Men to’rt oy mobaynida amaliyot oʻtash maqsadida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Shahri 16-maktabga Tarbiya fani oʻqituvchisi Yusupov Yoqub ustozga biriktirildim


Download 9.02 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi9.02 Kb.
#1471809
Bog'liq
Nodik hisobot 44444


AMALIYOT HISOBOTI
Men to’rt oy mobaynida amaliyot oʻtash maqsadida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Shahri 16-maktabga Tarbiya fani oʻqituvchisi Yusupov Yoqub ustozga biriktirildim.. Toʻrt oy mobaynida ustozimiz va boshqa oʻqituvchilarning darslarini va qoʻllagan metodlarini kuzatib bordim. Men amaliyotning birinchi, ikkinchi, uchinchi haftasida menga biriktirilgan Tarbiya fani o’qituvchisining darsni qay tarzda olib borishlari, yangi mavzuni o'quvchilarga tushuntirish hamda uni mustahkamlashda qaysi metodlardan foydalanish kerakligini o'rgandim. Shu bilan birgalikda men birinchi navbatda o'quvchilarni kuzatdim. Men amaliyot rahbarim bilan birinchi haftada 8, 9, 10-sinflarning dars jarayoniga kirdim. O’qituvchi darsni salomlashish bilan boshladi. O'quvchilardan davomat oldi. Berilgan uyga vazifalarni tekshirdi. O’quvchilar yaxshi javob berishdi.
Men amaliyotning keyingi haftalarida menga biriktirilgan Tarbiya fani o’qituvchisining darsdagi umumiy faoliyati, har bir o'quvchiga bo'lgan e'tibori, sinfdagi butun o'quvchilarni dars jarayonlariga jalb qila olishi, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda ular bilan turli xil o'yinlar tashkil qilishi kabilarni o'rgandim. So'ngra yangi mavzuni rasmlar, ko'rgazmali materiallar orqali tushuntirib berdilar. Yangi mavzuni yanada mustahkamlash uchun turli xil metodlardan foydalangan holda qiziqarli guruh musobaqalarini tashkil qilib o'quvchilar yangi mavzu borasidagi bilimini mustahkamladi. O’quvchilarning o’zlashtirish darajasi turli xil ekan, o’zlashtirishi qiyin bo’lgan, darsga qiziqishi past bo'lgan o’quvchilarga dars mobaynida imkon boricha ko’proq vaqt ajratishga va darsga qiziqtirishga harakat qildilar. Bundan tashqari, o'qituvchi dars jarayonlarida o'quvchilarni baholashda ularning darsga qiziqishini susaytirmaslik uchun baholash mezoniga alohida e'tibor qaratdi. Bunga qo'shimcha, ikkinchi oyda men maktabda ,,Kamalak" bolalar tashkilotining faoliyati bilan ham tanishdim.
Men 9-b, 10-a, 10-b, 11-b sinflarning dars jarayonlarida ishtirok etdim. Darslarda o'quvchilarning yosh darajasiga mos o'yinlar tashkil qilish, metodlardan foydalanishda qo'llaniladigan tarqatmali materiallar bilan tanishdim. Bundan tashqari amaliyot rahbarim menga yangi mavzuni rasmlar, ko'rgazmali materiallar orqali tushuntirish hamda mavzuni yanada mustahkamlash uchun turli xil metodlardan foydalangan holda qiziqarli guruh musobaqalarini tashkil qilib, o'quvchilarning ona tili fanidagi bilimini tekshirish haqida tushunchalar berib o'tdi. Ayrim sinf oʻquvchilari aqilli va odobli. Ammo baʼzi sinflar juda ham shoʻx. Amaliyot mobaynida ayrim sinflarga dars oʻtdim va ochiq darslar tashkil etdim. Oʻquvchilarga bilganlarimni oʻrgatdim va bilmaganlarimni bilib oldim va yanada malakalarimni oshirdim. Eng muhimi shundaki, amaliyot mobaynida oʻz bilimim va malakamni sinab koʻrdim. Yaʼni kelajakda yetuk oʻqituvchi boʻlib yetishish uchun tayyormanmi yoki yoʻq nimalarga eʼtibor berish kerak kabi savollarga amaliyot mobaynida javob oldim…
Talaba:_______________ Toshmurodov Nodirbek
Fan oʻqituvchisi:________________ Yusupov Yoqub
Amaliyot rahbari:________________ Ochilov Abror
Maktab deriktori:________________ Zayniddinova Dildora
Download 9.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling