimoiy institut.
Ontogenez-hayvon yoki o’simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenez organizmning tashqi muhitning aniq bir sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda har organizm birin-ketin rivojlanish bosqichlaridan o’tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iboratprenatal va postnatal.
Do'stlaringiz bilan baham: |