Men Shukrullayev Shahzod Shuxrat o‘g‘li 2023 yil 29 maydan 2023 yil 15 iyulgacha Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Abdunazarov Sh
Banklarda mijozlarga hisob – kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va uning hisobga olinishi
Download 2.34 Mb.
|
shaxzod asaka
2.Banklarda mijozlarga hisob – kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va uning hisobga olinishi
Kassa ishlarini tashkil etish va hujjatlarni saqlash banklar aholi va mijozlarga naqd pullarni berish va ularniqabul qilish maqsadida kassa ishlarini tashkil etadi va amalgaoshiradi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda pul aylanmasi tarkibida naqdsiz pullar bilan amalga oshiriladigan hisob– kitoblarhajmini oshirish orqali naqd pullar bilan amalga oshiriladiganhisob– kitoblar va bankdan tashqari naqd pul aylanmalari hajmini qisqartirishga harakat qilinadi. Buning natijasida naqdpullarni inkassatsiya qilish, saqlash, qo’riqlash va boshqaxavfsizliklarni ta’minlash bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirishva to’lovlarning samarali usullarini kengroq joriy etishgaimkoniyat yaratiladi. O’zbekistonda banklarning kassa ishlarini tashkil etish Markaziy bankning “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir” yo’riqnomasi(2003– yil 17– maydagi 534 – sonli) asosida tartibga solinadi. Banklar mijozlarga kassa xizmatini ko’rsatish uchun kassaoperatsiyalari bo’limiga ega bo’lishi kerak. Banklar kassaxizmatini ko’rsatish, tegishli pul ombori va kassalari faoliyatinitashkil etish uchun Markaziy bankning tegishli litsenziyasiga egabo’lishlari shart. Bankning pul ombori, kassalari va pullarni qayta sanaydiganbo’limlari pullarni tashish va vaqtinchalik saqlash uchun zarurbo’lgan jihozlar, mahkamlanadigan temir shkaflar, o’tdayonmaydigan seyf va temir seyflar bilan jihozlangan bo’lishishart. Bankning kassalaridagi naqd pul va qimmmatliklarxavfsizligini ta’minlash maqsadida uning tashqari va ichkarioynalaridan ko’rinmasligi hamda tegishli panjaralar bilan himoyalangan bo’lishi lozim. Banklarda kassa ishlarini tashkil etishda naqd pullarnisaqlash, ulardan samarali foydalanish, inkassatsiya qilish vaboshqa operatsiyalarni to’g’ri, aniq, to’liq hamda o’z vaqtidabajarilishiga asosiy e’tibor garatiladi. Bularning barchasi kassaintizomiga to’liq rioya etishni talab etadi. Banklarda kassa operatsiyalari bo’limini qimmatliklar bilanishlashdan ozod etilgan boshliq boshqaradi, shuningdek, kassaoperatsiyalari ustidan nazorat o’rnatadi va uni to’g’ri tashkiletilishi bo’yicha mas’ul hisoblanadi. Qimmatliklarni saqlash vaular bo’yicha operatsiyalar o’tkazish bilan bog’liq moddiyjavobgarlik bankning kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi. Banklarda mijozlar bilan kassa operatsiyalarini amalgaoshirish va naqd pullarni qayta ishlashga bo’lgan ish hajminie’tiborga olgan holda: – kirim kassa; – chiqim kassa; – kirim– chiqim kassa; – pulni qayta sanash kassasi; – kechki kassa; – xo’jalik yurituvchi subyektlar qoshida maxsus kassalarnitashkil etishi mumkin. Bankning kassa bo’limiga ishga qabul qilingan barchakassirlar bilan yakka tartibdagi moddiy javobgarlik to’g’risidashartnoma tuziladi. Operatsiya kassalarining kassirlari kirim vachiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan hisob–operatsiya xodimlarining imzo namunalari bilan, kirim–chiqimkassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug’ullanuvchihisob–operatsiya xodimlari esakassirlarning imzo namunalaribilan ta’minlangan bo’lishlari lozim. Operatsiya kassasining naqd puli va boshqa qimmatliklarsaqlanadigan pul omborlari qimmatliklarning but saqlanishiuchun javobgar bo’lgan uch mansabdor shaxs tomonidan uchtakalit bilan ochiladi va qulflanadi, hamda ularning muhrlaribilan muhrlanadi. Pul omborlarining birinchi kaliti– kassamudirida, ikkinchi kaliti –rahbarda va uchinchi kaliti – boshbuxgalterda bo’ladi. Banklarda kun davomida amalga oshirilgan kassa operatsiyalari bilan bog’liq barcha huijatlar tegishli kassa mudiri yokimas’ul kassa xodimi tomonidan kunlik kassa hujjatlari yig’majildida tikiladi. Kunlik kassa huijatlari balans hisobvaraqlar bo’yicha o’sibborish tartibida, avval kassaning kirim huijatlari so’ngra chiqimhuijatlari alohida–alohida qilib taxlanadi. Bankning kunlikkassa hujjatlari ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari raqamlari bo’yicha, avval – kirim, so’ngra –chiqim huijatlaritaxlanadi. Taxlangan kassa hujjatlari xuddi shu tartibda har kunialohida yuritiladigan yig’majildda tikiladi va raqamlanadi. Kunlik yig’ma jilddagi kassa hujjatlar asosida bank kassasigabalans va ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha amalga oshirilgan kirim va chiqim summalari belgilangan tartibda hisoblanadi. Kassa huijatlariga tikilgan kirim va chiqim huijatlarbuxgalteriya bo’limi balansi va tegishli qayd daftarlari bilansolishtirib nazoratdan o’tkazilgandan so’ng yig’majild yuztomonidagi yozuv, uni shakllantirgan kassa mudiri va kassirningimzolari bilan tasdiqlanadi. Bankning kunlik kassa huijatlari bo’yicha shakllantirilganyig’ma jild bosh buxgalter tomonidan balans hisobotlari vama’lumotlari bilan taqqoslanib tekshiruvdan o’tkazilgandanso’ng uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Kunlik kassa hujjatlarining yig’ma jildi oxirgi o’n ikki oymobaynida kassa mudiri yoki kassa hujjatlarini saqlashzimmasiga yuklatilgan kassirning javobgarligida pul omboridayoki alohida seyfda saqlanadi. 12 oydan so’ng arxivgatopshirilgan kassa hujjatlari kamida 5 yil davomida bankarxivida saqlanadi. Kassa hujjatlari bankdan tergov, sud organlari yoki boshbank qaroriga binoan olinishi mumkin va ularning yozma talabnomasiga ko’ra, bank rahbarining imzosi bilan beriladi. Kassahujjatining olingan asl nusxasi o’rniga, uning kassa mudiritasdiqlagan ko’chirma nusxasi (kserokopiya), hujjatning aslnusxasini olgan shaxsning tilxati yoki hujjatning jo’natilganligito’g’risidagi pochta kvitansiyasi va hokazolar tikib qo’yiladi. Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling