Men o‘ylaymanki, avvalambor hayot mazmunini o‘ylab yashagan odamlar baxtli. Bu hayotdan yengil-elpi yashab o‘tish ham mumkin
Download 29.45 Kb.
|
MIRXON
Milliy boylik — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623—1687) tomonidan 1664-yilda hisoblangan edi, Fransiyada Milliy boylikni birinchi marta ba-holash 1789-yilda, AQShda 1805-yilda, Rossiyada 1864-yilda amalga oshirilgan edi. U. Petti "mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining moddiy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va boshqa aniq va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak:
1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy aylanma vositalar; ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshqa moddiy boyliklar; 3) aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1) unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar. Milliy boylikni mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim. Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas. Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan, madaniyat, sanʼat boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy kapital" deb atash ham bor. Hozirgi davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va muassasalar turli mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va takror ishlab chikariladigan boyliklarni baholash, ularning umumiy hajmini, yigʻindisini va aholi jon boshiga toʻgri keladigan miqdorini aniqlash bilan ham shugʻullanadi. Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr oxirida insoniyat 550 trln. AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik) boylikka ega boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy mulkka aylantirildi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonunining (1991-yil 31 avg.) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi", deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi. Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boy lik keng ma‘noda o’z ishiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne‘matlar, yaratilgan san‘at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdor an, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob‘ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jum ladan uning tabiat in‘omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma‘nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma‘noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining, umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo‗ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblan adi. Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravi shda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 1. Moddiy buyumlashgan boylik. 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik. Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab ch iqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste‘mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi. Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish notog’ri edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan shiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qo plash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylikning inson Mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha qo’yidagilarni o’zishiga oladi: — ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo’ladi, hamda o’zining texnikaviy darajasi bo’yicha yalpi milliy mahsulotning o’sish imkoniyati ni belgilab beradi: — noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uyjoy fondi, ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob‘ektlar kir adi. — aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qis mi mehnat predmetlaridan iborat bo’lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi . — tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiybuyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqishida Mehnat jarayoni ta‘siri ostida bo’lib, potensial tayyor mahsulot hisoblanadi. — moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zayiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zayiralar iqtisodiyotda ro’y berishi mumkin bo’lgan va oldindan bilib bo’lmaydigan favqulotda rolatlarda foydalanish maq sadida ushlab turiladi. Davlat ehtiyojlariga oltin zayiralari, sug’urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi. — aholining uy, tomorqa va yordamshi xo’jaligida jamg’arilgan mol-mulk. Bunga uy- joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi. Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog’i o’zgarishsiz qolmaydi. Asosan fantexnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, buyumlashgan boylik tarkibida yirik o’zgarishlar ro’y beradi. Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko’payadi va yangilanadi, ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o’quv, sog’liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko’proq rissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o’sib boradi. Moddiy buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: Mehnat unumdorligining o’sishi; ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi. Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma‘nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon xarakatda boylikning iste‘mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko’payishi ro’y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur‘ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog’liq bo’ladi. Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansada, har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga a malga oshiriladi. Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muritini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog’liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro’y beradi. Foydali qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi. Tabiat in‘omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma‘nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson Mehnatining ta‘siri oqibatida aylanadi. Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog’liq bo’lmagan alohida turdagi iste‘mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta‘minlash va oshirib borish uchun zarur bo’ladi. Bunday boyliklarga ta‘lim, sog’likni saqlash, fan, madaniyat, san‘at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy YAIM lar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san‘at asarlari alohida o’rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san‘atning rivojlanish darajasi, jamiyat a‘zolarining to’plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovshilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog’liqni saqlash, ta‘lim va sportning rivojlanish darajasi o’z ifodasini topadi. Moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi jamiyat moddiy YAIM lari ko’payishining asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqqiyoti yuqori sur‘atlar bilan rivojlansa madaniyat, san‘at, fan kabi nomoddiy soh alar ham o’sib va takomillashib boradi. Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tuchuncha bo’lib, o’z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qiymatliklarini ham oladi. Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruxlar tizimi. MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo’llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda mazkur tizim keng qo’llaniladi. Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruxdan iborat bo’ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: Birinchi usul - bu YAIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondashuv Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan qo’shilgan qiymatlar qo’shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo’yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchi usul - bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning uchta sub’ekti - uy xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar, hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin. Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar - tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg’arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o’zgarishi. Birinchi gurux elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi. yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga tovar zaxiralarnish ko’payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. ya’ni YAIM o’z ichiga yil davomidagi zahiralar va extiyotlar barcha o’sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning bu o’sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichi sifatida qo’shiladi. Zahiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko’proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo’shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo’ladi. Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. yalpi investitsiyalar o’z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o’rnini qoplash uchun mo’ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo’yilmalar hajmiga har qanday sof qo’shimchalarni oladi. yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko’ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o’sgan qismidan iborat bo’ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo’shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Davlat sarflari - bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o’z ichiga oladi. Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo’yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo’shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag’larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o’rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo’lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo’lsa salbiy bo’ladi. Qarab chiqilgan sarflarning to’rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o’zgarishlarni qo’shib chiqish yo’li bilan YAIM hajmi aniqlanadi. Uchinchi usul - bu YAIMni hisoblashga daromadlar bo’yicha yondashuv. Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo’jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni qo’shib chiqish orqali aniqlanadi. YAIMni daromadlar bo’yicha hisoblashda uy xo’jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YAIMni mazkur usul bo’yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo’shiladi. Uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha haridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o’zgarishi. Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi. o’z-o’zidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga tovar zaxiralarning ko’payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YAIM o’z ichiga yil davomidagi zahiralar va extiyotlar barcha o’sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralarning bu o’sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichi sifatida qo’shiladi. Zahiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko’proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda Jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo’shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo’ladi. Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. yalpi investitsiyalar o’z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o’rnini qoplash uchun mo’ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo’yilmalar hajmiga har qanday sof qo’shimchalarni oladi. yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko’ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o’sgan qismidan iborat bo’ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo’shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Davlat sarflari - bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o’z ichiga oladi. Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo’yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo’shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag’larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Eksport va import miqdorlari o’rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. 3. Asosiy fondlar - korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko‘rsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar o‘rniga asosiy kapital tushunchasi qo‘llaniladi). Asosiy fondlar o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o‘tkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul shaklida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajratmalari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qo‘yilgan pul bo‘lsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan o‘rniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat bo‘ladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti bo‘lgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga ko‘ra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bog‘lar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda ko‘rsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xo‘jaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat ko‘rsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling