Меҳнат хавфсизлиги ва атроф-муҳитни муҳофазаси


Teodolit yo‘lini o‘tkazishdagi dala ishlari


Download 1 Mb.
bet5/14
Sana15.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1094497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
praktika

Teodolit yo‘lini o‘tkazishdagi dala ishlari


Teodolit yo‘l Hududni nivelirlashda dastlab loyiha tuziladi. Buning uchun avvalgi nivelirlash vaqtida o‘rnatilgan reper (marka)lar, triangulyatsiya va poligonometriya punktlari plan olish to‘rlari punktlari hamda keyingi nivelirlanishi lozim bo‘lgan reper (marka)larning o‘rni va boshqa nuqtalar, ko‘prik, to‘g‘on, temir yo‘llarning reperlari va hakozalar, yirik masshtabli kartada yoki undan ko‘chirilgan sxemada maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Nivelirlash loyihasini tuzgan vaqtda nivelirlash yo‘lining otmetkasi malum bo‘lgan reperlarga oson bog‘lash usullarini qo‘llash kerak. Nivelirlash loyihasida to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda nivelirlanadigan yo‘l ham osma yo‘llar ham maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Nivelirlash loyihasi nivelirlanadigan joyni rekognossirovka qilish paytida tekshirilib, zarur aniqliklar kiritiladi, ilgari o‘rnatilgan reperlarning saqlanganligi aniqlanadi; loyihada ko‘rsatilgan reperlar joyiga o‘rnatiladi. Eng qulay nivelirlash yo‘llari belgilanadi. Doimiy reper va markalar nivelirlash yo‘liga 5-7 km oralatib o‘rnatiladi. Nivelirlash qiyin bo‘lgan xududlarda reperlar oralig‘i 10-15 km bo‘lishi mumkin. Shahar va posyolka, turli injenerlik inshootlari quriladigan maydonlarda, hamda yo‘l, kanal va boshqa uzunasiga ketgan inshootlar trassasida III va IV klass nivelirlash yo‘lida har 1-2 km ga reper o‘pnatiladi. Doimiy reperlar binolarning mustahkam devorlariga, ko‘prik, gidrotexnika inshootining mustahkam tayanchiga yerdan 0,4 – 0,6 m balandlikda o‘rnatilishi kerak. Devoriy reperga reykani vertikal o‘rnatish mumkin bo‘lmasa u holda reper o‘rniga marka o‘rnatiladi. Marka yerdan 1,6 metr balandlikda o‘rnatiladi. Reper o‘rnatish uchun mustahkam inshoot bo‘lmagan joylarda, grunt reperi iishlatiladi. Grunt reperi, suv bosmaydigan, suv yuvmaydigan joylarga o‘rnatiladi. Yo‘l qurilishida reper yo‘l o‘qidan 20 m chetlatib, suv ombori quriladigan joyda esa suvning eng ko‘p ko‘tarilishi sathidan balandroqqa o‘rnatilishi kerak. Umuman reper o‘rnatadigan joyini shunday tanlanishi kerakki, inshoot qurilguncha va u bitganidan so‘ng ham bu reperdan foydalanish mumkin bo‘lsin. Reper va markalar o‘rnatilgan joyning sxemasi chizilib, planda reper va markaning yerdan balandligi hamda ulardan atrofdagi tafsilotlargacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. Devor reperi va markasi nivelirlashdan 1 kun, grunt reperlari esa 10 kun oldin o‘rnatilishi kerak. Abadiy muzloq yerlarda, yani yer doimo muzlab yotadigan rayonlarda o‘rnatilgan reperlar qishlab chiqqanidan so‘ng nivelirlash ishlari olib boriladi.
Teodolit yo‘liining burilish burchaklari texnikaviy aniqlikda teodolit yordamida to‘liq priyomda o‘lchanadi. Har bir yarim priyomda teodolit limbi taxminan 90° ga buriladi. Burchak o‘lchashda teodolit nuqtasiga vexa, agar teodolitdan nuqtagacha masofa qisqa bo‘lsa yoki joy tekis bo‘lsa vexa o‘rniga shpilka o‘rnatsa ham bo‘ladi. Vexa teodolit turgan nuqta bilan kuzatilayotgan nuqta orqasiga stvor bo‘yicha o‘rnatilishi lozim. Burchak o‘lchashda har yarim priyomdagi o‘lchash natijalarining farqi teodolitning ikkilangan aniqligidan katta bo‘lmasligi kerak. Teodolit yo‘lini faqat bir tomondagi burilish burchagi ya’ni chap yoki o‘ng burchagi o‘lchanadi. O‘lchash natijalari maxsus jurnalga yozib boriladi (2 – jadval). Teodolit yo‘lining tomon uzunliklari to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda yoki ikkita asbob bilan to‘g‘ri yo‘nalishda o‘lchanadi. Tomon uzunliklarini o‘lchash uchun 20 metr po‘lat lenta, 20-50 metrli ruletka yoki talab etilgan aniqlikka javob beradigan dalnomerlardan foydalaniladi. O‘lchash asbobining uzunligi nominal uzunligidan 1:10000 ga farq qilsa, u holda o‘lchash natijasiga komporirlash tuzatmasi kiritiladi. O‘rtacha sharoitdagi o‘lchash natijalarining farqi (to‘g‘ri va teskari o‘lchashda) quyidagi shartni qanoatlantirishi kerak:

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling