15
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Agar siz davlat siyosatini belgilashda ishtirok
etsangiz yoki shunga mas’ul shaxs bo‘lsangiz, ta’limni
siyosatda ham, amalda
ham ustuvor vazifalardan
biriga aylantiring.
Agar siz xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatsangiz,
sarmoyangizni ta’limning moddiy va metodik bazasini
ishlab chiqish hamda boyitishga kiriting.
Nima uchun ta’lim muhim?
Ta’lim barqaror rivojlanish sohasidagi ko‘pgina
boshqa maqsadlarga (BRM) erishish imkonini beruvchi
muhim bo‘g‘indir. Agar insonlarda sifatli ta’lim
olish
imkoniyati mavjud bo‘lsa, ular nochorlik changalidan
qutila oladilar. Shuning uchun ta’lim
tengsizlikni
qisqartirish va gender tengligiga erishishga
ko‘maklashadi.
Shuningdek, u barcha odamlar uchun sog‘lom va
mo‘tadil hayot kechirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ta’lim
odamlar
o‘rtasidagi
munosabatlarda
bag‘rikenglikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi
hamda tinch va xotirjam jamiyatlarning shakllanishiga
ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: