Меҳнат хавфсизлиги ва атроф-муҳитни муҳофазаси


Download 1 Mb.
bet8/14
Sana15.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1094497
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
praktika

1 – rasm. H3 nivelirining tuzilishi.

bu yerda: 1–ko’targich vint, 2–taglik, 3–okulyar, 4–iplar to’ri, 5–silindrik adilak, 6–silindrik adilakni tuzatgich vinti, 7–ob’yektiv vinti, 8–doiraviy adilak, 9–elivasion vint, 10–nishon, 11–kremal’yera, 12–silindrik adilak g’ilofi, 13–yo’naltirish vinti, 14–doiraviy adilakni tuzatgich, 15–trubani qotirish vinti.




Nivelirlash reykalari:
a, b ikki tomonli butun reyka; cikki tomonli buklanadigan reyka.
2. Desimetrli bo`laklardagi xatolikni aniqlash. Tekshirish reykaning qora tomonida 01–29, qizil tomonida 47–76 oraliqda Jeneva chizg`ichi yordamida bajariladi. Tekshirishni boshlashdan oldin desimetrli bo`laklarning chetlari o`tkir qalam bilan metal chizg`ich yordamida belgilab olinadi. Jeneva chizg`ichining chap uchidagi lupadan qaralib, chizg`ich uchining nol` shtrixi reykadagi birinchi desimetr boshlanishi bilan tutashtiriladi. Keyin o`ng tomondagi lupa chizg`ichi bo`yicha surilib, desimetrli bo`laklar chetiga keltiriladi va sanoqlar olinadi. O`lchash har metrli oraliqda ikki marta bajariladi. Ikkinchi marta o`lchashdan oldin Jeneva chizg`ichi bir oz siljitiladi. PH–3 reykalaridagi desimetrli bo`laklar xatoligi: III klass nivelirlash uchun 0,4 mm, IV klass nivelirlash uchun 0,6 mm va texnik nivelirlash uchun 1,0 mm dan oshmasligi kerak.
Reykadagi desimetrli bo`laklarni tekshirish bilan birgalikda qora tomondagi nol’ning reyka uchidagi metal qoplama (tovon) chetiga to`g`ri kelishi ham tekshiriladi. Texnik nivelirlashda qo`llaniladigan reykalarda nol’ning tovon chetiga to`g`ri kelmaslik xatosi 1,0 mmdan ortiq bo`lmasligi kerak.
PH–3 reykalaridan sanoq millimetr aniqligida olinadi. Rasmda H–3 niveliridan kuzatilayotgan reykaning ko`rish maydonidagi tasviri va ularga mos sanoqlar keltirilgan. Nivelirlarda teskari tasvir beruvchi ko`rish trubalari o`rnatilganligi uchun reyka nuqtaga o`rnatiladi. Nivelirlashda iplar to`rining vertikal ipi reykaning o`qi bo`yicha joylashtiriladi va silindrik adilak pufakchasi yarim pallalarining (H–3 nivelirida) yoki doiraviy adilak pufakchasi o`rtaga keltiriladi (H–3K nivelirida). Reykadan sanoq asosiy gorizontal ip bo`yicha olinadi. Sanoq olishda avval gorizontal ip to`g`ri kelgan desimetrli bo`lak qiymati o`qiladi, masalan, 1.b – rasmda 12; keyin desimetrli bo`lakning yuqori chetidan gorizontal ipgacha to`liq santimetrli bo`laklar har qaysi 10 mm dan hisoblanib, oxirgi to`liq bo`lmagan santimetrli bo`lakning millimetridagi qiymati chamalab olinadi 57. Demak, sanoq «o’n ikki – ellik yetti» deb aytilib, to`rt xonali son ko`rinishida yoziladi, ya`ni 1257. Nevilirdan reykagacha bo`lgan masofani aniqlashda dalnomer iplaridan ham shu tartibda sanoq olinadi.

Geometrik nivelirlashda ishlatiladigan asbob–nivelir. Nivelirning teodolitdan farqi shuki, uning ko`rish trubasi zenit o’qi bo`yicha aylanmaydi, chunki u gorizontal vizirlashga moslashgan bo`lib, ko`rish trubasining vizir o`qining yonidagi silindrik adilak hamda kutarish vintlari yordamida gorizontal holatga, ya`ni: ishni bajaradigan holatga keltirish mumkin.


Geometrik nivelirlashda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligini topishning 2 – xil usuli mavjud, bunga olg`a va o`rtadan nivelirlashlari kiradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling