Меҳнат хавфсизлиги ва атроф-муҳитни муҳофазаси


– rasm. O`rtadan nivelirlash


Download 1 Mb.
bet10/14
Sana15.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1094497
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
praktika

2 – rasm. O`rtadan nivelirlash.

Geometrik nivelirlashda asosan o`rtadan nivelirlash qo`llaniladi. O`rtadan nivelirlash mumkin bo`lmagandagina olg`a nivelirlash usuli qo`llaniladi. Olg`a nivelirlashning kamchiligi shundan iboratki, qiya bo`lgan joyning nisbiy balandligi nivelir balandligi bilan reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo`lmaganligidan, bunda faqat asbob balandligiga teng bo`lgan nisbiy balandliknigina o`lchash mumkin. Bundan tashqari, olg`a nivelirlashda har bir bekat (stansiya)da asbob balandligini aniq o`lchash zarur bo`lganligidan ishlar ancha qiyinlashadi va ko`p mehnat sarf bo`ladi.


O`rtadan nivelirlashning afzalliklari quyidagilardan iborat:
– har bir bekatda reyka balandligiga teng bo`lgan nisbiy balandlikni, ya`ni olg`a nivelirlashdagiga nisbatan kattaroq nisbiy balandlikni o`lchash mumkin;
–har bir bekatda nivelir balandligini o`lchashning hojati yo`q;
–nivelirning ko`rish trubasi nivelir bilan reyka orasidagi masofani kattalashtirib ko`rsatganligidan olg`a nivelirlashdagiga qaraganda ikki barobar uzunroq masofani nivelirlash mumkin;
–asbob ikki nuqta o`rtasida o`rnatilganligidan yer yegriligining va atmosfera refraksiyasining ta`siri juda kamayadi;
–asbob nivelirlanayotgan ikki nuqtaning qoq o`rtasiga o`rnatilganda asbob vizir o`qining gorizontal emasligi natijasida ruy beradigan xatoning ta`siri bo`lmaydi. Bu o`rtadan nivelirlashning asosiy afzalligi hisoblanadi.
O`lchov asboblarining ishidagi xatoni butunlay yo`qotib bo`lmagani singari, qanchalik sinchiklab tekshirilmasin, nivelirning vizir o`qini ham mutlaqo gorizontal holatga keltirib bo`lmaydi (3 – rasm). Shu tufayli olg`a nivelirlashda reykadan B sanoq emas, balki sal noto`g`riroq, olinishi mumkin.
Bu xato nisbiy balandlikni aniqlash natijasiga ta`sir qilmaydi. Ammo olg`a nivelirlashda xato (∆)ni yo`qotib bo`lmaydi.

3 – rasm.
O`rtadan nivelirlashda o`lchash natijasiga bu xato deyarli ta`sir etmaydi (4 – rasm). Masalan, ko`rish trubasi orqadagi reykaga vizirlanib sanoq olganda ruy bergan xato ∆ tufayli, asanog`i o`rniga sanoq, oldindagi reykaga qarab sanoq olinganda esa, b sanog`i o`rniga sanoq olinadi. So`ngra shu sanoqlardan nisbiy balandlik hisoblab chiqariladi, ya`ni , agarda va lar o`rniga ularning qiymati qo’yilsa, u holda:
∆ = a – b hosil bo`ladi.
Shunday qilib, o`rtadan nivelirlashda asbobning vizir o`qi aniq gorizontal bo`lmaganligi sababli reykalardan sanoqlar olingandagi xato bir–biriga teng bo`ladi, ya`ni har ikkala reykadan olingan sanoqlar bir xil miqdorga o`zgaradi. Natijada ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik to`g`ri aniqlanadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling