Men Shukrullayev Shahzod Shuxrat o‘g‘li 2023 yil 29 maydan 2023 yil 15 iyulgacha Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Abdunazarov Sh
Download 2.34 Mb.
|
shaxzod asaka
- Bu sahifa navigatsiya:
- _____________________________________ _____________ имзо
- ____________________ (имзо) Пластик карта рақами: № _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ амал қилиш муддати _ _ / _ _
- Asaka bank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2021 yilda resurslarni joylashtirish rejasi ijrosi
Yuridik shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomada quyidagihuijatlar bo’lishi kerak: –balans va moliyaviy hisobotlar; –biznes reja; –kredit ta’minoti bo’yicha huijat; –zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqaqo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. Jismoniy shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomadaquyidagi hujjatlar bo’lishi kerak: –kredit oluvchining pasport nusxasi; –ish joyidan ishlashi haqidagi ma’lumotnoma; –ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma; –oila a’zolari haqida mahalladan ma’lumotnoma; –kredit ta’minoti bo’yicha hujjat; zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. Bank tomonidan berilgan kreditlar bo’yicha olingan kafalotlar kredit berilgan butun muddat davomida buxgalteriyahisobvaraqlar rejasining 94503–“Garov sifatida olingan kafolatva kafilliklar” hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Kredit ajratish uchun qaror qabul qilingandan keyin birinchi navbatdassuda hisobvaraqlari ochiladi. Banklar tomonidan jismoniy vayuridik shaxslarga ochilgan ssuda hisobvaraqlari xarakteri bo’yicha aktiv hisoblanib, ular bo’yicha mablag’larning ko’payishi,ya’ni kredit berilganda va berilgan kreditning qoldiq summasidebetda, mablag’larning kamayishi, ya’ni kredit qaytarilgandaesa kredit tomonidan aks ettiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarga ssuda hisobvarag’i ochishuchun kredit shartnomasiga asosan kredit bo’limi buxgalteriyabo’limiga farmoyish taqdim etadi. Ssuda hisobvaraqlari bankbuxgalteriya hisobvaraqlari rejasining aktiv raqamlarida ochilib,yigirmata raqamdan tashkil topadi. Masalan, jismoniy shaxsgauzoq muddatli iste’mol krediti olish uchun ochilgan ssudahisobvarag’i quyidagi ko’rinishda bo’ladi. Banklarda lizingoperatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriyhujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizingoperatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobiniyuritish tartibi to’g’risi” da 620–sonli nizomi, O’zbekistonRespublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006–yiloktabrdagi 25/6–sonli qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekistonRespublikasi Adliya vazirligida 2006–yil 27–dekabrda 1648–raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingnioluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnomaasosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasinituzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmatko’rsatayotgan bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: –lizing buyurtmasi; –lizing obyektining texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari va uningsotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma; –lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahliliko’rsatilgan biznes–reja; –oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliqinspeksiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1–shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2–shakl), muddatio’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagima’lumotnoma (2a–shakl), 90 kundan ortiq muddatdagiqarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari. Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizingberuvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizingshartnomasida belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida” gi qonunigamuvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javobberishi kerak: a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyektilizing oluvchining mulki bo’lib o’tsa; b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmatmuddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing obyektininglizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uningboshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa; v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchilizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olishhuquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirishkunidagi lizing obyekti qiymati asos bo’ladi; g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizingto’lovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90foizidan ortiq bo’lsa. Lizing beruvchi bank lizing obyekti uchun to’lovlarnisotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriyayozuvini amalga oshiradi: Debet–19909–“Tovar–moddiy qimmatliklari uchunto’langan mablag’lar” Kredit –“Bankning vakillik hisobvarag’i” Lizing obyekti to’g’ridan to’g’ri lizing oluvchiga yetkazibberilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilishdalolatnomasiga asosan memorial order to’ldirib, quyidagibuxgalteriya amalini bajaradi: Debet 15600 – “Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli moshisobvaraq)” Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchunto’langan mablag’lar” Lizing ob’ekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra lizimh oluvchiga lizingga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi. a) Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda: Debet 16500 – “Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)” Kredit 19909 – “Tovar – moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar” b) Lizing obyekti lizing oluvchiga berilganda: Debet 15600 – “Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli moshisobvaraq)” Kredit 16500 – “Asosiy vositalar (mos hisobvaraq)” Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizingshartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigandastlabki bevosita xarajatlar lizing obyektining qiymatigaqo’shiladi. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo’yichafoizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriyao’tkazmalari beriladi: Debet 16323 –“Lizing bo’yicha olish uchun hisoblanganfoizlar” Kredit45100 –“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha foizlidaromadlar (tegishli mos hisobvaraq)” Lizing obyektining asosiy summasini jadval asosida qaytarilganda va ularga hisoblangan foizlar undirilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi: Debet – Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari yokimijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag’i (umumiy summaga) Kredit 15600 – Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli moshisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgansummasiga); Kredit 16323 – Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha olishuchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga). Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng lizingto’lovlarini to’lash shartlari to’liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo’yicha olish uchunhisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig’i nolga teng bo’ladi. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasishartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchiushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o’z balansigaquyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali qabul qiladi: Debet 16705 – “Bankning boshqa ko’chmas mulklari” Kredit 15600 – “Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli moshisobvaraq)” Lizing oluvchi tomonidan lizing to’lovlari belgilanganmuddatda amalga oshirilmagan taqdirda aktivga “Foizlarnio’stirmaslik to’g’risida”gi nizomga (ro’yxat raqami 1304, 2004 – yil 24 – yanvar) asosan o’stirmaslik maqomi beriladi va aktivningkelgusi hisobi mazkur nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari va ularningfiliallari tomonidan ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralartashkil qilish va ularni ishlatish to’g’risida” gi nizom (ro’yxatraqami 632, 1999 – yil 11 – fevral) talablaridan kelib chiqqan holdatasniflanadi. Tovar sotuvchiyoki xizmat ko’rsatuvchilarning debitor qarzlarini sotib olishbilan bog’liq operatsiyalar faktoring operatsiyalar hisoblanadi.Faktoring operatsiyalari banklar tomonidan va maxsus tashkiletilgan faktoring kompaniyalari tomonidan o’zaro tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faktoring operatsiyalarining maqsadi sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlaruchun to’lovlarni faktoring kompaniyalari yoki bank mablag’larihisobidan to’lash asosida muddati o’tgan to’lovlar va umidsizqarzdorliklar miqdorini kamaytirishdan iborat. Faktoring operatsiyalari bank tomonidan amalgaoshirilganda banklarda maxsus bo’lim tashkil etiladi. Bankdafaktoring operatsiyalari moliyaviy manbasi bo’lib bankning o’zmablag’lari, jalb etilgan va kredit mablag’lar hisoblanadi. Banklarda faktoring operatsiyalari ko’zda tutilmagan 90966 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hamda balansli11101– “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” va 11103 – “Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring” hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi. Masalan, bank faktoring shartnomasiga asosan sotuvchining100,0 mln so’mlik to’lov talabnomasini 3,0 mln so’m diskontkomission to’lov va 30 kundan keyin sotib oluvchidan to’lovsumasi tushishini nazarda tutib, sotib oldi va quyidagibuxgalteriya yozuvlarini amalga oshirdi (sotuvchi va sotiboluvchi shu bankning mijozi hisoblanadi). a) Balansli hisobvaraq bo’yicha: Debet 11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlariFaktoring”97000000,0 Sotib oluvchi to’lovni amalga oshirdi. a) Balansli hisobvaraq bo’yicha: Debet 202XX “Sotib oluvchining depozit 100000000,0hisobraqami” Kredit 11101 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – 97000000,0Kredit Faktoring” Kredit 45217 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari 3000000,0Kreditbo’yicha daromadlar – Faktoring” v) Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha: Debet 96331 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i” Kredit “Sotib olingan debitorlik 97000000,0 kredit 90966qarzlari – Faktoring” Sotib oluvchi faktoring shartnomasida ko’zda tutilganmuddatda to’lovni to’lay olmadi. a) Faktoring sumasi muddati o’tgan faktoring hisobvarag’igao’tkaziladi: Debet 11103 – “Muddati o’tgan sotib olingan debitorlikqarzlari – Faktoring” Kredit 11101 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari Faktoring” b) Bank faktoring operatsiyasi hisobidan yo’qotishi mumkinbo’lgan zararlarni qoplash bo’yicha zaxira shakllantirdi. ZaxiraMarkaziy bankning aktivlarni tasniflash bo’yicha joriy etilgantegishli yo’riqnomasi asosida shakllantiriladi: Debet 56814 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoringbo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash” Kredit 11199 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoringbo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashzaxirasi” v) Bank faktoring summasini zararlarni qoplash bo’yichashakllantirilgan zaxira hisobidan qopladi: Debet 11199 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoringbo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashzaxirasi” Kredit11103 –“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlikqarzlari – Faktoring” Banklarda muddati o’tgan yoki to’lovchining moliyaviybeqarorlik holatiga tushib qolishi natijasida vujudga kelganzararlar bank boshqaruv kengashining qarori asosida zararlarniqoplash hisobidan yopiladi va ushbu summa kelgusida undirib olish maqsadida bankning tegishli ko’zda tutilmagan hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi. “Asaka bank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2021 yilda resurslarni joylashtirish rejasi ijrosi “Asaka bank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2021 yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi Xulosa. Ushbu hisobot orqali shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i bo’lmish bank tizimimiz bugungi kun zamon talabiga javob berishi uchun o’z faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo’llashi birinchi darajali dolzarb masala hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to’lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo’lib xizmat qilmoqda. O’z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlamoqda. Shunday ekan, ushbu sohani yanada kengaytirish, bank mijozlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishda tinmay izlanishlar olib borish lozim, deb o’ylayman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo’lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni banklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur. O’zbekistonda bank tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari va iqtisodiyotni rivojlanishi uchun tijorat banklarining barqarorligini ta’minlash borasida jiddiy, dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning ilmiy asoslangan yo’nalishlarini ishlab chiqishning zarurligi bugun bank sohasida hali kuplab ishlarni amalga oshirish kerakligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotda tijorat banklari yuqorida keltirib o’tilgan funksiyalarni bajarishi natijasida investitsiyalar va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun zarur bo’lgan yirik ssuda kapitali yaratish imkoniyati yuzaga keladi, bu esa o’z navbatida ishsizlik darajasini kamaytirishga, mamlakat tovar bozorini milliy ishlab chiqarish mahsulotlari bilan to’ldirishga, buning oqibatida milliy valyuta va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi ta’minlashga yordam beradi. Amaliyot hisobotini bajarish jarayonida amalga oshirilgan tadqiqot va tahlil natijalari bo’yicha iqtisodiyotni rivojlanishida tijorat banklarining o’rni va bozor infratuzilmasini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va tijorat banklariningbozor infratuzilmasini muxim tarkibiy qismi sifatidagi faoliyatini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator quyidagi ilmiy xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo’ldik: Iqtisodiyotga yo’naltirilayotgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar hajmini oshirish, avvalambor, investitsiya maqsadlariga, boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun uzoq muddatli kreditlar berishni ko’paytirish. Aynan kreditlash, mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlashga undaydi, bozorda mahsulotlar miqdorining ko’payishini rag’batlantiradi, natijada inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keladi. Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalari miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lgan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini bosqichma-bosqich 6 - 8 foizgacha kamaytirish maqsadga muvofiq. Bu aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun kreditlarni maqbulligini (hammabopligini) oshirishga imkoniyat tug’diradi, pirovardida ichki talab va ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, qarz oluvchilarni bankrotlik darajasini kamaytiradi. Davlat tomonidan nobank mikrokredit tashkilotlari tarmog’ini ayniqsa, viloyatlardagi shaharlarda, tumanlarda va aholi zich joylashgan hududlarda joriy etish va kengaytirish. Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling