Men” kontseptsiyasi-Insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi. Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat
Download 50.98 Kb.
|
Glossariy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayriya
- Huquqbuzarlik
SHaxsning hayot tarzi-maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo’llari tizimi.
SHaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi-bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. YOsh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradiinsonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi. Xayriya-alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam. Hayotiy vazifalar-insonning hayotiy yo’naltirilganligi, faoliyat usuli, o’ziga, olam va insonlarga nisbatan munosabat turi. Homiylik-voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin. Huquqbuzarlik-biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat. Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi. O’zaro munosabatlar-jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi. O’z-o’zini aktuallashtirish-insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish. 8. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida ijtimoiy pedagogika-shaxs ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganishga, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadidagi samarali metodlar va ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan pedagogika sohasi. ijtimoiy pedagogik bashorat-bolani yuzaga kelgan muammo bilan bog’liq ravishda biror bir ijtimoiy pedagogik faoliyatga jalb qilish orqali bu muammoni xal qilishni bashorat qilish. ijtimoiy pedagogik bashorat ijtimoiy pedagogik jarayonning mantig’i va mohiyati, uning qonuniyatlarini bilishga tayanadi. Download 50.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling