«Men yonib ketsam, zamon oхir boʻladi!» deganmish chinor


Download 14.91 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.91 Kb.
#1519684
Bog'liq
Hujjat (5)




«Men yonib ketsam, zamon oхir boʻladi!» – deganmish chinor.
Oʻshandan buyon odamlar unga tikilishadi. Lekin chinor oхir zamonni emas, mangulikni eslatadi odamlarga. Yuzdan oshgan chollar ziyoratga kelganda: «Yoshligimda uni qariya deyishardi, endi oʻzim qariyaman, u boʻlsa oʻsha-oʻsha», – deyishadi. Hozir uning yoshini hech kim bilmaydi.
Uning yoshini sanash ham gunoh hisoblanadi.
»

Men Asqad Muxtorning bu romanini juda ham sevib oʻqidim. Bularning hammasi ham bir o’zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma’noda «tagli-zotli». Ularning har bir a’zosi xalq hayotida ma’lum bir mas’uliyatli yukni o’z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir.Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o’zaro bog’langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.Asarda bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar va qissalar aralash kelaveradi. Lekin romandagi barcha insoniy taqdirlar 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi. U asar markazida turuvchi obrazdir.


Romandagi mungli qissalardan biri “Qo‘rqoqlikning to‘lovi”dir. Unda qo‘rqoqni qahramon deb bilib, astoydil e’zozlayotgan odamlar tasviri berilgan. Asarda Akbarali holati quyidagicha tasvirlangan: “Yolg‘izlik esa unga hamisha yo‘ldosh. Ko‘pchilik orasida ham, onasi bilan yonma-yon o‘tirganda ham u yolg‘iz. Xayolida o‘sha o‘ylaridan boshqa hech narsa yo‘q. O‘sha voqealarni xayolidan kun-bakun o‘tkazib, o‘ziga najot izlaydi. Topolmaydi…”. Romandagi “Odam deb o‘lgan odam – tirik” gapi Ochil buva tomonidan, “O‘zini deb yashagan – o‘lik” gapi Akbarali tilidan aytilgan.
Asarning asosiy qahramonlari: Ochil buva ( u Akbaralini ovozidan tanib qoladi, uni “mo‘rt barg” deydi), Azimjon, Akbarali G‘oziyev (u o‘z dardini bufetchi Sonyaga aytib bergan, o‘z joniga qasd qilgan), Bektemir, Sharofat xola(Akbaralining onasi) va boshqalar.
Aytishimiz kerakki, bu “g’alatilik” faqat tashqi tomondan yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog’lanadi. Mana shu ota qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutunamiz. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni «to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish»dan o‘zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani «Chinor» romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o‘qib-o‘rgangani rus va g‘arb adabiyoti tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo‘llashdan cho‘chimaganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi paytda o‘zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinayotgan «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarim Asqad Muxtor o‘tgan asming 60-yillaridayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashabbuskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir...
Endi, Ochil bobo — Chinor shajarasida unib qolgan ana shunday «mo‘rt bir barg» — Akbarali ismli konchi yigit taqdiridan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o‘qiylik-da, keyin suhbatimizni davom ettiraylik. “Chinor” romanidan parcha: Mehmonxona tez topildi: chiroqlar ko‘proq tomonga yurishgan edi, katta chorrahadan chiqishdi, undan sal narida ikki qavatli jo‘ngina mehmonxonaning viveskasi ko‘rinib turardi. Navbatchi, xushmuomalagina, uyqusiragan bir kampir, ularni yo‘lakning narigi boshidagi katta xonaga joylashtirib, choy damlash uchun objo‘shni qayerdan olishni ham ko‘rsatib qo‘ydi. Yaxshi uyqubop joy ekan. Bir qavatli derazadan uzoqdagi tog‘ daryosi Shodasoyning bir me’yorda shovullashi eshitilib turibdi.— Mana, — dedi o‘z ko‘nglini o‘zi ko‘tarib Ochil buva, — shukur, yetib keldik. Bemalol dam olaylik. Akbaralini bo‘lsa ertaga topib olamiz, hech qayoqqa ketmaydi. — U etigini yechib, odaticha karavotga chiqib chordana qurdi. Shunday bir o‘tirib soqolini tutamlab chapga buramasa nafas rostlaganday bo‘lmas edi. — Lekin muzey eshigini qoqqanimiz qiziq bo‘ldi, — dedi u yana, — shahar juda ham o‘zgarib ketibdi-da?. Charchagan Azimjon yelkasini qisdi. U qo‘l yuvgach, qiyig‘ini stolga yozib, non sindirdi, xuqunni yoniga tortib kovlashtira boshladi. Ochil buva nafas rostlagach, tunuka choynakni olib, choy damlagani chiqdi. «Kubovaya» deb yozilgan xonani ochsa, hammomdagic’ ‘k issiq hovur gup etib yuziga urdi, burchakda katta bak sharaqlab qaynab yotar edi. Ochil buva choyni achchiqqina qilib damlab, orqasiga qarasa, bir odam qaynoq suv olmoqchi bo‘lib piyola tutib turibdi.
Download 14.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling