Men Shukrullayev Shahzod Shuxrat o‘g‘li 2023 yil 29 maydan 2023 yil 15 iyulgacha Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Abdunazarov Sh


– rasm. Bankning mijozi hisoblangan “Yulduz” ishlab chiqarish firmasiga bank hisobvarag’i3


Download 2.34 Mb.
bet5/11
Sana24.10.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1718564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shaxzod asaka

2 – rasm. Bankning mijozi hisoblangan “Yulduz” ishlab chiqarish firmasiga bank hisobvarag’i3
Bu yerda:
20208 –hisobvaraqlar rejasidagi “Xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” balans hisobvarag’i;
000 –valuta kodi. Hisobvaraq qanday valutada ochilganbo’lsa aynan shu valutaning kodi qo’yiladi. Masalan, AQShdollarining kodi 840, Yevroning kodi 978 va hakozo. Milliyvalutamiz “So’m” ning kodi 000 bo’lib, milliy valutada ochilganbarcha hisobvaraqlarda “000” raqamlari qo’yiladi;
5 – mijozga ochilgan hisobvaraqning kaliti. Ushbu kalitMarkaziy bank Axborotlashtirish markazida Milliydepozitorlarning ma’lumotlar bazasi (MDMB)da mijozga hisobvaraq ochayotgan paytda avtomatik ravishda qo’yilib, hisobvaraqning raqamlari kalit bo’yicha dasturiy yo’l bilan tekshiruvdano’tkaziladi;
00458080 –sakkiztadan iborat bo’lgan ushbu raqamlarmijozga hisobvaraq ochishda MDMBdan berilgan maxsus kodhisoblanib, hisob raqamdan o’tayotgan barcha elektron to’lovlarushbu maxsus kod orgali dasturiy yo’l bilan tekshiruvdan o’tkaziladi. Bankning ichki hisobvaraqlari (daromad va xarajatlar, asosiy vositalar, kapital va boshqalar) MDMBdanro’yxatdan o’tmaganligi sababli, sakkizta koddan iboratraqamning o’rniga uchta “000” raqami va bankning beshtaraqamdan iborat bo’lgan bank kodi yoziladi;
001–mijozga ochilgan hisobvaraqlar ushbu tartib raqamiasosida raqamlanadi. Ma’lumki, hozirgi paytda mijozlar o’zlariistagan bir va bir necha bankda hisobvaraqlar ochishi mumkin.
Ular tomonidan ochilgan barcha hisobvaraqlar ushbu tartibostida o’sib borish tarzida raqamlanib boriladi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha banklarningmijozlariga ochilgan hisobvaraqalar Markaziy bankda maxsuskompyuter dasturi asosida MDMBda hisobga olinadi.
Barcha hisobvaraqlarda:
– mijozning nomi;
hisobvaraq nomeri;
– bankning kodi va nomi;
–unga xizmat ko’rsatuvchi buxgalter xodimning ragami, ismi, nasli va nasabi;
– qayta ishlangan sanasi;
– hisobning oxirgi harakati;
– kunning boshi va oxiridagi qoldiq miqdor;
– simlarning seriya raqami;
– hujjat raqami;
– operatsiya turi yoki hisob – kitob shakli;
– korrespondent bank kodi;
– debet va kredit aylanmasi miqdori;
– debet va kredit aylanmalarining umumiy miqdori qandayasosiy tafsilotlar mavjud.
Mijozlar va bankning o’ziga tegishli barcha hisobvaraqalar boshlang’ich hujjatlar asosida ikkita nusxada maxsus dastur bo’yicha kompyuterda tayyorlanadi. Mijozlarning deposit raqamlari bo’yicha tayyorlangan hisobvaraqalarning bir nusxasiularning depozit raqamini debetlashga (to’lov topshiriqnomasi va inkasso topshiriqnomasi) va kreditlashga asos bo’lgan hujjatlar bilan birgalikda hisobvaraqdan ko’chirma (keyingi o’rinlardako’chirma deb yuritiladi) sifatida mijozlarga beriladi.
Ko’chirmada qayd etilgan barcha buxgalteriya yozuvlaribo’yicha ushbu depozit raqamini yurituvchi buxgalter xodimjavobgar hisoblanadi, shuning uchun mijozga berilayotganko’chirma va ko’chirmaga ilova qilinayotgan hujjatlarda qaydetilgan summalar va operatsiyalarning bir – biriga mos kelishinibuxgalter xodim mijozga berishdan oldin qattiq nazorat qilishilozim.Mijozning depozit raqamidan ko’chirma bank va mijozo’rtasida o’zaro kelishilgan muddatlarda beriladi, agar kelishilgan shartnomada ko’zda tutilgan bo’lsa ko’chirma pochta orqalijo’natilishi ham mumkin.
Mijozlarning depozit raqamlari bo’yicha hisobvaraqdanko’chirma ushbu depozit raqam bo’yicha birinchi yoki ikkinchiimzo qo’yish huquqi bo’lgan shaxslarga beriladi yoki ularningishonchnomasi orqali boshqa shaxsga berilishi mumkin. Depozitraqamining egasi hisobvaraqdan ko’chirma olgandan so’ng ikkiish kuni ichida hisobvaraqning debet yoki kreditida noto’g’riqayd etilgan yozuvlar haqida bankka xabar berishi lozim. Agarshu muddat ichida mijozdan uning hisobvaraqasi bo’yichae’tiroz kelib tushmasa barcha buxgalteriya yozuvlari to’g’ri debhisoblanadi.
Ikki ish kunidan so’ng bank mijozning hisobvaraqasibo’yicha noto’g’ri kirim qilingan summani aniqlasa bank ushbumijozning depozit raqamidan har bir kechikkan kun uchunfoydalanilgan umumiy summadan mijoz va bank o’rtasida bankxizmatlarini ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnomadabelgilangan jarima foizini mablag’ egasining foydasiga undiribberish mumkin.
Agar bank va mijoz o’rtasida tuzilganshartnomada ushbu holat oldindan kelishilgan bo’lsa, jarimaundirib olishi mumkin.Bank mijozlar hisobvaraqlarining qoldiqlari va ular bo’yichaamalga oshiriladigan barcha pul o’tkazmalari haqidagima’lumotlarni sir saqlashi shart.Bank siri va ularni uchinchishaxsga taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasining 2003 – yil 30 – avgustda qabul qilingan “Bank siri to’g’risida” gi qonungaasosan tartibga solinadi. Bank mijozning hisobvarag’i haqidayozma ma’lumotni mijozning yuqori tashkilotining yozmaso’rovi, sud va soliq organlarining talabiga asosan berishimumkin.
Mijozning yozma arizasiga asosan ko’chirma yo’qolganhollarda, bank boshqaruvchisi yoki uning o’rinbosarini ruxsatibilan hisobvarag’idan dublikat berishi mumkin, arizadako’chirmaning yuqolish sabablari aniq ko’rsatilgan bo’lib, ukorxona rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanishilozim bo’ladi. Bank tomonidan beriladigan dublikat nusxako’chirish (kserokopiya) yo’li bilan tayyorlanib uning yuzaqismiga berilgan sanasi va “dublikat” deb qayd etib qo’yiladi.
Hisobvaraqdan berilgan dublikat shu depozit raqamigaxizmat ko’rsatadigan buxgalter va bosh buxgalter yoki uningo’rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr qo’yiladi. Dublikatoluvchining imzosi asosida beriladi va bu haqda dublikatberilgan sana daftarda qayd etib qo’yiladi. Ushbu yozuv boshbuxgalter yoki uning o’rinbosarining imzosi bilan tasdiqlanadi.


Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling